Kirish mamlakatimizda jismoniy tarbiya sohasini rivojlanishiga qaratilgan qator me‟yoriy


Download 0.56 Mb.
bet1/10
Sana16.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1493498
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
GANDBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI 2


KIRISH
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya sohasini rivojlanishiga qaratilgan qator me‟yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan va jadallikda hayotga tatbiq etib kelinmoqda. Jumladan, O’zbekiston
Respublikasining “Ta‟lim to’g’risida”gi, “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017yil 3-iyundagi PQ-3031-sonli “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori shular jumlasidandir. Ma‟lumki jismoniy tarbiya sport millat genofondini shakllantirish va sog’lom barkamol avlodni tarbiyalash vositasi sifatida yildan yilga turli yosh avlodni kundalik turmush tarziga aylanib bormoqda. Bugungi kunda respublikamizning barcha hududlari-yu chekka-chekka qishloqlarida ham jismoniy tarbiya bilan bir qatorda sport turlari ham rivojlanib bormoqda. Ta‟kidlash joizki, yurtimiz bo’ylab ommaviy sog’lomlashtirish ishlarini jadallashtirishda sportning gandbol turi beqiyos ahamiyat kasb etadi. Gandbol sport turi dunyo miqyosida eng ommaviylashgan sport turi hisoblanadi. Bugungi kunda respublikamizning ta‟lim muassasalarida gandbol sport turi fan va sog’lamlashtirish vositasi sifatida o’quv rejalarga kiritilgan.
Respublikamiz ta‟lim muassasalarida gandbol sport turi fan va sog’lomlashtirish vositasi sifatida o’quv rejalariga kiritilgan. Ushbu sport turi 2000-yildan boshlab o’tkazilib kelinayotgan uch bosqichli “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” kabi ommaviy sport musobaqalari dasturidan joy olgan. Gandbol sport turini yanada rivojlantirish va yuqori malakali gandbolchilarni tayyorlash samaradorligini oshirish shu ixtisoslik bo’yicha kadrlar tayyorlash sifati bilan belgilanadi. Mazkur muammoni maqsadli hal etish birinchi navbatda keng qamrovli, yangi ilmiy-uslubiy ma‟lumotlarga ega o’quv adabiyotlarni zamonaviy o’rgatish metodikasi asosida yaratilishini talab etadi.
Gandbol o’yini barcha sport turlari kabi o’zining olamshumul tarixiga ega. 1898 yilda – gandbolga asos solingan. Daniyaning Ordrupe shahridagi gimnaziyalardan birining o’qituvchisi Xolger Nilson futboldan farq qiladigan, qizlar uchun ham mos keladigan, yog’inli havoda zalda o’ynasa bo’ladigan yangi sport o’yinini yaratishga qaror qiladi. U darvozabonlarni qoldirib, jamoadagi o’yinchilar sonini qisqartirib, to’pni uzatish va otish faqat qo’l bilan bajarilishini taklif qiladi. Shu tariqa olamda
“Handboll” inglizchadan tarjima qilinganda hand – qo’l, ball – to’p ya‟ni – qo’l to’pi yuzaga keladi va keyinchalik tezda butun jahonga tarqab ketadi.
Xolger Nilson ikkita sport o’yindan ya‟ni futbol va basketbol sport turidan yangi sport turini yaratish g’oyasi paydo bo’lganda hech kim bu o’yin dunyoda shunchalik keng tarqalishini kutmagan edi.
11 kishidan iborat jamoa bilan o’yin yaratish 1917-1919-yillarga to’g’ri keladi. O’yinning ikkala yo’nalishi ham uzoq vaqtdan beri mavjud.
O’yin maydonining birinchi o’lchamlari 40x20 metr, darvozaning bo’yi 2 metr, eni esa 2,1 metr, to’pning aylanasi esa 68-70 sm bo’lgan. O’yinning dastlabki qoidalari bo’yicha to’p bilan yugurish va to’p uchun kurashishga ruxsat berilmagan. Gandbol o’yini qoidalariga keyingi kiritilgan o’zgartirishlar o’yinning atletik bo’lishiga olib keldi. 1923yilda to’p o’lchami qisqartirildi va o’yin qoidalariga 3 sekund va 3 qadam bandlari kiritildi, bu, o’z navbatida, o’yin texnikasi va taktikasiga ta‟sir ko’rsatib, o’yinning tezkor bo’lishiga olib keldi.
1925-yilda Germaniya terma jamoasining Avstriya terma jamoasi bilan birinchi xalqaro uchrashuvi bo’lib o’tdi. Germaniya terma jamoasi o’yinda 5:6 hisobida mag’lubiyatga uchradi.
1926-yilda gandbolning xalqaro sport bilan tan olinishi bir qator mamlakatlarda o’yinni rivojlantirishga turtki berdi. Lyuksemburg va Shveytsariya, Ispaniya va boshqa mamlakatlarda gandbolni rivojlantiradigan klublar bor edi.
1928-yilda Amsterdamda Xalqaro havaskor gandbol federatsiyasi (IGF) tashkil etildi. Dastlab bunga 11 mamlakat a‟zo bo’lgan.
Sobiq Ittifoqda gadbol bo’yicha birinchi yirik musobaqa 1928yilda I Butunittifoq spartakiadasi doirasida o’tkazilgan.
Gandbol o’yini Olimpiada o’yinlari dasturiga dastlab 1936-yilda kiritildi (Germaniya, Berlin). O’shanda musobaqalarda faqat 6 ta erkaklar jamoalari qatnashgan edilar. Olimpiada o’yinlari davrida Xalqaro Gandbol federatsiyasining 4-kongresi bo’lib o’tdi. Bu kongressida 7x7 va 11x11 ko’rinishda gandbol bo’yicha jahon chempionatlarini o’tkazish to’g’risida qaror qabul qildi. 1938-yildan boshlab gandbol bo’yicha Jahon chempionatlarining o’tkazilishi rejalashtirildi va shu yildan boshlab o’tkazila boshladi. Chempionatlar birinchi navbatda erkaklar jamoalari ishtirokida o’tkazildi. Jahon chempionatida Germaniya terma jamoasi g’olib bo’ldi.
1941-1945-yillardagi Ulug’ Vatan (Ikkinchi jahon urushi) urushi uzoq vaqt davomida jahon sportining rivojlanishini to’xtatib qo’ydi. Gandbol ham bundan mustasno emas edi. Urushdan keyingi yillarda 1946-yilda Xalqaro Gandbol Federatsiyasi (IGF) tashkil etilishi bilan o’yin rivojlanishida yangi yuksalish boshlandi. U jahon gandbolini qayta tiklashga qaratilgan harakat dasturini tasdiqladi, erkaklar va ayollar jamoalari ishtirokida gandbol bo’yicha jahon chempionatlarini 11x11 ko’rinishda o’tkazdi.
1948-yilda Fransiyada 11×11 gandbol bo’yicha erkaklar o’rtasidagi jahon chempionatida 12 ta jamoa ishtirok etdi, unda shvedlar terma jamoasi g’olib bo’ldi.
1949-yilda Vengriya terma jamoasi Budapeshtda ayollar o’rtasidagi jahon chempionatida g’olib bo’ldi. Kelajakda jahon chempionatini har to’rt yilda bir marta o’tkazishga qaror qilindi. Jami 7 ta erkak va 3 ta ayollar gandbol chempionati 11x11 formatida o’tkazildi. 1966-yilda 11x11 gandbol bo’yicha yettinchi va oxirgi jahon chempionati bo’lib o’tdi, u xalqaro o’yin darajasida mavjud bo’lib, 7x7 gandbolini rivojlantirish imkoniyatini berdi. 1954-yilda Shvetsiyada erkaklar jamoalari o’rtasida gandbol bo’yicha jahon chempionati bo’lib o’tdi. Shvetsiyaliklar g’alaba qozonishdi va ayollar Yugoslaviyada 7x7 gandbol bo’yicha birinchi chempionatni 1957-yilda o’tkazdilar. Birinchi o’rinni Chexoslovakiya jamoasi egalladi.
1972-yilda Myunxen shahrida o’tkazilgan XX Olimpiada o’yinlari dasturiga gandbol o’yini yana kiritildi. Musobaqalar yopiq sport inshootlarida o’tkazildi va musobaqada faqat erkaklar jamoalari qatnashib, unda Yugoslaviya gandbolchilari g’alaba qozondi.
1976-yilda Monreal shahrida o’tkazilgan XXI Olimpiada o’yinlari dasturidan gandbol o’yini to’laqonli ravishda joy oldi. Musobaqalarda erkaklar jamoalari bilan bir qatorda ayollar jamoalari ham ishtirok etish huquqini olishdi. Musobaqada SSSR ayollar jamoasi gandbolchilari g’alaba qozondi.
Gandbol taraqqiyotida tamomila yangicha yo’nalish yuz bera boshladi. Mazkur vaziyatni Olimpiada o’yinlari, Jahon chempionatlari, Osiyo chempionatlari musobaqalari davomida turli mamlakat jamoalarining erishgan yutuqlari misolida ko’rish mumkin (1,2,3jdavallar).
Hozirgi kunda Xalqaro gandbol federatsiyasiga dunyoning 174 davlati a‟zo bo’lib, jami 7 milliondan ortiq kishi gandbol bilan shug’ullanadi.
O’yinning rivojlanish tarixida bir necha bosqichlar mavjud bo’lib, ular quyidagilar:

  • 1898-1941-yillar – o’yinning kelib chiqishi, tarqalishi va shakllanishi;

  • 1946-1957-yillar – o’yinning ustun rivojlanishi 11x11;

  • 1960-1972-yillar – o’yinni tarqatish 7x7;

  • 1972-yildan beri – o’yinni dunyo bo’ylab keng ommalashtirish davri;

  • 1986-yildan – gandbolni professionallashtirish boshlagan davri.


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling