Budjetdan tashqari mablag'lar daromadlar va xarajatlar smetasini tuzish va ular ijrosi hisobining hususiyatlari


Budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasini tuzish va ular ijrosi hisobining hususiyatlari


Download 53.77 Kb.
bet2/2
Sana02.12.2023
Hajmi53.77 Kb.
#1779736
1   2
Bog'liq
Budjetdan tashqari mablag\'lar daromadlar va xarajatlar

Budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasini tuzish va ular ijrosi hisobining hususiyatlari.


  • Tashkilotlar belgilangan shaklda budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetani har yili tuzadilar va tasdiqlaydilar. Bunda, tashkilotlar budjetdan tashqari mablag‘lar tushumlarini va xarajatlarini rejalashtirishni qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradilar.

Tashkilotlar quyidagi budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalarni tuzadilar:

  • Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi;
    - Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi;
    - ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidantushumlar;
    - qonunchilikda belgilangan boshqa barcha budjetdan tashqari mablag‘lar, jumladan, vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga yo‘naltirilayotgan davlatbojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlardan, ma’muriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar.

  • Budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha, Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi va Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi bundan mustasno, smetalar tegishli moliya organlarida xarajatlar smetasi uchun belgilangan muddatlarda va tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
    Budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalarnituzish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash tashkilotlarning xarajatlar smetasi uchun yuqorida aytib o‘tilgan Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
    Budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetada budjetdan tashqari mablag‘lar tushumlarining hajmi va ushbu mablag‘lardan foydalanish yo‘nalishlari qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
    Budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalarning daromad qismiga budjetdan tashqari mablag‘larning qonunchilikka muvofiq barcha shakllanish manbaalari bo‘yicha kutilayotgan mablag‘lar tushumi va moliya yilining boshiga mablag‘lar qoldig‘i kiritiladi.



  • Qonunchilikka muvofiq budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalar hisobidan xodimlar birliklari saqlangan hollarda, smetaga shtatlar jadvali ilova qilinadi. Bunda, ro‘yxatdan o‘tkaziladigan budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smeta bilan birga shtatlar jadvali ham ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim qilinadi. Tashkilotlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasivashtatlarjadvali, shuningdek amaldagi xarajatlar smetasi va shtatlar jadvaliga kiritiladigan o‘zgartirishlar ular moliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng amalga kiritiladi.
    Tashkilotlarning tasdiqlangan smetasi va shtatlar jadvalini ro‘yxatdan o‘tkazish mazkur tashkilotni moliyalashtirish amalga oshiriladigan tegishli budjetning parametrlari tasdiqlangan paytdan boshlab qirq kundan kechiktirmay (ammo, moliya yilining 10 fevralidan kechikmagan holda) tegishli moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.

  • Moliya organlarining rahbarlari, qaramog‘ida quyi tashkilotlari bor bo‘lgan yuqori tashkilotlar rahbarlari bilankelishganholda, har bir tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlarini belgilangan muddatda ro‘yxatga olishni butunlay tugatishni hisobga olgan holda belgilaydilar.
    Xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini, shuningdek budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smeta va vaqtinchalik xarajatlar smetasini ro‘yxatdan o‘tkazish quyidagicha amalga oshiriladi:
    -O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti tasarrufidagi tashkilotlar – O‘zbekiston Respublikasi Moliyavazirligida;
    -Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar budjeti va Toshkent shahrining shahar budjeti tasarrufidagi tashkilotlar – Qoraqalpog‘iston RespublikasiMoliyavazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalarida;
    -shaharlar va tumanlar budjeti tasarrufidagi tashkilotlar – shaharlar va tumanlar moliya bo‘limlarida.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:


1. Albassam, B. A. (2020). A model for assessing the efficiency of government
expenditure. Cogent Economics & Finance, 8(1), 1823065.
2. Ivanovich, K. K. Public Debt And Its Place In The Macroeconomic Policy Of The
Republic Of Uzbekistan. EPRA International Journal of Multidisciplinary Research
(IJMR), 15, 157.
3. Khasiani, K., Koshima, Y., Mfombouot, A., & Singh, A. (2020). Budget execution
controls to mitigate corruption risk in pandemic spending. Fiscal Affairs, 1-9.
4. Kurpayanidi, K. I. (2020). On the problem of macroeconomic analysis and
forecasting of the economy. ISJ Theoretical & Applied Science, 03 (83), 1-6. Doi:
https://dx.doi.org/10.15863/TAS.2020.03.83.1
5. Mukhsinova, S. O. (2021). The problem of optimal distribution of economic
resources. ISJ Theoretical & Applied Science, 01 (93), 14-22. Soi: http://s-o-
i.org/1.1/TAS-01-93-3 Doi: https://dx.doi.org/10.15863/TAS.2021.01.93.3
Download 53.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling