Bufer eritmalarning pH ini hisoblash Bufer siģimi


Download 249.48 Kb.
bet2/4
Sana23.04.2023
Hajmi249.48 Kb.
#1392201
1   2   3   4
Bog'liq
Bufer eritmalar (1)

Bufer eritmalar
Analitik kimyoda ayrim tajribalarni, ayniqsa, tekshiriladigan eritmadan ionlarni cho’ktirishda, eritmadagi vodorod ionlari konsentraciyasi aniq va doimiy bo’lishi kerak. Shuning uchun analiz jarayoni [H+] ionlari koncentraciyasini doimiy saqlab turuvchi bufer eritmalar (boshqaruvchilar) ishlatiladi. Eritma suyultirilganda yoki eritmaga oz miqdorda kuchli kislota (yoki ishqor) qo’shilganda ham pH qiymati o’zgarmaydigan kuchsiz kislota va uning tuzidan yoki kuchsiz asos va uning tuzi aralashmalaridan, shuningdek ko’p asosli kislota tuzlari aralashmalaridan iborat bo’lgan eritmalar bufer eritmalar deyiladi. Bufer eritmalar (inglizcha buffer – “buf” so’zidan olingan bo’lib, zarbani yengillash degan ma’noni bildiradi).Bufer eritmalarga quyidagi aralashmalar kiradi:
HCOONa + HCOOH,
CH3COOH + CH3COONa,
NH4OH + NH4Cl,
Na2HPO4 + NaH2PO4 va boshqalar.
Bufer eritmalarning bufer ta`siri qo’shiladigan kislota yoki ishqorni Н+ yoki ОН- ionlarini bog’lab, kuchsiz elektrolit hosil qilishiga asoslangan. Masalan, agar acetatli СН3СООН + СН3СООNa bufer eritmaga kislota qo’shilsa, quyidagicha reaksiya boradi:

Birinchi holda, kuchli kislota o’rniga kuchsiz kislota sirka kislota, ikkinchi holda esa sirka kislotaning Н+ kationi ishqorning ОН- anionini bog’lab dissocilanmaydigan Н2О molekulasini hosil qiladi.
Shuningdek, ammiakli bufer eritmalarning bufer ta`sirini quyidagi reakciyalar yordamida tushuntirish mumkin. Bufer eritmaga kuchli kislota, masalan, HCl ta`sir ettirilsa, suv va tuz hosil bo’ladi.



Download 249.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling