Budjet chizig`i: Iste’molchining qanday imkoniyatlari mavjud? Tanlov: Iste’molchi nimani xohlaydi Optimallashtirish: Iste’molchi nimani tanlaydi


TANLOV: ISTE’MOLCHI NIMANI XOHLAYDI


Download 38.32 Kb.
bet2/6
Sana19.06.2023
Hajmi38.32 Kb.
#1613691
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Istemolchi tanlovi nazariyasi

2.TANLOV: ISTE’MOLCHI NIMANI XOHLAYDI

Bu bo’limdagi maqsadimiz iste’molchi qanday qilib tanlov amalga oshirishini o’rganish. Budjet sig`imi analizning bir qismidir: bu iste’molchining daromadiga qarab qanday tovarlarga qurbi yetishining kombinatsiyasini ko’rsatadi. Iste’molchining tanlovi nafaqat uning moliyaviy ahvoliga, balki, uning tanloviga ham bog’liq. Shunday qilib, iste’molchi tanlovi bizning keying o’rganish obyektimiz bo’ladi.


TANLOVNI BEFARQLIK CHIZIG`I ORQALI IFODALASH
Iste’molchining tanlovi unga Pepsi va pitsa kombinatsiyalaridan birini tanlash imkonini beradi. Agar biz unga ikki turdagi variantni ko’rsatsak, u o’ziga mosrog’ini tanlaydi. Agar ko’rsatilgan ikki variant unga teng ma’qul bo’lsa, iste’molchi ikkkalasini ham birdek qabul qiladi.
Biz hozir iste’molchining budjet sig`imini grafik ko’rinishida tasvirlaymiz, shuningdek, uning tanlovini ham grafikda ifodalashimiz mumkin. Buni befarqlik egri chiziqlaridan foydalanib amalga oshiramiz. Befarqlik egri chizig`i iste’molchini birdek xursand qila oladigan variantlarni taqdim etadi. Shu tufayli befarqlik egri chizig`I doim iste’molchini qoniqtira oladigan takliflar kiritadi.
Ikkinchi chizma iste’molchining befarqlik egri chiziqlaridan ikkitasini o’zida aks ettirgan. Ist’molchiga A, B va C kombinatsiyalar birdek maqbul yechim chunki ularning hammasi deyarli bir xil. Shunisi aniqki, agar iste’molchining pitsaga xohishi kamaysa, Anuqtadan B nuqtagacha bo’lgan variantlar uni birdek xursand qilishga qodir. Agar pitsaga bo’lgan ehtiyoj yana kamaysa, Bnuqtadan C nuqtagacha
Pepsi iste’moli yana ortadi va hokazo.



  • Iste’molchining befarqlik egri chizig`iuning nimani boshqalaridan afzal ko’rishini ko’rsatib beradi. Shu tufayli biz biz befarqlik egri chizig`ini ikki turdagi mahsulotlar variantini solishtirish uchun ishlatamiz. Masalan, D nuqta A ga qaraganda ko’proq foydaliroqligi tufayli yaxshiroq deb qaralsin (aniqroq qilib aytganda, D variat A ga qaraganda ikki hissa ko’p pitsa va Pepsi taklif qilsin). Befarqlik egri chizig`i nazariyasiga ko’ra D nuqta C nuqtadan ham yaxshiroq chunki u C ga qaraganda foydaliroq variantni taklif etmoqda. D nuqtanong C ga qaraganda Pepsi taklifi kamroq bo’lishiga qaramay, unda iste’molchini avzal ko’rishga undovchi pitsalar miqdori ko’pligi mavjud. Qaysi bir nuqtaning foydaliroqligini o’rganaturib, biz befarqlik egri chizig`ilarni ham o’zaro solishtirishimiz mumkin ekan.



1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling