Bubbler creative PowerPoint Template


Download 217.56 Kb.
bet6/7
Sana19.10.2023
Hajmi217.56 Kb.
#1709884
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-maruza

DAOSIZM

DAOSIZM

Daosizm falsafiy ta’limot sifatida Xitoyda mil. av. birinchi ming yillikning o‘rtalarida konfusiychilik bilan deyarli bir vaqtda paydo bo‘ldi. Daosizm o‘zining ilk ko‘rinishida nazariyadan ko‘ra ko‘proq amaliyotga aloqador edi. Bu shamanizm, folbinlik, tabiblik bilan bog‘liq edi.

Daosizmning asosiy manbasi sanaladigan Lao-Szi ta’limotiga ko‘ra, tabiat, jamiyat va butun borliqning asosi «Ulug‘ Dao» hisoblanadi (dao, tao «yo‘l», «haqiqat», «tartib» demakdir). Dao umumiy tabiat qonuni va ibtido intihoning o‘zagidir. Umumiy mazmunda dao – butun borliq demakdir. Daoni hech kim yaratmagan, barcha narsalar daodan kelib chiqqan va unga qaytadi. Dao hech kimga ko‘rinmaydi, sezgi a’zolari uni ilg‘ay olmaydi. Nimani ko‘rish, eshitish, sezish, anglash mumkin bo‘lsa, u dao emas.

SINTOIZM

SINTOIZM

Sintoizm dini Qadimgi Yaponiyada vujudga kelgan (sinto – «xudolar yo‘li»).

Sintoizm ta’limotiga ko‘ra, mikado (imperator) – osmon ruhlarining davomchisidir. Har bir yapon kishisi ikkinchi darajali ruhlar(kama)ning vorisidir. Yaponlar kamani ajdodlar va qahramonlarning ruhlari deb e’tiqod qiladilar.

Sintoizmda umumiy hayotiy rioya qilinishi lozim bo‘lgan qoidalardan boshqa diniy urf-odatlar yo‘q. Unda bir umumiy ma’naviy qoida – «Umumiy qonunlarga rioya qilgan holda tabiat qoidalariga mos harakat qil» g‘oyasi mavjud. Yaponlar tasavvurida ular yaxshilik va yomonlik tushunchalarini tabiatan bilganlar, shu tufayli, jamiyatdagi qoida va talablarga rioya qilish tabiiy.

Sintoizm haqidagi ma’lumotlar «Kodziki» («Qadimiy yozuvlar») va «Nixongi» («Yaponiya annallari») manbalarida uchraydi.

Sintoizm haqidagi ma’lumotlar «Kodziki» («Qadimiy yozuvlar») va «Nixongi» («Yaponiya annallari») manbalarida uchraydi.

Kodziki – bu sintoizmning muqaddas kitobi.

Unda ikkita asosiy mazmun mujassam: qon-qabilaviy birlik va siyosiy hokimiyat g‘oyasi. Hokimiyatning ramzi sifatida uch muqaddas narsa – ko‘zgu (ilohiylik timsoli), qilich (qudrat timsoli) va yashma (sadoqat va fidoiylik timsoli) etirof etiladi. Sintoizm yaponlarga mavjudot olami, tabiat bilan o‘zaro munosabatlarga o‘ziga xos qarashni singdirgan. Bu qarashlar besh tamoyilda namoyon bo‘ladi.


Download 217.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling