Kirish mamlakatimizda jismoniy tarbiya sohasini rivojlanishiga qaratilgan qator me‟yoriy


Darvozabon taktikasini rivojlantirivchi mashqlar


Download 0.56 Mb.
bet3/10
Sana16.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1493498
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
GANDBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI 2

5.9. Darvozabon taktikasini rivojlantirivchi mashqlar
Raqobatli o’yin faoliyatida darvozabonning o’yin taktikasi, darvozani himoya qilish va raqib zarbalarini qaytarish bilan bog’liq o’yin tizimidan iborat. Darvozabon yakkama-yakka 7 metrli jarima to’pi hamda 9 metrli jarima zarbalarini darvoza tomon to’g’ri kelayotgan yo’nalishini tanlash va qarshi hujumlarni tashkil qila olishi kerak. Bu mashqlarda golni himoya qilishda o’yin vaziyatlarida to’g’ri joy tanlash uchun taktik harakatlarga doir mashqlardan foydalanishi talab etiladi.
Amaliy mashqlar:
1-mashq. Darvozabon asosiy turish holatida. Erkin otish chizig’ida yettita hujumchi, qolganlari bir-biridan ikki metr masofada himoyada joylashadilar. Darvozabon o’ng tomonga harakatlanadi, hujumchilar darvozaning shu burchagiga to’pni yo’naltiradi. Darvozabon to’pni otish burchaklarini himoyalaydi.
2-mashq. 1-mashq bilan bir xil, faqat chap tomonda harakatlar bajariladi.
3-mashq. To’p bilan o’ynaladigan jismoni harakatga ega mashqlar o’yinchilar darvoza to’g’risida to’radi va murabbiyning signaliga binoan to’pni bittadan o’yinchi otishni amalga oshiradi.
4-mashq. 9 metrli erkin chiziq oldiga bir nechta hujumchilar joylashadilar. Darvozabon o’z darvozasini himoya qilishga kirishadilar. To’pni hujumchilar keskin bir-birlariga uzatishadilar, darvozabon darvoza chizig’ida (o’ngga va chapga) harakat qila boshlaydi. Murabbiyning signaliga binoan, to’p uzatuvchilar darvoza tomon zarba yo’llaydilar.
5-mashq. Darvozabon o’z maydonida joylashadi. Hujumchi to’pni darvozaning pastki burchagiga yo’llaydi, 7 metrdan qaytgan to’plarni oladi. Darvozabon to’pni qaytaradi. Mashq bir necha to’p yo’llaguncha bajariladi.
6-mashq. 5-mashq bilan bir xil, faqat yo’naltirilgan to’p maydoning yuqori burchaklariga.
7-mashq. Darvozabon darvoza chizig’idan 3 metr masofada. Hujumchi 7 metrdan jarima zarbasini amalga oshiradi. Otish paytida darvozabon to’rt metrli chiziqqa borib, to’pni qaytarishni amalga oshiradi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling