4.9. Darvozabon texnikasini takomillashtiruvchi mashqlar Amaliy mashqlar:
1-mashq. Darvozaboning to’pni ushlash va urib qaytarish mashqlarini bajarish ko’rsatmalari tuliq yoritilgan. Mashqlarni bajarishda jismoniy sifatlarga ham alohida etibor qaratish talab etiladi.
2-mashq. Darvozabon devorga qaragan holda tik turadi va devorga to’pni ko’krak qafasi baravarida otadi. Devordan qaytgan to’pni ushlaydi. To’pni devorga otish kuchi ortib boradi. Mashq 2-3 minut davom ettiriladi.
3-mashq. Darvozabon devorga qaragan holda tik turadi va devorga to’pni yon tomondan (нима қилади?). Devordan qaytgan to’pni ushlaydi. To’pni devorga otish kuchi ortib boradi. Mashq takror-takror bajariladi.
4-mashq. Darvozabon devorga qarab tik turadi va bosh ustudan to’pni devorga otadi. Devordan qaytgan to’pni sakrab ushlaydi. To’pni devorga otish kuchi ortib boradi. Mashq takror-takror bajariladi.
5-mashq. Darvozabonning darvoza markazidagi turish asosiy turish holatida joylashadi. Darvoza oldida oldinga orqaga siljish harakatlarini bajarib turadi. Darvozaga uzoq masofadan zarba bilan to’p otiladi. Darvozabon to’pni ushlaydi. Mashq takror-takror bajariladi.
6-mashq. Ikkita darvozabon bir-biriga qarama-qarshi turadi (oraliq masofa 3-6 metr). To’pni bir-biriga turli usullarda: bir va ikki qo’llab uzatadi.
7-mashq. Darvozaning yuqori, pastki qismlari va to’rt burchagiga to’p otish. Darvozabon otilgan to’pni olib yana o’yinchiga qaytaradi. Mashqning boshida to’pni darvozaga otish aniq va to’p tezligi past darajada bo’ladi, asta-sekin to’pni tezligini oshiriladi va darvozabon bilan o’rtadagi masofani ham o’zgartirib boriladi.
8-mashq. Darvozabon darvozada gorizontal holatni egallaydi (egilga holatda) va ikkinchi darvozabon (yoki murabbiy) uni oyoqlari bilan ushlab turadi. Hujumchilar to’pni navbatma-navbat chap va o’ng pastki burchaklarga uloqtiradi va darvozabon qo’llarini tez ko’tarib ularga tegishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |