Budjet nazorati
Download 0.91 Mb.
|
Davlat budjeti nazoratini tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Budjet nazoratining shakllari, turlari va usullari hamda nazorat organlarining vakolatlari
- KIRISH
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI SIRTQI FAKULTET “BUDJET NAZORATI” FANIDAN «DAVLAT BUDJETI NAZORATINI TASHKIL ETISH » MAVZUSIDA MUSTAQIL ISHI Bajardi: SST-50 guruh Ibragimova Nigina Qabul qildi: Toshkent-2023 REJA: Kirish 1. Budjet hisobi va nazoratining nazariy asoslari. 2. O’zbekiston Respublikasida budjet hisobi va nazoratini tashkil etish va yuritish. 3.Davlat budjeti ijrosini amalga oshirishda byudjet nazoratining o’rni va ahamiyati 4. Budjet nazoratining shakllari, turlari va usullari hamda nazorat organlarining vakolatlari5. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladigan davlat moliyaviy nazorati. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. KIRISHRespublikamiz mustaqillikka erishgan kundan boshlab barcha sohalarda katta о’zgarishlar го’у berdi. Mamlakatda qisqa vaqt mobaynida bozor munosabatlarining qaror topishi va rivojlanishi uchun obyektiv ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va siyosiy shart-sharoitlar yaratildi. Iqtisodiyotning hozirgi integratsiyalashuvi va globallashuvi kuchayib borayotgan bir davrda davlat sektorida byudjet tizimi byudjetlari ijrosini ta‘minlashda byudjet hisobi va nazoratini xalqaro standartlarga mos holda yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan 2022-2026-yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning yettita ustuvor yo’nalishi bo’yicha taraqqiyot strategiyasi tasdiqlandi. Ushbu Taraqqiyot strategiyasidagi oliy maqsadlarni ro’yobga chiqarish maqsadida barcha sohalarga qaratilayotgan e‘tibor singari davlat moliyasini boshqarishda xorijiy tajribalardan foydalanib innovatsion usullarni joriy qilish orqali sohani yanada rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Jumladan, ―Xarajatlarning ijtimoiy yo’naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta‘minlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish hamda ilg’or xalqaro tajribada qo’llaniladigan vositalardan foydalangan holda moliya 1 vazifalari qo’yilgan. siyosatini yanada takomillashtirish‖ 2022 yildan boshlab, ―O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarining samaradorligini oshirish, byudjet qonunchiligi buzilishining profilaktikasini kuchaytirish va masofaviy moliyaviy nazoratni kengaytirish, shuningdek, davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida -- Hisob palatasi, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlariga birinchi navbatda byudjet qonunchiligi buzilishining profilaktikasiga alohida e‘tibor qaratish, jumladan: byudjet tashkilotlarida ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlarning to’g’ri hisoblanishi, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan obyektlarda amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini monitoring qilish va ularda nazorat tadbirlarini o’tkazish, byudjet tizimi byudjetlaridan to’lanayotgan subsidiyalarning manzilliligini va samaradorligini baholash, davlat xaridlarida qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishini nazorat qilish, davlat qarzi va grantlar hisobiga amalga oshirilayotgan loyihalarning natijadorligini o’rganish vazifalari yuklatildi. ―Moliya vazirligi, Hisob palatasi hamda Bosh prokuraturaning Moliya vazirligi tarkibidagi Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari negizida Moliya vazirligi huzurida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tashkil etildi. Moliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ―Elektron nazoratchi-taftishchi‖ dasturiy majmuasini quyidagi bosqichlarda: birinchi bosqichda — 2022-yil 1-sentabrga qadar vazirlik va idoralar bilan real vaqt rejimida axborot almashinuvi orqali byudjet qonunchiligini buzish xavfini tahlil qilish maqsadida Moliya vazirligining moliyaviy nazorat ma‘lumotlari bazasini ishga tushirish; ikkinchi bosqichda — 2023-yil 1-yanvarga qadar davlat moliyaviy nazorati obyektining muayyan davr uchun ayrim masalalar bo’yicha faoliyatini nazorat qilish (mavzuli nazorat) modulini yaratish belgilandi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling