Bu yirtqich qush shu qadar yirik va kuchliki, hatto bo`rini ham yenga oladi. Kavkaz va O`rta Osiyoda qzadim zamonlardan burgut yordamida ov qilingan


Download 19.21 Kb.
bet1/4
Sana02.01.2022
Hajmi19.21 Kb.
#194973
  1   2   3   4
Bog'liq
Biologiya


BURGUT

Bu yirtqich qush shu qadar yirik va kuchliki, hatto bo`rini ham yenga oladi. Kavkaz va O`rta Osiyoda qzadim zamonlardan burgut yordamida ov qilingan.

Respublikamizning tog` va cho`llarida ham burgutlar juda ko`p bo`ladi. Burgutning rangi to`q qo`ng`ir bo`lib, uzoqdan bir xil rangda ko`rinadi. Yosh qushlarning dumi aniq ikki xil rangda: dum asosi oq, uchi qora bo`ladi. Qizil-qumdagi yovvoyi burgutlar xonaki echki, tipratikan, jayron, toshbaqa, yumronqoziq, tovushqon, qumsichqon, kakliklarga va boshqa hayvonlarga hujum qiladi. Burgut janubiy mamlakatlarda baland tog`lar orasida ham yashaydi.u Sibir taygalarida va Yevropa o`rmonlarida uchraydi. O`rmonda burgut yo`l va aholi yashaydigan joylardan olisda, qalin o`rmon ichidagi baland daraxtlarning shoxiga uya quradi. Bu ehtiyotkor qush odamlarning ko`ziga juda kam ko`rinadi. Ularni kuzda, bolalari polapon bo`lgan paytdagina butun oilasi bilan baland osmonda asta parvoz qilib yurganini ko`rish mumkin. Sovuq tushganda burgutlar issiq o`lkalarga uchib ketadi. Qish tugab, bahor kelishi bilan ota-ona burgutlar eski uyasiga qaytib keladi, uni tuzatib yana jo`ja ochishga kirishadi.

ILON

Ilonlar (Ophidia yoki Serpentes) tangachalilar kenja turkumi. Qadimgi ilon qazilma qoldig`i (uzunligi 11 m gacha) bo`r davridan ma`lum. Ilonning ajdodi echkemarlarga o`xshash kaltakesaklar bo`lgani haqida tahmin qilinadi. Tanasi ingichka va uzun, uzunligi 8 sm dan 10 m gacha, muguzsimon qalqon va tangachalar bilan qoplangan. Oyoq kamari suyaklari bio`lmaydi, ayrim ilonlarda chanoq va orqa oyoqlari rudimenti saqlanib qolgan. Umurtqalari 141 tadan 435 tagacha. To`sh suyagi bo`lmaydi, ko`zini shaffof qovoqlar qoplab turadi. Quloq teshigi va nog`ora pardasi bo`lmaydi, o`rta qulog`i sodda tuzilgan. Tili uzun, ayrisimon, yakobsimon organi bor. Bosh skletning yuz suyaklari elastik paylari orqali o`zaro birikkan bo`lib yirik o`ljani yutayotganida og`zining keng ochilishiga imkon beradi.

Ilonning 3000 minga yaqin turi 13 oilaga bo`linadi. Asosiy oilalar: suv ilonlari, aspidlar, dengiz ilonlar, qora ilonlar, chuqurchaboshlilar, so`qir ilonlar, tor og`izlilar, bo`g`ma ilonlar, qalqondumlilar. Yer yuzida, antarktidadan tashqari, hamma joyda uchraydi. Odatda yer ustida qalin o`t-o`lanlar orasida, daraxtlarda ko`p cho`llarda ayrim turlari suvda yashaydi.

OTLAR

Ot, xonaki ot (Equus caballus)- otsimonlar oilasiga mansub to`r tuyoqli o`txo`r xayvonlar avlodi. O`rta Osiyoda va Yevropaning janubi-sharqiy qismida xonaki otlar miloddan avvalgi 3-ming yillikda m`lum edi. Otlar yovvoyi holda Yevropada, Osiyo va Afrikada uyur bo`lib yashagan. Ular 4 kenja avloda bo`linadi: haqiqiy Ot (bularga Prjevalskiy oti, qirilib ketgan tarpanlar va xonaki otlar kiradi), eshaklar, yarim eshaklar(maye, qulon) va zebralar. Xonaki otlar eshaklar, zebralar va kulonlar bilan chatishtirilib, duragaylar-xachirlar, ot-xachirlar otqulon, zebrasimonlar va kulonsimonlar olinadi. Lekin bular, odatda, nasil bermaydi.

Ot ko`p asrlar mobaynida asosiy transport vositasi, qishloq xo`jaligining asosiy ish hayvoni edi. Shuningdek, armiya uchun ham juda ko`p otlar talab qilinardi.

Hozirgi zamondagi ot zotlari bo`yi 2,5 m gacha, balandligi 50 sm dan 185 sm gacha, vazni 60 kg dan 1500 kg gacha boradi. Ular boshqa qishloq xo`jaligi hayvonlarida tez yugurishga yaxshi moslashgani, katta tortish kuchiga egaligi bilan ajralib turadi. Ayg`irlarning tishi 40 ta (12 ta ku-rak tishi, 4 ta qoziq tish 12 ta jag`-oldi va 12ta jag` tishi)

QORAMOL

Qoramol- quvushshoxlilar oilsiga mansub juft tuyoqli, kavsh qaytaruchi hayvonlar turkumiga kiradi. Qoramollarga haqiqiy buqalar turkumiga mansub yirik xonaki kenja turlar- sigir, buyvol, qotos, hamda gayal, bizin, zubr va boshqalar kiradi. Miloddan bir necha avval Yevropa, Osiyo va Amerikada tarqalgan. Xonaki qoramol yovvoyi buqa (tur)dan kelib chiqqan. Yovvoyi buqalarning oxirgi ajdodlari 17-asr boshlarida qirilib ketgan. Qoramol 8 ming yil ilgari Hindistonda so`ng g`arbiy Osiyo, O`rta Dengiz, O`rta Yevropada xonakilashtirilgan. Kraniologik belgilarga qarab, qoramollar to`rt asosiy kenja turga bo`lindadi: dasht va tekis zona Yevropa Qoramoli- uzun shoxli, tog` va o`rmon zonasi Qoramoli: kalta shoxli: Markaziy Osiyo Qoramoli: Janubiy va Shimoliy Afrika Qoramoli- zebu Qoramollar yoshi va jinsi bo`yicha buzoq, tana, novvos, g`unajn, sigr, buqa va boshqa guruhlarga bo`linadi. Mol go`shti yuqori kaloriyali, parxez oziq-ovqat maxsuloti. Terisidan turli navli charm, chiqindilari qayta ishlanib, go`sht suyak va qon uni, endokrin preparatlaristearin, yelim, sovun va boshqalar tayyorlanadi. Buqa va ho`kizlardan ish hayvoni sifatida foydalaniladi.

ATIRGUL

Atirgul (Rosa)- Ra`nodoshlar turkumining xushmanzara o`simlik sifatida ekiladigan bir qancha turga xalq tomonidan qo`yilgan nom. Bu turkumning yovvoyi holda o`sadigan turlari xalqda ra`no, namatak, qirq og`yni va itburun nomlari bilan ma`lum. Osiyo , Yevropa, America mamlakatlarida keng tarqalgan. Atirgulnin yer yuzida 250-ZOYU turi 25mingdan ortiq navi bor. O`zbekistonda 19 turi 600 dan ortiq navi o`stiriladi. Bu navlar gulning katta-kichikligi , ran hidi poyada o`rnashishi,gullash davri, poyaning tikka yoki ilashib o`sishi kabi xususiyatlari bilan farq qiladi: fasl bo`yi uzluksiz yoki takroriy gullab turadigan va poyasi ilashib o`sadigan xillari ko`proq ekiladi. Atirgul asosan payvand qilib, parxishlab va qalamchasini ekib ko`paytiradi. Payvand qilish yo`li bilan ko`paytirishda iyulda terilgan namatak mevalaridan ajratib olingan u`rug`lar saqlanib noyabr oxiri dekabr boshlarida ochiq dalaga sepiladi. Urug` unib chiqqanida keyin kelasi yil aprel-avgust davomida 4-5 marta chopiq qilinadi, 8-10 marta sug`oriladi: avgust-sentabr oylarida atirgul navi kurtaklari namatakka payvand qilinadi. Kelasi yil erta bahorid payvandtag unga ulangan kurtak yuqorisidan kesib tashlanadi, payvandni bog`lagan chipta bo`shatiladi.


Download 19.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling