Bufer eritmalarning pH ini hisoblash Bufer siģimi


Ayrim moddalarning bufer eritmalari


Download 249.48 Kb.
bet3/4
Sana23.04.2023
Hajmi249.48 Kb.
#1392201
1   2   3   4
Bog'liq
Bufer eritmalar (1)

Ayrim moddalarning bufer eritmalari

Modda

pH

0,05M kaliy tetraoksalat digidrat eritmasi
(KH3C4H4O8∙2H2O; M.m. 254,19)

1,679 (25 °C)

Kaliy gidrotartratning to’yingan eritmasi (≈ 0,025M)
(KHC4H4O6; M.m. 188,178)

3,567 (25 °C)

0,05M kaliy digidrotsitrat
(KH2C6H5O7; M.m. 230,215)

3,776 (25 °C)

0,05M kaliy gidroftalat eritmasi
(KHC8H4O4; M.m. 204,223)

4,008 (25 °C)

Piperazin fosfatning to’yingan eritmasi* (≈ 0,065M)
(C4H12N2HPO4∙H2O; M.m. 202,147)

6,36 (16 °C);
6,34 (18 °C)

0,05M natriy tetraborat eritmasi
(Na2B4O7∙10H2O; M.m. 381,372)

9,18 (25 °C);
9,07 (38 °C)

Eng ko’p ishlatiladigan buffer aralashmalar quyidagilar;

Aralashmaning nomi

Tarkibi

рН

1.Formiatli.

Chumoli kislota НСООН bilan natriy formiat НСООNa aralashmasi.

3,8

2.Benzoatli.

Benzol kislota С6Н5СООН bilan natriy benzoat С6Н5ООNa aralashmasi.

4,2

3.Asetatli.

Sirka kislota СН3СООН bilan natriy asetat СН3СОО Na aralashmasi.

4,8

4.Ammoniyli.

Ammiak NH4ОН bilan ammoniy xlorid NH4Cl aralashmasi.

9,2

5.Fosfatli.

Natriy digidrofosfat NaH2РОbilan natriy gidrofosfat Na2НРОaralashmasi.

6,6

Yuqоridagi kеltirilgan ma’lumоtlardan kеlib chiqqan hоlda amaliyotda bufеr eritmalar tarkibidagi kuchsiz kislоta va uning tuzi, kuchsiz asоs va uning tuzi kоntsеntratsiyalarini maqbul tarzda o’zgartirib, kеrakli pH qiymatiga ega bo’lgan bufеr eritmalar hоsil qilish mumkin.
Bufer eritmalarning vodorod ko’rsatkichi bir necha xil usullarda o’lchanishi mumkin: kolorimetrik, konduktometrik va potensiametrik.
Potensiametrik usulda pHni elektrodlardan biri (indikator bo’lib xizmat qiluvchi) vodorod ionlariga nisbatan qaytar bo’lgan, ikkinchisi esa o’rganilayotgan eritmaning xossalariga bog’liq bo’lmagan o’zgarmas potensialga ega bo’lgan galvanik element yordamida aniqlanadi.
Demak, bufer eritma ma`lum miqdorgacha kislota yoki ishqor qo’shilganda ham o’zining pH qiymatini saqlab qoladi.
Bufer eritmalar bufer sig’imi bilan harakterlanadi. Bufer eritmaning pH ini ko’pi bilan bir-birlikka o’zgartirish uchun unga qo’shish mumkin bo’lgan muayyan konsentrasiyali (mol/l yoki g-ekv/l bilan ifodalangan) kuchli kislota yoki ishqorning eng ko’p miqdori bufer sig’imi deyiladi.
Bufer eritmalardan analizda foydalanishda quyidagilarni hisobga olish kerak:
1. Har qanday bufer eritma kislota yoki ishqor qo’shilganda pH ning doimiyligini saqlab turuvchi muayyan bufer sig’imiga ega bo’ladi.
2. Bufer eritmadagi komponentlarning konsentrasiyasi qancha katta bo’lsa, bufer sig’imi shuncha katta bo’ladi.
Masalan: 1 l HCI yoki ishqor 1 l ammoniyli bufer eritmaga qo’shilganda, o’zgargan pH ning qiymati 1-jadvalda keltirilgan.
1-Jadval

Qo’shilgan
NaOH mol/l

Ammiakli bufer eritma рН n

Qo’shilgan
HCl mol/l

Ammiakli bufer eritma
рН n

0,1 n

1 n

0,1 n

1 n

0,01
0,10
1.00

9,33
11,12
13,65

0,25
9,33
9,72

0,01
0,10
1,00

9,16
5,12
0,35

9,24
9,16
4,62

3. Tarkibida bir hil konsentrasiyali kuchsiz kislota va uning tuzi yoki kuchsiz asos va uning tuzi bo’lgan eritmaning bufer sig’imi eng yuqori bo’ladi.


4. Bufer eritmaga kislota yoki ishqor qo’shilgan sari eritmaning pH o’zgarishiga turg’unligi kamayib boradi.
Masalan: 1 l 0,1 n asetatli bufer eritmaga HCI yoki NaOH qo’shilganda рН ning (o’rtacha) o’zgarishi quyidagicha bo’ladi:
0,00 - 0,02 mol HCI yoki NaOH - 0,085 рН birligi
0,02 - 0,05 mоl HCI yoki NaOH - 0,10 рН birligi
0,05 - 0,10 mоl HCI yoki NaOH - 0,28 рН birligi
Kimyoviy analizda ishlatiladigan bufer eritmalarning pH qiymatini nazariy hisoblash mumkin. Kuchsiz kislota va uning tuzi aralashmasidan iborat bufer eritmadagi [H+] - ionlarining konsentrasiyasi
Bufer eritmalar kimyoviy analizda keng ishlatiladi, ayniqsa, reaksiyani aniq bir pH qiymatida olib borishda.
Masalan:
1) ammiakli bufer eritma (NH4OH + NH4Cl, pH = 9,2) II guruh kationlarini guruh reagenti ta`sirida cho’ktirishda;
2) Ba2+, Sr2+, Ca2+ ionlarini Mg2+ ionidan ajratishda;
3) Ba2+ ionini ионини K2Cr2O7 bilan cho’ktirishda ;
4) III guruh kationlarini cho’ktirishda va Al3+, Cr3+ ionlarini gidroksidlar ko’rinishida ajratishda;
5) formiatli bufer eritma (HCOOH + HCOONa pH  2). Zn2+ ionini Co2+, Ni2+, Mn2+, Fe2+, Fe3+, Al3+, Cr3+ ionlari bilan birgalikda sulfidlar holida cho’ktirib, ajratishda;
6) fosfatli bufer eritma (Na2HPO4 + NaH2PO4 pH 8) oksidlanish - qaytarilish reaksiyalarini bajarishda.

Download 249.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling