Moliyaning ishtirokisiz MDni taqsimlab bo’lmaydi. Moliya MDni yaratish va undan foydalanishning ajratib bo’lmaydigan bog’lovchi bo’g’ini hisoblanadi. Moliya ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’molga ta’sir etib, ob’yektiv xarakterga ega. U ishlab chiqarish munosabatlarining ma’lum bir sohasini ifoda etib, bazis kategoriyasiga mansubdir. - Moliyaning ishtirokisiz MDni taqsimlab bo’lmaydi. Moliya MDni yaratish va undan foydalanishning ajratib bo’lmaydigan bog’lovchi bo’g’ini hisoblanadi. Moliya ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’molga ta’sir etib, ob’yektiv xarakterga ega. U ishlab chiqarish munosabatlarining ma’lum bir sohasini ifoda etib, bazis kategoriyasiga mansubdir.
- Zamonaviy iqtisodiyot davlat moliyasi ishtirokisiz faoliyat ko’rsata olmaydi. Tarixiy taraqqiyotning ma’lum bir bosqichiga qadar jamiyatning ba’zi bir ehtiyojlari faqat davlat tomonidan moliyalashtirilishi mumkin. Atom sanoati, kosmik tadqiqotlar, iqtisodiyotning yangi va ustuvor tarmoqlari, jamiyat uchun zarur bo’lgan sohalar (pochta, telegraf va boshqalar) ana shular jumlasidandir.
- Moliya alohida olingan mamlakatlarda ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotining darajasini va ularning xo’jalik hayotidagi makroiqtisodiy jarayonlarga ta’sir etish imkoniyatlarini ifodalaydi. Mamlakat iqtisodiyotining ahvoli moliyaning holatini belgilab beradi. Doimiy ravishdagi iqtisodiy o’sish, YaIM va MD miqdorlarining oshib borishi sharoitida moliya o’zining muntazamliligi va barqarorligi bilan xarakterlanadi. U ishlab chiqarishning yanada rivojlanishini va mamlakat fuqarolari hayotining sifat darajasining yanada ortishini rag’batlantiradi.
O‘zining moddiy mazmuniga ko’ra moliya pul mablag’larining maqsadli fondlarini ifoda etib, ularning yig’indisi, oxir oqibatda, mamlakatning moliyaviy resurs-larini tashkil etadi. Mamlakat moliyaviy resurslari o’sishining asosiy sharti MD hajmining ko’payishidir. Bir vaqtning o’zida, “moliya” va “moliyaviy resurslar” bir-biri bilan bir xil tushunchalar emas. Moliyaviy resurslar o’zo’zicha moliyaning mohiyatini aniqlab bermaydi, uning ichki mazmuni va ijtimoiy jihatdan mo’ljallanganligini ocha olmaydi. Moliya fani resurslarning o’zini emas, balki resurslarni shakllantirish, taqsimlash va foydalanish asosida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni o’rganadi. Bu fan moliyaviy munosabatlarning taraqqiyot qonunlarini tadqiq etadi. - O‘zining moddiy mazmuniga ko’ra moliya pul mablag’larining maqsadli fondlarini ifoda etib, ularning yig’indisi, oxir oqibatda, mamlakatning moliyaviy resurs-larini tashkil etadi. Mamlakat moliyaviy resurslari o’sishining asosiy sharti MD hajmining ko’payishidir. Bir vaqtning o’zida, “moliya” va “moliyaviy resurslar” bir-biri bilan bir xil tushunchalar emas. Moliyaviy resurslar o’zo’zicha moliyaning mohiyatini aniqlab bermaydi, uning ichki mazmuni va ijtimoiy jihatdan mo’ljallanganligini ocha olmaydi. Moliya fani resurslarning o’zini emas, balki resurslarni shakllantirish, taqsimlash va foydalanish asosida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni o’rganadi. Bu fan moliyaviy munosabatlarning taraqqiyot qonunlarini tadqiq etadi.
- Moliya bazis kategoriyasi hisoblansa-da, ko’p jihatdan u hukumat tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy siyosatga ham bog’liq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |