Bubbler creative PowerPoint Template


Download 217.56 Kb.
bet1/7
Sana19.10.2023
Hajmi217.56 Kb.
#1709884
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-maruza


2-mavzu. Milliy dinlar

02
01
Yahudiylik dinining vujudga kelishi.
Markaziy Osiyoda yahudiylik.
Hindiston milliy dinlari: Hinduizm, Jayniylik. Sikxiylik ta’limoti va manbalari.
Xitoy milliy dinlari:Konfutsiylik ta’limoti va Daochilik – falsafiy ta’limot. Sintoiylik. Yapon xalqi an’analari. Kami kulti.
03
REJA

Yahudiylik — asosan yahudiylar oʻrtasida tarqalgan eng qadimgi dinlardan biri. Miloddan avvalgi 2 ming yillik boshlarida vujudga kelgan. Arabiston yarim orolning shimolida koʻchib yurgan yahudiy qabilalari miloddan avvalgi XIII asrda Tankani bosib oldilar va miloddan avvalgi X asrda Rossiya — Ispaniya davlatini tuzdilar. Yahudiylik ana shu qabilalarning diniy urf-odatlari va Falastin xalqlarining ayrim eʼtiqodlarini oʻzida mujassamlashtirgan. Yahudiylik nomi Yahudo (Iuda) qabilasining nomidan olingan.

Dastlab yahudiylik koʻpxudolik (politeistik) dini boʻlgan. Miloddan avvalgi I—VIII asrlarda yahudiylik yakkaxudolik (monoteistik) diniga aylangan. Olamning yaratuvchi xudo Yaxvega eʼtiqod qilish, Yaxve va yaxudiylar oʻrtasidagi ahd (shartnoma)ga shak keltirmaslik, yahudiylar xudoning mumtoz bandalari ekaniga, Muso (Moisey)ning paygʻambarligiga va unga ilohiy kitob Tavrot yuborilganligiga, narigi dunyoga, mahdiy (messiya)ning kelishiga, oxirat kuni barchaning tirilishiga, jannat va doʻzaxga, gunohkorlarning jazolanishi va savob ish qilganlarning ragʻbatlantirilishiga ishonish yahudiylikning asosiy aqidalaridir. 


Yahudiylik dinida xilma-xil ibodatlar, duolar, urf-odatlar, roʻza tutish, xatna qilish, oziq-ovqat sohasidagi taqiqlar, shanba kuni hech qanday ish bilan shugʻullanmaslik, diniy soliqlar va yigʻimlar kabi talablar juda qatʼiy qilibqoʻyilgan.
Yahudiylikning asosiy diniy kitoblari — Tavrot va Talmudsa belgilangan bunday koʻrsatmalar orqali dindor yahudiylarning turmushi, axloqiy va huquqiy hayoti nazorat ostiga olingan. Yahudiy ruhoniylari Tavrotni talqin va tavsif qilish jarayonida vujudga kelgan Talmudning oxirgi tahriri ikki variantda: Quddus Talmudi IV asrda, Bobil Talmudi V asrda eʼlon qilingan.
Yahudiylikning 4 bosqichi aniqlangan:
- eng qadimiy yahudiylik (Bibliya davri)
- klassik yahudiylik (miloddan avvalgi 536 va milodiy 70-yillar)
- ravvinlar davri
- yangi davr yahudiyligi (modernistik yahudiylik).

Download 217.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling