Mustaqillik yillarida sportchilarimizning erishgan yutuqlaridan bazilari O’tkirbek Haydarov


Download 19.46 Kb.
bet1/4
Sana24.12.2022
Hajmi19.46 Kb.
#1051345
  1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqillik yillarida sportchilarimizning yutuqlari


Mustaqillik yillarida sportchilarimizning
erishgan yutuqlaridan bazilari


O’tkirbek Haydarov - 1974 yil Andijon viloyatida tug’ilgan. 8 yoshidan sportga mehr qo’ygan. 1995 yildan beri boks bilan muntazam shug’ullanib keladi. 1995 yil Qozog’istonda tashkillashtirilgan boks bo’yicha xalqaro turnirda 75 kg vaznda 2-o’rinni egalladi. 1997 yil Tailandda o’tkazilgan Qirol kubogida 3-o’rin sohibi bo’ldi. O’sha yili Xitoy Xalq Respublikasi va Turkiyada o’tgan xalqaro turnirlarda g’alaba qozondi. 1999 yil endigina 25 yoshga to’lgan yoz o’zbek bokschisi jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo’lga kiritdi. Amerika Qo’shma shtatlarining Xyuston shahrida bo’lib o’tgan mazkur nufuzli musobaqaga jahonning manaman degan o’g’lonlari tashrif buyurgandi. Unda g’alaba qozonish hammaga ham nasib etmasdi. Ammo unda ishtirok etgan Muhammadqodir Abdullaev, To’lqin Turg’unov bilan bir qatorda O’tkirbek Haydarov ham o’zbek yigitlari nimalarga qodir ekanini namoyish etdi va oltin medal sohibi bo’ldi. 2000 yil Tailanda bo’lib o’tgan an’anaviy Qirol kubogi musobaqalarida Sidney Olimpiadasiga yo’llanmani qo’lga kiritdi. 2000 yil Olimpiada o’yinlari munosib ishtirok etdi. Olimpiada o’yinlari O’tkirga omad keltirmadi. U barcha kuchini navbatdagi olimpiadada namoyish etishni niyat qildi. O’tgan to’rt yil oralig’ida u bir qator turnirlarda g’olib chiqishga muvaffaq bo’ldi. 2001 yil Irlandiyaning Belfast shahrida bo’lib o’tgan Jahon chempionatida kumush medal bilan taqdirlandi. Avstraliyaning Brisben shahrida tashkillashtirilgan “Yaxshi niyat o’yinlari”da bronza medalini qo’lga kiritdi. 2002 yili Malayziyada o’tkazilgan Osiyo chempionatida g’alaba qozongan O’tkirbek Janubiy Koreyaning Pusan shahrida o’tkazilgan Osiyo o’yinlari hamda 2003 yili Haydarobodda bo’lib o’tgan Afro-Osiyo o’yinlarida oltin medalga egalik qilgan. O’sha yili Pokistonning Karachi shahrida o’tkazilgan Osiyo chempionatida Afina Olimpiadasiga yo’llanmani qo’lga kiritgan. 2004 yilgi XXVIII yozgi Olimpiada o’yinlarida bir-biridan murakkab janglarni o’tkazib, bronza medali bilan taqdirlandi.

Albatta, «O’zbekiston iftixori» faxriy unvoniga munosib ko’rilgan sportchilarimiz mashakqatli mehnatlari, jahon sport maydonlarida qo’lga kiritgan salmoqli yutuqlari bilan o’zlariga bildirilgan ishonchni oqlashgan. Har bir yutuq zamirida esa o’nlab insonlarning xizmatlari, ota-onalar duosi, xalqimizning madadi, hukumatimizning ishonchi yotibdi.


2000 yilda kurash bo’yicha bir qator xalqaro turnirlar va jahon chempionatida erishgan yutuqlari evaziga polvonlarimiz Bahrom Avazov va Maxtumquli Mahmudov hamda jahon shaxmat tojiga egalik qilgan sportchimiz Rustam Qosimjonovlar davlatimizning ushbu yuksak unvoni bilan taqdirlandi.



Download 19.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling