Budjet tashk


Download 0.69 Mb.
bet1/5
Sana07.02.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1174527
  1   2   3   4   5
Bog'liq
debitor va kreditor nazorat


Budjet tashkilotlarida debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobining nazorati


Reja:

  1. Debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobi nazoratining maqsadi, vazifalar va manbalari

  2. . Debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlarni analitik va sintetik hisobining nazorati

  3. Debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar inventarizatsiyasini tashkil qilish va o’tkazish



1. Debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobi nazoratining maqsadi, vazifalar va manbalari


Budjet tashkilotlari o’z faoliyati davomida boshqa korxona va tashkilotlar,

ya’ni: mol etkazib beruvchilar va pudratchilar, xaridorlar va buyurtmachilar, turli debitorlar va kreditorlar, soliklar bo’yicha budjet, budjetdan tashqari jamg’armalar, hodimlar, stipendiya oluvchilar, ta’lim muassasalarida bolalarni saqlaganlik uchun ularning ota-onalari, shuningdek, boshqa debetor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Budjet tashkilotlari hisob-kitoblarni naqd pulsiz hisob-kitob tartibi bilan bir qatorda, naqd pul aylanishi yo’li bilan, agar markazlashgan tizim ichidagi hisob-kitoblar mavjud bo’lsa - o’zaro hisob-kitoblar tariqasida amalga oshiradilar. Hisob-kitoblar holati yuzasidan oqilona nazoratni tashkil etish hisob-kitob va shartnomaviy intizomni mustaxqkamlashga, debitorlik va kreditorlik qarzlarni kamaytirishga imkoniyat yaratadi, aylanma mablag’larning to’g’ri aylanishni ta’minlaydi va shu orqali tashkilot moliyaviy holatini yaxshilash imkoniyatini yaratadi.
Debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar nazoratining maqsadi - hisob-kitobni to’g’ri yuritilishini baholash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini qonuniy vujudga kelganligi, ularning qoplanishini haqqoniyligi va ishonchliligini aniqlashdan iborat.
Debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar nazoratining asosiy manbasi bo’lib quyidagi birlamchi hujjatlar (yuk xati, bajrilgan ishlarni qabul qilish topshirish dalolatnomalari, buxgalteriya ma’lumotnomalari, to’lov-topshiriqnomasi va boshqalar), buxgalteriya hisobi registrlari (6-memorial order 408-son shakl, turli tashkilotlar va muassasalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo’yicha aylmanma qaydnoma 285-shakl, 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftari, 308-son shakldagi bosh jurnal kitobi) hamda hisobot shakllari hisoblanadi. Ushbu xujjatlar aylanishini tekshirish uchun quyidagi sxemadan foydalanish mumkin. (1-chizma).



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling