Bu sahifa navigatsiya: Axborot tizimlarining ta’minoti


Tarmoqqa ulangan komp’yuterlarni yakka-hol va birgalikda ishlashni ta’minlovchi maxsus dasturlar majmuasidan iborat operatsion tizim –


Download 174.75 Kb.
bet9/21
Sana18.06.2023
Hajmi174.75 Kb.
#1560201
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
Mustaqil ish 2

Tarmoqqa ulangan komp’yuterlarni yakka-hol va birgalikda ishlashni ta’minlovchi maxsus dasturlar majmuasidan iborat operatsion tizim – tarmoq operatsion tizimi deb ataladi. U operatsion tizim tarmoq ichra muloqatlarni ayraboshlash, saqlash, qayta ishlash, qabul qilish, uzatish kabi xizmatlarni ko’rsatadi. Utilitlar – bu, ma’lumotlarni qayta ishlashda qo’shmcha operatsiyalarni bajarishga yoki komp’yuterga xizmat ko’rsatishga (tashxiz, texnik va dasturiy vositalarni testlash, diskdan foydalanishni optimallashtirish va boshqalar) mo’ljallangan dasturlardir.
Amaliy dasturiy ta’minot (ADT) quyidagi dasturlardan iborat. 1. Muammoga yo’naltirilgan ADT. Unga quyidagilar kiradi. - buxgalteriya uchun DT; - bank axborot tizimlari; - soliq axborot tizimlari; - sug’urta axborot tizimlari; - personalni boshqarish DT; - jarayonlarni boshqarish DT va boshqalar. 2. Umumiy maqsadli ADT. Bular: - malumotlar bazasini boshqarish tizimlari; - matn muharrirlari; - grafik muharrirlari; - elektron jadvallar; - taqdimot qilish vositalari va boshqalar.
3. Ofis ADT- idora faoliyatini tashkiliy boshqarishni ta’minlavchi dasturlarni o’z ichiga oladi. Ularga: - rejalovchi yoki organayzerlar, ya’ni ish vaqtini rejalashtiruvchi, uchrashuvlar, bayonnomalarini, jadvallar tuzuvchi, telefon va yozuv kitoblarini olib boruvchi dasturlar; - tarjimon dasturlar ya’ni ko’rsatilgan ma’lumotni qandaydir ko’rsatilgan tilga tarjima qiluvchi dasturlar; - malumotlarni skaner yordamida o’qiydigan dasturlar; - tarmoqdagi uzoq masofadagi abonent bilan foydalanuvchi orasidagi muloqatni tashkil etuvchi dasturlar; - komp’yuterli nashriyot faoliyatiga asoslangan kichik nashriyot tizimlari; - Mul’tmediya dasturiy vositalari; -Sun’iy intellekt tizimlari. Bu sohadagi izlanishlarni to’rtta yo’nalishga bo’lish mumkin.
Ijodiy jarayonlarni imitatsiya qiluvch tizimlar. Ushbu yo’nalish kompyuterda o’yinlarni (shxmat, shaska va h.k) avtomatik tarjima qilish dasturlarini yaratish bilan shug’ullanadi. 2.Bilimlarga asoslangan intellektual tizimlar. Ushbu yo’nalishdagi muhum natijalardan biri ekspert tizimlarining yaratilishidir. 3.EXMlarning yangi avlodini yaratish. Bu yo’nalish sun’iy tafakkur mashinalarini yaratish muammolarini o’rganadi. 4. Intellektual robotlar. Bu yo’nalish intellektual (aqilli) robotlar avlodini yaratish muammolari bilan shug’ullanadi.

Download 174.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling