Budjet nazorati


Download 0.91 Mb.
bet4/13
Sana23.11.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1796327
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Davlat budjeti nazoratini tashkil etish

Moliyaviy nazoratbu davlat tomonidan tashkil etilgan kuzatish tizimi bo’lib unga davlat, mustaqil va jamoa tuzilmalari kiradi. Ular davlat hokimiyati organlari, korxona va tashkilotlar faoliyati samaradorligini, saloxiyati zahiralarini, davlat byudjeti xarajatlarini, qonun va me‘yoriy hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilishadi. Moliyaviy nazorat tizimiga: davlat nazorati, idoraviy nazorat, ichki xo’jalik nazorati, jamoaviy nazorat va mustaqil auditorlik nazorati kiradi.
Davlat nazorati - tuzilmasi bir muncha murakkab bo’lib, Davlat nazoratining subyektlari moliyaviy nazorat o’tkazish huquqiga ega Hisob palatasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, Markaziy bank va boshqalar kiradi. Nazorat obyektlari bo’lib mulk shaklidan qat‘iy nazar barcha korxona va tashkilotlar hisoblanadi.
Idoraviy nazorat – barcha vazirlik va qo’mitalar boshqaruv tuzilmasiga kiruvchi nazorat va taftish bo’limlari yoki ichki audit boshqarmalari hisoblanadi. Bu nazorat bo’g’inining obyektlariga barcha davlat korxona va tashkilotlari yoki 50 foizdan ortiq aksiyalari davlatga tegishshli aksiyadorlik jamiyatlari kiradi.
Mustaqil audit – mustaqil auditorlik firmalari va nodavlat sektori korxonalari hisoblanadi (2- chizma).
Zamonaviy axborot tizimi yangi turdagi nazorat usullarini yaratishni majbur etmoqda. Bular avtomatlashgan dasturiy taminotga ega nazorat usullari bo’lib hozirgi kunda shiddat bilan rivojlanmoqda. Umuman olganda moliyaviy xo’jalik faoliyatini tekshirish usullari aksariyat audit yoki taftishda bir xil ko’rinishni kasb etadi.
Byudjet hisobi va nazoratining predmeti bu byudjet ijrosi jarayonida byudjet mablag’lari va ularni manbalari harakatiga oid iqtisodiy munosabatlar majmuasidir.

  1. Byudjet hisobi va nazorati davlat byudjeti, davlat maqsadli va boshqa byudjetdan tashqari jamg’armalari byudjeti ijrosi bo’yicha yuritiladi va byudjetlar ijrosi holati haqida ma‘lumotlarni shakllanishini ta‘minlaydi. chizma: Moliyaviy nazoratning iqtisodiy subyektlari bo’yicha turlari


12


13
AQSh, Fransiya va Germaniya kabi davlatlarda, agar ichki audit sifatini tekshirish mavjud standartlarga muvofiq amalga oshirilganliginini tasdiqlasa, ichki auditor hisob hujjatlarida ―Ichki audit Xalqaro professional standartlariga muvofiq bajarilmoqda‖, deb qayd qilishi mumkin. Ushbu standartlar va Axloq kodeksi talablari qisman bajarilmasa va mazkur holat amalga oshirilgan ishlar hajmi yoki sifatiga ta‘sir qilsa, bu haqida axborot ichki audit xizmatiga, xo’jalik yurituvchi subyektlarning raxbariyatiga ma‘lumot uchun yetkazilishi kerak4.
Byudjet hisobi va nazoratining uslubiy asoslarini byudjet ijrosi buxgalteriya hisobiga oid qabul qilingan qonuniy hujjatlar tashkil etadi (4-chizma).


Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling