Maktablardagi "Zakovat" to‘garagi


Maktablardagi "Zakovat" to‘garagi (15.11.2022) o'yini


Download 53.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana25.02.2023
Hajmi53.39 Kb.
#1227760
1   2   3   4
Bog'liq
Maktablardagi

Maktablardagi "Zakovat" to‘garagi (15.11.2022) o'yini
savollari
Yaratilgan sanasi: Tue, 15 Nov 2022 15:12:00 +0500
Page 2
6-savol: Простой
.2010-yil Sankt-Peterburgda sayyoramizda bir hayvonni saqlab qolishga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib
o‘tgan. Savol: Bu konferensiyadagilar nechanchi yilga kelib bu hayvonni ikki barobarga ko‘paytirishni
kelishib olishgan?
Javob:2022 yil.
Izoh: Bu hayvonlar yo‘lbarslar edi. 2010-yil muchal bo‘yicha yo‘lbars yili bo‘lgan va oradan 12 yil o‘tib yana
yo‘lbars yilida shu rejani kelishib olishgan.
7-savol: Простой
.Bu murakkab inglizcha so‘zni “Ofis”da uchratishimiz mumkin. Agar bu so‘zni probel bilan ajratsak
o‘zbekchasi “Elektr manbai” degan ma’noni anglatadi. Savol: Bu so‘zni toping.
Javob:PowerPoint.
Izoh: PowerPoint Ofis dasturlaridan biri hisoblanadi. So‘zma so‘z tarjima qilinsa “Elektr manbai”ni bildiradi.
8-savol: Простой
.Bir kuni Sergey Bershovga mashina sovg‘a qilishadi. Mashina davlat raqami 4 xonali sondan iborat bo‘lib,
ularning barchasi 4 soniga qoldiqsiz bo‘linar edi. Savol: Sportchi 1982-yil 4-maydan 5-mayga o‘tar kechasi
qayerda bo‘lganini aniq yozib bering.
Javob:Everest cho‘qqisida.
Izoh: Mashina raqami 8848 bo‘lgan. Everestning ham balandligi 8848 metr.
9-savol: Простой
.Aforizmga ko‘ra, agar tabassum qilsangiz, sizni ko‘rgan inson ham tabassum qiladi. Bu IKS effekti deyiladi.
IKS Avstraliya aborigenlarining ov quroli sifatida ham mashhur bo‘lgan. Savol: IKSni toping.
Javob:Bumerang.
Izoh: Bumerangni otsangiz, u qaytib keladi. Bumerangdan ov qilishda ham foydalanishgan.
10-savol: Простой
.Aktyor Ivar Kalninsh o‘z intervyularidan birida hazillashib shunday degan: “Mening xotinim juda ko‘p rashk
qiladi. Shuning uchun ham bizning uyimizdagi ULARning hammasi metalldan”. Savol: ULARni nimaligini
yozib bering.
Javob:Tarelkalar.



Download 53.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling