XONAKI GULLAR
Olimlarning ta'kidlashlaricha, ko'pkina xonaki gul va o'simliklar xona mikroiqlimiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Ularda xona sharoitida tez ko'payadigan zararli mikroorganizmlarni o'ldiruvchi uchadigan fitonsidlar mavjud. Hatto shunday o'simliklar ham borki , ular komp'yuterda ishlivchi, uy-ro'zg'orda qo'llanadigan elektr asboblarni ko'p ishlatadigan kishilarni elektromagnit maydoni ta'siridan saqlaydi ( Masalan, kaktus, semuzo't, kalanxoe va boshqalar ).
Difenbaxiya gulning barglari yiriq, oval shaklida bo'lib , chiroyli chiziqlari bor va u o'zidan ajoyib hid taratadi. Difenbaxiya o'z xususiyatiga ko'ra " ekzotika" nomini olgan. Bu gulning bo'yi naviga qarab turlicha: ba'zilari 2 m va undan ortiq bo'lsa, ba'zi turlarning bo'yi 15-20 cm dan oshmaydi.Bu gul xonada bo'lgan vaqtda havoni tozalaydi.Salbiy tomoni: uning sarg'aygan , qurigan barglarini kesgan zahoti qo'lni tezda sovunlab yuvish kerak,chunki u o'zidan zaharli suv chiqaradi. Shuningdek zaharli suvning og'iz va ko'zga sachrashdan saqlanish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |