Budjet nazorati


Qonunchilik tizimiga qat‘iy amal qilish


Download 0.91 Mb.
bet7/13
Sana23.11.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1796327
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Davlat budjeti nazoratini tashkil etish

1. Qonunchilik tizimiga qat‘iy amal qilish. Bunda, byudjet hisobini yuritish va belgilangan vazifalarni bajarish bilan bog’liq barcha faoliyat davlat tomonidan qat‘iy tizimlashtirilganligi, yoki byudjet hisobining ―har bir qadami‖ qat‘iy qonunchilik bilan tartibga solinganligidir. Jumladan, byudjetdan mablag’ bilan ta‘minlanish tartibi, ish haqi fondini tashkil qilinishi va sarflanishi, byudjetdan tashqari mablag’lar jamg’armasini tashkil qilish, ularning me‘yorlari va sarflash yo’nalishlari, byudjet tashkilotlariga biriktirilgan molmulklardan foydalanish maqsadi, tartibi va boshqalarni har birini aniq qonunchilik bilan belgilanganligidir.


6-chizma. Byudjet hisobida nazoratni tashkil etishda hisobga olinuvchi asosiy omillar6
Masalan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi ―Byudjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta‘minlash tartibini takomillashtirish to’g’risida‖gi 414-sonli qaroriga (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 26 apreldagi 122-sonli qaroriga asosan qayta tahrirlangan) muvofiq byudjet tashkilotlarini byudjetdan mablag’ bilan ta‘minlash tartibi belgilab berilgan. Shuningdek, byudjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg’armasini tashkil topish yo’nalishlari, mablag’larni avvalo, mavjud kreditorlik qarzlarni qoplashga yo’naltirilishi (tovar, ish va xizmatlarning tannarxi qoplangandan so’ng), qolgan qismi esa, kamida 75 foizi tashkilotning moddiy texnika bazasini mustahkamlashga, ko’pi bilan 25 foizi esa, xodimlarni moddiy rag’batlantirish tadbirlariga sarflanishi belgilangan.
Bu esa, albatta byudjet tashkilotlari tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobotlarda mazkur qaror ijrosini nazorat qilish uchun kerakli axborotlar mavjud bo’lishi shartligi zarur qilib qo’yadi.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 8 apreldagi
102- son ―Davlat mulkini ijaraga berish tartibini yanada takomillashtirish to’g’risida‖gi qaroriga muvofiq byudjet tashkilotlarining asosiy vositalari davlat mulkini ijaraga berish markazlari ishtirokida ijaraga berilish lozimligi, tushgan mablag’lar esa, tegishli byudjet, ushbu markaz va byudjet tashkiloti o’rtasida mazkur qaror bilan belgilangan tartibda taqsimlanishi nazarda tutilgan va x.k..
Albatta bularning hammasi byudjet tashkilotlari tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobotlarda mazkur qonunchilik ijrosini nazorat qilish uchun kerakli axborotlar mavjud bo’lishi shartligi zarur qilib qo’yyadi, shuningdek buxgalteriya hisobini yuritishda ham o’z aksini topadi.


  1. Download 0.91 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling