Maktablardagi "Zakovat" to‘garagi


Download 53.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana25.02.2023
Hajmi53.39 Kb.
#1227760
  1   2   3   4
Bog'liq
Maktablardagi



Maktablardagi "Zakovat" to‘garagi (15.11.2022) o'yini
savollari
Yaratilgan sanasi: Tue, 15 Nov 2022 15:12:00 +0500
Page 1
1-round
1-savol: Простой
.1930-yil yozida qo‘shiqchi Fyodor Shalyapin teploxodda Genuyadan Janubiy Amerikaga qarab yo‘l oladi.
Savol: Uning sayohatining oxirgi punkti qaysi mamlakat edi?
Javob:Urugvay.
Izoh: Shalyapin futbol bo‘yicha o‘tkazilgan birinchi Jahon Chempionatida Yevropadan qatnashayotgan
futbolchilarning kayfiyatini ko’tarish maqsadida chaqirilgan edi.
2-savol: Простой
.Santa-Domingo ko‘chasidan boshlab Estafeta ko‘chasigacha juda xavfli 875 metr o‘tgan. Har yili bu yerda
50 dan ortiq inson jarohatlanadi. Savol: Bu jarohat sababchisi toping.
Javob:Buqa.
Izoh: Har yili Pamplonada San-Fermin festivali o‘tkaziladi. Festival davomida buqalar bilan poyga
o‘tkaziladi.
3-savol: Простой
.Turli davlatlarda turli yeguliklar bilan bog‘liq irim va odatlar bor. Masalan, shunday odatlardan biriga ko‘ra
tanzaniyaliklar farzandlari kal bo‘lib qolmasliklari uchun ularga bir mahsulotni yeyishni ta’qiqlashadi?
Savol: Qaysi mahsulot?
Javob:Tuxum.
Izoh: Tuxum ham xuddi kal boshdek ko‘rinadi.
4-savol: Простой
.Gerodotning ta’kidlashicha, Skifiyalik ayollar kiparis va kedr daraxtlari yog‘ochini kukun holiga keltirib suv
va o‘simliklardan olingan malhamga aralashtirib bir turdagi mahsulot sifatida ishlatishgan ekan. Savol:
O‘sha mahsulotni toping.
Javob:Sovun.
5-savol: Простой
.Hind maqolini to‘ldiring: “Ahmoq odam donishmand bilan bir umr birga bo‘lgani bilan hech nimani
bilmaydi, xuddi qoshiq Uni bilmaganidek”. Savol: Uni 2 so‘z bilan yozib bering.
Javob:Ovqat ta’mini.



Download 53.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling