Qo‘l to‘pi o‘yinining


Download 0.55 Mb.
bet1/4
Sana28.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1729305
  1   2   3   4

1-mavzu

Qo‘l to‘pi o‘yinining kelib chiqishi va rivojlanish tarixi



REJA





  1. Qo‟l to‟pi o‟yin kelib chiqishi va rivojlanishi

  2. Qo‟l to‟pi o‟yini maydon o‟lchamlari.

  3. Qo‟l to‟pi o‟yini qoidalari.



    1. Qo’l to’pi o’yin kelib chiqishi va rivojlanishi


Qo„l to„piga 1898 yilda asos solingan deb hisoblanadi. Ordrupe shahridagi gimnaziyalardan birining o„qituvchisi Xolger Nilson futboldan farq qiladigan. qizlar uchun ham mos keladigan o„yinni yaratdi. To„pni uzatish va otish qo„l bilan bajarilishini taklif qildi va bu o„yinga “Xandbol” deb nom berdi.
Bu o„yin katta futbol maydonida o„ynalishi, bu maydon o„yinchilarida katta jismoniy tayyorgarlik talab qilardi. O„yinda 10ta o„yinchi va 1ta darbazobon ishtirok etadi. Bir paytning o„zida 11:11 va 7:7 o„yin variantlari o„ynaladi.
1904 yili birinchi bo„lib Daniya qo„l to„pi federatsiyasi tashkil topdi. 1906 yili Kopengagen shahrida qo„l to„pi o„yininig dastlabki qoidalari nashr etiladi. Ushbu qodalar muallifi X. Nilson hisoblanadi. Qo„l to„pi o„yini tezda butun jahonga tarqab ketdi. Ovropa mamlakatlarida qo„l to„pining rivojlanishi natijasida 1928 yilda Umumjahon havaskorlar gandbol federatsiyasi tashkil topdi va shu yili Pragada xotin - qizlar o„rtasida turnir o„tkazildi.
1934 yilda birinchi xalqaro qo„l to„pi musobaqa qoidalari ishlab chiqildi.
1936 yilda o„tkazilgan Olimpiada o„yinlarida qo„l to„pi o„yinini 11: 11 varianti bo„yicha musobaqa o„tkazildi. 1938 yili bir paytning o„zida Germaniyada 11:11 va 7:7 variantlari bo„yicha musobaqa o„tkazildi. 1950 yildan boshlab qo„l to„pini 7:7 varianti o„ynab kelinmoqda. Qo„l to„pi bo„yicha erkaklar o„rtasida 1- jahon chempioanati 1970 yilda o„tkazilgan bo„lib, 1- o„rinni Ruminiya, 2- o„rinni GDR, 3- o„rinni YUgoslaviya terma jamoalari egallaladilar. Ayollar o„rtasida 1- jahon chempionati 1971 yilda o„tkazilgan bo„lib, 1- o„rinni GDR, 2- o„rinni YUgoslaviya, 3- o„rinni sobiq ittifoq terma jamoalari egallagan.
1972 yil Myunxenda o„tkazilgan XX Olimpiada o„yinlarida qo„l to„pi erkaklar o„rtasida dasturga kiritildi. 1- o„rinni YUgoslaviya, 2- o„rinni sobiq ittifoq , 3- o„rinni Ruminiya terma jamoalari egalladi.
1976 yilda o„tkazilgan Monreal Olimpiada o„yinlar dasturiga ayollar o„rtasida qo„l to„pi musobaqalari kiritildi. 1-o„rinni sobiq ittifoq , 2- o„rinni GDR, 3- o„rinni Vengriya terma jamoalari egalladi.
Xozirgi kunda Xalqaro qo„l to„pi federatsiyasiga 123 davlat a‟zo bo„lib, jami 7 milliondan ortiq kishi qo„l to„pi bilan shug„ullanadi. SHu jumladan, 1,4 million shug„ullanuvchi MDH mamlakatlari qo„l to„pi ixlosmandlaridi .

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling