Budjet tashkilotlarini budjetdan tashqari jamg’armalari hisobi fanining predmeti nimani o’rgatadi?


Download 106.5 Kb.
bet1/9
Sana08.01.2022
Hajmi106.5 Kb.
#250946
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BHN-1. Hasanov Feruz


MAVZU BO‘YICHA TOPSHIRIQLARGA JAVOBLAR


  1. Budjet tashkilotlarini budjetdan tashqari jamg’armalari hisobi fanining predmeti nimani o’rgatadi?

Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg’armalari –qonun hujjatlarida nazarda tutilgan manbalar hisobidan budjet tashkiloti tasarrufiga kelib tushadigan mablag’lar.

Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg’armalari hisobining predmeti - budjet ijrosi jarayonida budjetdan tashqari jamg’armalar mablag’lari va ularni tashkil topish manbalari harakatiga oid iqtisodiy munosabatlar majmuasidir.

Budjetdan tashqari jamg’armalar hisobining ob’ektlari bo’lib, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg’armalar daromadlari va xarajatlari, pul mablag’lari, aylanma kassa mablag’lari, moliyaviy, nomoliyaviy aktivlari, majburiyatlari va moliyaviy natijalari hisoblanadi.

Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg’armalar daromadlari – bu tashkilotning faoliyat ixtisosligi bo’yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan, balansida bo’sh turgan binolarni ijaraga berishdan, homiylikdan va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq olgan pul mablag’laridir.

Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg’armalari bo’yicha xarajatlari – tashkilotning qonun hujjatlariga muvofiq budjetdan tashqari xarajatlar smetasi doirasida xarajatlar iqtisodiy tavsifi bo’yicha amalga oshiriladi.




Download 106.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling