Mustaqillik yillarida sportchilarimizning erishgan yutuqlaridan bazilari O’tkirbek Haydarov


Download 19.46 Kb.
bet2/4
Sana24.12.2022
Hajmi19.46 Kb.
#1051345
1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqillik yillarida sportchilarimizning yutuqlari

Rustam Qosimjonov - 1979 yilning 5 dekabrida Toshkent shahrida tug’ilgan. Shaxmat bo’yicha Osiyo chempioni, jahon chempionatining mintaqaviy musobaqasi g’olibi, Butunjahon shaxmat olimpiadasida shaxsiy hisobda bronza medaliga egalik qilgan. Xalqaro grossmeyster. «O’zbekiston belgisi» ko’krak nishoni sohibi.
Rustam bolaligidan shaxmatga alohida mehr qo’ydi. Dastlab murabbiy Aleksandr Grushevskiydan, keyinchalik tajribali murabbiy Sergey Pinchukdan saboq olgan. 1990 yili O’zbekiston birinchiligida g’olib chiqkach, el nazariga tushdi.
1994 yil uning hayotida yorqin iz qoldirdi. Yosh shaxmatchi Qatar poytaxti Doxada Osiyo chempioni bo’ldi. Vengriyaning Seged shahridagi jahon birinchiligida ishtirok etdi va bronza medalini qo’lga kiritdi. Prezidentimiz Islom Karimov yosh shaxmatchiga kompyuter va 300 mingdan ziyod sara o’yinlar matni yozilgan kasseta sovg’a qildi. Bu uning kamolot yo’lidan dadil odimlashiga zamin yaratdi. 1995 yili Braziliyada o’tkazilgan jahon birinchiligida Rustam yana bronza medaliga sazovor bo’ldi. Ketma-ket o’tkazilayotgan turnirlar hamyurtimizni yangi marralarni zabt etishiga sabab bo’ldi. 2000 yil dastlab O’zbekiston chempionatida, keyin Namanganda jahon chempionatining mintaqaviy musobaqasida g’alaba qozondi. Germaniyaning «Zoolingen» klubi tarkibida jahonning etakchi grossmeysterlariga karshi muvaffaqiyatli dona surdi. Bu uning shaxsiy ko’rsatkichini yaxshiladi. U 2692 birlik ko’rsatkich bilan FIDEning 2000 yil tasnifida 11-o’ringa ko’tarildi.
2004 yil nafaqat Rustam uchun, balki xalqimiz uchun ham olamshumul hodisa ro’y berdi. Liviya poytaxti Tripolida o’tkazilgan dunyo chempionatida Rustam barcha raqiblarini dog’da qoldirib, jahon shaxmat tojini qo’lga kiritdi. Umuman hukumatimizning sportchilarimizga va sportni rivojlantirishga qaratayotgan e’tibori yurtdoshlarimiz kabi Rustamni ham yuksak marralarni zabt etishga chorlamoqda. O’sha yili davlatimiz rahbari Farmoniga binoan Rustam Qosimjonov «Amir Temur» ordeni bilan taqdirlandi. Ayni paytda sportdagi faoliyatini davom ettirayotgan R.Qosimjonov yosh shaxmatchilariga o’z bilim-ko’nikmalarini o’rgatishni niyat qilib qo’ygan.

2001 yilga kelib, ushbu unvon bilan taqdirlangan sportchilar soni yanada salmoqli ko’rinish oldi. Yunon-rum kurashchimiz Dilshod Oripov, erkin kurashchimiz Dilshod Mansurov, miltiqdan o’q otish bo’yicha chempion Dilshod Muxtorov, bokschimiz Rustam Saidov, o’zbek tennisi malikasi Iroda To’laganova, og’ir atletikachimiz Botir Usmonov, futbol bo’yicha o’smirlar o’rtasida jahon chempioni, Osiyo o’yinlari g’olibi Mirjalol Qosimovlar ana shu yuksak unvonga munosib deb topildi. Shu tariqa «O’zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan taqdirlanganlar soni 23 nafarga etdi.





Download 19.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling