5. Kationlar birikmalarining biologik ahamiyati
Birinchi analitik guruh kationlarining birikmalari muxim biologik ahamiyatga ega. Ularning xlorid, nitrat, sulfat va qarbonat tuzlari tuprokdan suvga tez o’tadi. Shurlangan tuprok tarkibida xususan NaCI , Na2SO4 va NaHCO3 tuzlari kup miqdorda uchraydi.
O’simliklar uchun eng xavflisi NaHCO3 tuzidir. К+ hamda NH+4 kationlari mineral o’g’itlar tarkibiga kiradi. O’simlik kaliysiz o’sa olmaydi. Bu kationlar NH4H2PO4 , (NH4)2HPO4, (NH4)3PO4, NH4NO3, (NH4)2SO4, KNO3, KCI va K2SO4 tuzlari holida o’g’it sifatida ishlatiladi.
Magniy kationi o’simliklardagi yashil pigment xlorofill zarrachalar tarkibida uchraydi.
Tirik organizmda ovkat xazm qilish, nafas olish nerv impulslarini o’zatish Na+ va К+ ionlari ishtirokida boradi. Mollarning ozuqlariga NaCI qo’shib beriladi. Uning 0,9% li eritmasi meditsinada fiziologik eritma sifatida ishlatiladi.
NaHCO3 va МgO oshqozon shirasidagi ortiqcha Kislotalikni neytrallash uchun ishlatiladi.
Natriy sulfat Na2SO4 10H2O surgi dori sifatida ishlatiladi.
Ammiakning suvdagi 10 % li eritmasi «novshadil spirt» nomi bilan ma‘lum. Ammoniy tuzlari va ammiak tabiatda oksil moddalarining chirishidan hosil bo’ladi. Ularning ferma binolarida, suv xavzalarida paydo bo’lishiga va miqdoriga qarab ifloslanish darajasi aniklanadi.
6. Sifat analizida ishtirok etuvchi oksidlovchi va
qaytaruvchilar.
Kimyoviy analizda ishtirok etuvchi muxim oksidlovchilardan galogenlar (xlor, brom, yod) galogenlarni kislorod va Kislotalari va ularning tuzlari nitrat Kislota va uning tuzlari, kaliy permanganat КмnO4 , kaliy bixromat К2Сr2O7, vodorod peroksid Н2О2 va uning tuzlari shular jumlasidandir.
Muxim qaytaruvchilar sifatida turli xil metallar (alyuminiy, temir, rux, kadmiy, ko’rgoshin va shunga uxshashlar) qo’llaniladi. Vodorod sulfid kuchli qaytaruvchidir. Kuchli qaytaruvchilar sifatida yana organik Kislotalar va ularning tuzlari, spirtlar, aldegidlar, ketonlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |