Bu yirtqich qush shu qadar yirik va kuchliki, hatto bo`rini ham yenga oladi. Kavkaz va O`rta Osiyoda qzadim zamonlardan burgut yordamida ov qilingan


Download 19.21 Kb.
bet4/4
Sana02.01.2022
Hajmi19.21 Kb.
#194973
1   2   3   4
Bog'liq
Biologiya

YO`LBARS

Yo`lbars-yirtqichlarning eng yiriklaridan biri. Hindiston, Xitoy, Eronda, uzoq Sharqda va boshqa joylarda o`rmonlarda, to`qaylarda, chakalakzorlarda yashaydi. Ilgari Amudaryo va Sirdaryo qirg`oqlaridagi qamishzorlarda ham bo`lgan. Mo`ynasining rangi, undagi ko`ndalang qora yo`llar yashash joyiga mos bo`ladi.shu sababli jim yotgan yo`lbarsni eng tajribali ovchi ham sezmaydi. Erkaginin gavdasi 3m gacha, og`irligi 160-170 kg dan ortiq bo`ladi. Asosan to`ng`iz, bug`u kabi tuyoqli hayvonlarni ovlaydi, suvda yaxshi suzadi. Yo`lbars sherga o`xshash dovyurak emas, balki ehtiyotkor yirtqichdir. Uni yoshligidan qo`lga o`rgatish mumkin. Yo`lbars g`orlarga va boshqa pana joylarga uya quradi va shu yerda bolalaydi. Bolalarini faqat onasi boqib katta qiladi. Qari va yarador bo`lgan yo`lbarslar odamga hujum qilishi mumkin.

Yo`lbars juda kuchli hayvon, u panjasi bilan bir urib yovvoyi ho`kkizning umurtqasini sindirib yubora oladi. So`ngra uning bo`ynini g`ajib o`ldirgach pana joyga sudrab ketadi yoki bolalarini chaqirish orqali ularga ham o`z o`ljasini beradi yoki go`sht yeyishni o`rgatadi.

IT

Itlar- yirtqichlar turkuminig itsimonlar oilasiga kiruvchi hayvonlarning bir turidir. Itlarning 300 dan ortiq zotlari bor. Ularga tozi itlar va buldok, ovchaka va senbernar, layka va kokker-spaneli, kolli va dogsimonlar honadonlarda boqiladigan laycha itlar va boshqalar kiradi. Ular bir-birini osson tushinadi va chatishib, avlod beradi, qiliqlari ham bir-biriga yaqin bo`ladi. Itlarning eng qadimgilari dogsimonlar, tozi itlar va ovcharkalardir.

Vazifasiga qarab bir necha guruhga ajratish mumkin. Xizmatda foydalaniladiga itlar, ovchi itlar va xonadonda boqiladigan hamda dekorativ itlar. Ovda foydalaniladigan tozi itlarning gavdasi va quloqlari uzun, juda tez yuguradi, o`ljani uzoqdan ko`radi va izma-iz quvib tutadi. Ingliz kokker-spanenilalari suvda suzuvchi qushlarni tutishga moslashgan. Laykalar universal itlardir. Ular tayga o`rmonlarida mo`ynali hayvonlarni tutishga yordam beradi, lekin qushlar los, ayiq kabi hayvonlarni ovlashda ham qo`l keladi. Ular sovuqqa jud chidamli bo`ladi-shimoliy rayonlarda laykalarni chanaga qo`shib yuk tashiladi.

BO`RI

Bo`ri-itsimon yirtqichlarning eng baquvvat va yirigi bo`lib, gavdasining uzunligi 1,5 m gacha dumi 35-50 sm ga, og`irligi 70-80 kg gacha bo`ladi. Junining rangi yashaydgan sharoitiga qarab turlicha bo`ladi. Bo`rilar ichida kulrang bo`ri ko`p tarqalgan va kuchlisidir. Asosan Yevropa va Osiyoda, Hindistonda Shimoliy Amerikada uchraydi. Siyrak o`rmonlarda cho`l va dashtlarda, tog` etaklarida, tundrada yashaydi. Sut emizuvchi yovvoyi hayvonlar va chorva molar bilan ovqatlanadi. Ko`pincha to`dab o`lib yuradi. To`daga kuchli va yirik bo`ri boshchilik qiladi. O`zbekistonda chorvachilik rayonlari ko`p uchraydi. Asosan kechasi ov qiladi, bizda kunduzi ham qo`y podalariga hujum qiladi. Juda ochko`z va xushyor yirtqich. Ikkita bo`ri birgalikda 1 ta qo`yni yeya oladi. Har yili 6-8 ta, ba`zan 12 tagacha bola tug`adi. Bo`ri bolasini 4-6 hafta emizadi, bu vaqtda erkagi ovqat topib keladi. Bolalarini dushmanda muhofaza qilish uchun bo`ri uyasidan 5-7 km narida ov qiladi. Bo`g`izlangan qo`yni yelkasiga olib, baland devordan ham oshib ketadi. 5-10 kun ovqatlanmaganda ham kuchi va chaqqonligi kamaymaydi. Bo`ri uvillab o`lja borligi, o`z maydoniga boshqa bo`rilar kelganligi haqida bir-biriga xabar beradi.


Download 19.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling