ARSLON|SHER
Arslon|SHer- chiroyli, kuchli va jasosaratli yirtqich hayvon. Erkaginin bo`yni va ko`kragida uzun yollari bo`ladi, bo`yi 2,4 metrga, og`rligi 230 kg gacha yetadi. Arslon Hindiston, Eron va Afrikada Savanna, cho`l va chala sahro kabi ochiq yerlarda yashaydi. Qalin o`rmonlarda bo`lmaydi. Tungi hayvon. Kunduzi dam olib, kechasi kiyik, zebra, yovvoyi ho`kkiz, to`ng`iz kabilarni ovlaydi. Ba`zan uy hayvonlariga ham hujum qiladi. Ko`pincha oila bo`lib yashaydi. Faqat juda och qolganda va yarador bo`lganida odamga hujum qilishi mumki. Sherlarning hayvonot bog`ida 70 yilgacha yashaganligi haqida ma`lumotlar bor.
Sher yugirganida panjalaridagi katta va o`tkir changal tirnoqlari ichiga tortilib turadi, shu sababli ular yedirilmaydi, o`tmaslashib qolmaydi. Sher ba`zan 2-3 m balandlikdagi molxona devorlaridan sakrab o`tib, qoramollarga hujum qiladi. O`ljasini kuchli oyog`I bilan urib yiqitadi va tishiga olib, devordan sakrab chiqib ketadi. Qornini to`ydirgan sher 2-3 kunlab hayvonlarga hujum qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |