Budjet nazorati


Smeta ijrosi (rejalashtirish)ga qat‘iy amal qilish


Download 0.91 Mb.
bet8/13
Sana18.02.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1210903
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Davlat budjeti nazoratini tashkil etish

Smeta ijrosi (rejalashtirish)ga qat‘iy amal qilish. Ma‘lumki, byudjet tashkilotlarini byudjetdan mablag’ bilan ta‘minlash, ularning byudjetdan tashqari daromalari va xarajatlari, shuningdek mazkur mablag’lardan foydalanish qat‘iy rejalashtirilgan holda tuzilgan xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi. Bu esa, buxgalteriya hisobini asosiy funktsiyalaridan biri bo’lgan nazorat yordamida byudjet hisobining oldiga xarajatlar smetasi ijrosini nazorat qilish vazifasini yuklaydi. Bundan tashqari byudjet tashkilotlari tomonidan tuzilayotgan hisobotlarga byudjet tashkilotining kelasi moliya yili uchun byudjetdan mablag’larni rejalashtirishda zarur bo’ladigan moliyaviy axborotlar olish imkonini beruvchi ma‘lumotlarni berish vazifasini ham yuklaydi.

  • Hisob ishlari byudjet tasnifi bilan bog’lanishi. Mazkur omil shuni anglatadiki, byudjet tashkilotlari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritish, hisobotlarni tuzish qat‘iy ravishda byudjet tasnifiga bog’langan holda olib borilishi lozim. Aks holda byudjet ijrosi ma‘lumotlarini dastlabki rejalashtirish (smeta) ko’rsatkichlari bilan solishtirish imkoni yo’qoladi. Shuning uchun ham byudjet tashkilotlari tomonidan byudjet hamda byudjetdan tashqari mablag’larni ijrosi jarayonida byudjet tasnifi albatta qo’llaniladi, shuningdek ko’pgina hisobotlar shakllarida byudjet tasnifi albatta aks ettirilgan.

  • Byudjet jarayonida g’aznachilik organlarining nazorati. Ma‘lumki, byudjet jarayoni davlat byudjeti loyihasini tuzish, uni ijrosini ta‘minlash va nazorat qilish, shuningdek byudjet ijrosini muntazam tahlil qilish bilan bog’liq kompleks chora- tadbirlarni amalga oshirishni o’z ichiga oladi.

    Bu esa, byudjet ijrosi bilan bog’liq ma‘lumotlarni (axborotlarni) jamlash, tahlil qilish va nazoratga olishning yaxlit tizimini yaratish zaruriyatini vujudga keltiradi. Ya‘ni, har bir byudjet tashkiloti tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobotlarning albatta jamlanishi, ularning tizimli tahlil qilinishi va nazoratga olinishi byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlarni tuzish jarayonida bevosita o’zini ta‘sirini ko’rsatadi. Davlat byudjetining g’aznachilik ijrosi mexanizmini joriy qilinishi, ya‘ni barcha byudjet tashkilotlarining byudjet va byudjetdan tashqari mablag’larini g’azna hisobvaraqlarida jamlanishi, byudjet tashkilotlari tomonidan g’aznachilik bo’linmalari orqali to’lovlarini amalga oshirilishi ham byudjet tashkilotlarida o’ziga xos hususiyatlarga ega bo’lgan buxgalteriya hisobi tizimini yaratish lozimligini shart qilib qo’yadi.



    Download 0.91 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling