Qo‘l to‘pi o‘yinining


O‘zbekistonda qo‘l to‘pining rivojlanishi


Download 0.55 Mb.
bet2/4
Sana28.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1729305
1   2   3   4

O‘zbekistonda qo‘l to‘pining rivojlanishi


Respublikamizda qo„l to„pi o„yini 1930-35 yillarda rivojlana boshladi, qo„l to„pi bilan shug„ullanuvchilar soni ko„paya bordi. 1938 yilda Respublikamizda gandbol bo„yicha birinchi chempionat o„tkazildi. Qo„l to„pini 11:11 variantida



1960 yilgacha Toshkent Oliy Harbiy bilim yurtida ta‟lim oluvchi kursantlar orasida musobqalar o„tkazildi. 1960 yilda O„zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya institutida qo„l to„pi mutaxasisligi bo„limi ochildi. 1960 yilda Toshkent shahar birinchiligi o„tkazildi. Bu musobaqaga 16-20ta jamoa qatnashdi. O„zbekiston qo„l to„pi jamoalari 1960 yildan boshlab Sobiq Ittifoq chempionatida qatnasha boshladi. 1962 yilda o„tkazigan 2- chempionatda erkaklar o„rtasida O„zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli qatnashib, oliy ligaga yo„llanmani qo„lga kiritdi.
O„zbekiston qo„l to„pi ustalari 1970-80 yillarda yuqori natijalarga erishdi.
Sobiq Ittifoq oliy liga jamoalari o„rtasida o„tkazilgan chempionatda oltinchi o„rinni egalladilar. Talabalar o„rtasida o„tkazilgan Butunittifoq musobaqalarida O„zDJTI jamoasi uch karra g„oliblik shohsupasiga ko„tarildi. 1975 va 1983 yillarda o„tkazilgan sobiq ITTIFOQ xalqaro Spartakiadasida O„zbekiston qizlar terma jamoasi kuchli oltilikdan o„rin oldi.
O„zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so„ng, 1992 yili qo„l to„pi federatsiyasi tashkil etildi. 1993 yil Xalqaro va Osiyo federatsiyalariga a‟zo bo„ldilar. 1994-1996 yillarda Markaziy Osiyo davlatlari klublari o„rtasida o„tkazilgan chempionatda qo„l to„pichi qizlarimiz 1-o„rinni egalladilar. 1997 yili respublikamiz qizlar jamoasi Iordaniyada o„tkazilgan Osiyo chempionatida qatnashib, birinchi marta jahon chempionatida qatnashish xuquqiga ega bo„ldi. 1997 yilning dekabr oyida Germaniyada o„tkazilgan jahon chempionatida O„zbekiston terma jamoasi Xitoy, Braziliya va Urugvay jamoalarini mag„lubiyatga uchratdi.
Bu muvaffaqiyatlarga erishishda Valeriy Tyugay, SHoislom Pavlov va Ferdus Abduraxmonovlarning kabi murabbiylarning xizmatlari kattadir.



    1. Download 0.55 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling