Mustaqillik yillarida sportchilarimizning erishgan yutuqlaridan bazilari O’tkirbek Haydarov


Download 19.46 Kb.
bet4/4
Sana24.12.2022
Hajmi19.46 Kb.
#1051345
1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqillik yillarida sportchilarimizning yutuqlari

To’lashboy Doniyorov 1981 yil Andijon viloyatining Izboskan tumanida tug’ilgan. U Andijon boks maktabining vakili ekanini barcha bellashuvlarda namoyon etib kelgan. Bir nechta xalqaro turnirlar, Osiyo chempionatida zafar quchib, 51 kg vaznda o’z raqiblariga saboq bergan mahoratli sportchi dastlab sportga kirib kelganida 12 yoshda edi.
To’lashboy 20 yoshida terma jamoa safidagi yirik bellashuvlarda qatnasha boshladi. Turkiyada o’tkazilgan xalqaro turnirda 1-o’rinni qo’lga kiritishga muvaffaq bo’ldi. Bu yutuq uning xalqaro toifadagi sport ustasi talablarini bajarishiga yordam berdi. O’sha yili Dog’istonning Maxachqal’a shahridagi turnirda ham oltin medal egasiga aylandi. 2002 yil Malayziyadagi Osiyo chempionati bronza medali sohibi bo’lgan. 2003 yil Bokuda o’tgan AIBA prezidenti Anvar Chaudri sovrini bahsida g’alaba qozongan. 2004 yil Filippindagi Osiyo chempionatida bronza medalini qo’lga kiritgan. 2002 yil «O’zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan taqdirlandi. 2001 va 2003 yillarda o’tkazilgan Jahon chempionati bahslarida g’olibona yurishlarini davom ettirdi. Xitoyda o’tkazilgan xalqaro turnirda XXVIII yozgi Olimpida o’yinlarida ishtirok etish uchun ilk bor yo’llanmani qo’lga kiritdi. To’lashboy Doniyorov Pekinda bo’lib o’tgan yozgi Olimpiada o’yinlarida ham qatnashish baxtiga muyassar bo’lgan. O’zbekistonning bir necha bor chempioni.
2003 yilda o’zbek futboli afsonasi Birodar Abduraimov, velosportchi Sergey Krushevskiy, baydarkachimiz Tatyana Levina hamda og’ir atletikachimiz Baxtiyor Nurillaevlarga «O’zbekiston iftixori» faxriy unvoni topshirilgan bo’lsa, 2004 yil 2 sentyabr kuni olimpiada o’yinlarida mamlakatimiz shuhratini dunyo uzra yoygan, olimpiadaning ikki oltin medaliga egalik qilgan yunon-rum kurashchimiz Aleksandr Doktorashvili hamda erkin kurash ustasi Artur Taymazovlar mazkur unvon egasiga aylanishdi.
Turkiyaning Antaliya shahrida o’tkazilgan futbol bo’yicha nogiron-amputant sportchilar o’rtasidagi jahon chempionatida vakillarimiz munosib ishtirok etib, turnirning bosh sovriniga egalik qilishdi. Chempionatda yuksak jasorat va matonat namunalarini ko’rsatgani, o’zbek futbolining shuhratini dunyoga tanitish, uning nufuzini yuksaltirishga qo’shgan ulkan hissasi uchun nogiron-amputantlar terma jamoamiz a’zolaridan bir guruhi - Aziz Abdurahmonov, Azizjon Azimov, Pavel Sulaymonov, Zohidxo’ja Toshxo’jaev, Haydarali Tursunboev, Abdujamil Shukurovlar «O’zbekiston iftixori» faxriy unvonlari bilan taqdirlanishdi.
Pekin shahrida bo’lib o’tgan XXIX yozgi Olimpiada o’yinlari o’zbek sportchilari uchun omadli keldi. Sayyoramizning 204 davlatidan kelgan 15 ming nafarga yaqin sportchi safida 58 nafar vakilimiz ham munosib ishtirok etdi. 16 kunlik murosasiz bellashuvlardan so’ng O’zbekiston delegatsiyasi norasmiy hisob-kitoblarga ko’ra, ishtirokchi davlatlar vakillari orasida 40-o’rindan joy olishdi. Erkin kurashchimiz Artur Taymazov ikkinchi bor Olimpiada chempioni nomini qo’lga kiritgan bo’lsa, yana bir kurashchimiz Soslan Tigiev va dzyudochimiz Abdulla Tangriev kumush medal sohibi bo’ldi. O’zbekiston trampolin maktabining yorqin vakili sanalgan Ekaterina Xilko faoliyatidagi uchinchi olimpiadada bronza medaliga egalik qildi. Shuningdek, dzyudochimiz Rishod Sobirov va etakchi sport gimnastikachimiz Anton Fokinlar Olimpiadaning bronza medali bilan taqdirlandi.
Olimpiada o’yinlarida erishgan yutuqlari bilan Vatanimizning xalqaro miqyosdagi obro’-e’tibori va nufuzini oshirishga, yosh avlod ongida yurtga muhabbat va sadoqat tuyg’ularini shakllantirishga, mamlakatimizda iste’dodli yosh sportchilarni tarbiyalashga qo’shgan katta hissasi uchun bir guruh sportchilar va murabbiylar davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlanishdi. Ularning orasida “O’zbekiston iftixori” faxriy unvoniga egalik qilgan Abdulla Tangriev va Ekaterina Xilko ham bor.
Ha, hukumatimiz Vatan nomini olamga taratgan shijoatli sportchilarini mana shu tarzda ulug’laydi. Ularning nomini yosh avlodga o’rnak sifatida ko’rsatadi.
Albatta, mamlakatning faxri, iftixori bo’lish har qanday sportchiga nasib etavermaydi. Bu nomlar timsolida ona yurtning shonu shuhrati, qudrati, jismoniy va ma’naviy salohiyati, olis o’tmishimiz, boy madaniyatimiz, shuningdek, kelajagimiz namoyon bo’ladi. Har yili 8 dekabr – Konstitutsiya kuni arafasida mamlakatimiz ijtimoiy siyosiy hayotida muhim rol o’ynagan insonlar davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlanar ekan, ular orasida sportchilarimizning nomlari yanada yorqin jaranglaydi.


Ha, tuprog’iga baraka ingan, tabiati saxovatli, ko’ngli beg’ubor eldan hali bundan ham etuk insonlar etishib chiqadi. Chunki odilona siyosat, barcha talablarga javob beradigan zamonaviy sport inshootlari, tajribali murabbiylar, zabardast yigit-qizlarimiz bor ekan, O’ZBEK nomi dunyo uzra jaranglashda davom etaveradi.
Download 19.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling