O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2023 yil 3 apreldagi
20-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 martdagi “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi PF-45-son Farmoni hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2023 yil 3 apreldagi 20-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida, buyuraman:
1. Sirdaryo viloyat axborot-kutubxona markazi direktor o‘rinbosarlari (Uralova, Takaboyev), bosh hisobchi (Tashtanov) hamda tuman(shahar) axborot-kutubxona markazlari direktorlariga:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 martdagi PF-45-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2023 yil 3 apreldagi 20-sonli buyrug‘i rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Mazkur Farmon va buyruqqa muvofiq 2023 yilning 1 mayidan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 7 foizga oshirilganligi, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 980 000 so‘m, bazaviy hisoblash miqdori – oyiga 330 000 so‘m belgilanganligi inobatga olinsin.
3. Sirdaryo viloyat axborot-kutubxona markazi direktor o‘rinbosari (Takaboyev), bosh hisobchi (Tashtanov), hamda tuman(shahar) axborot-kutubxona markazlari direktorlari belgilangan tartibda Farmon talablaridan kelib chiqib, o‘zlarining shtatlar jadvaliga va pulli xizmat ko‘rsatish preyskurantlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini ta’minlansinlar.
4. Ushbu buyruq Viloyat axborot-kutubxona markazining barcha xizmat rahbarlari, sektor mudutlariga va mutaxassis xodimlariga hamda tuman(shahar) axborot-kutubxona markazlariga yetkazilsin.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.
Direktor A.Baymatov
Guliston sh.
2023 yil “_____” aprel
______- son
Tayyorladi:
Bosh hisobchi M.Tashtanov
Kelishildi:
Axborot-kutubxona ishlari bo‘yicha
direktor o‘rinbosari v.v.b. L.Uralova
Axborot texnologiyalari va innovatsiyalarni
joriy etish bo‘yicha direktor o‘rinbosari T.Takaboev
Tanishdilar:
Barcha xizmat rahbarlari va sector mudirlari
Yuristkonsult S.Xodjanazarov
Do'stlaringiz bilan baham: |