Bug‘-gaz qurilmalarining vazifalari. Reja: Bug’-gaz qurilmalarini yaratilishi Issiqlik energetikasi


Download 14.73 Kb.
bet2/2
Sana18.06.2023
Hajmi14.73 Kb.
#1594209
1   2
Bog'liq
2 – Ma‘ruza. Bug‘ va gaz turbinalarida sodir bo‘ladigan termodin

Issiqlik energetikasi tarixida bug' va gaz turbinali qurilmalar, hamda ularning termodinamik qikllari o'rtasida o'ziga xos musobaqa borganligini kuzatish mumkin. Muqobil texnologiyalar mavjud bo'lmaganligi sababli avvaliga yonish mahsulotlaridan ish jismi sifatida foydalanilmagan va suv bug'iga, faqat, oraliq ish jismi deb qarab kelingan. Gfz va bug' turbinali sikllarni parallel rivojlanishi ularni antagonizmiga olib kelmagan, balki, ularning foydali tomonlaridan maksimal foydalanish maqsadida kombinasion bug'-gaz qurilmasi (BGQ) yaratilgan. Unga ko'ra, GTQ larning chiqish gazlari issiqligidan to'liq bug' qismida fodalanish hisobiga Brayton-Renkin sikli hosil qilingan va BGQning samaradorligi orttirilgan.
20 asr boshlarida Rossiyada P.D. Kuzminskiy va A.N. Lojkinlar, Germaniyada Xolsvart va Shyulelar, Shveysariyada “Broun-Boveri” firmasi mutaxassislari tomonidan BGQning tajriba sinov nusxalari tayyorlandi va muvaffaqiyatli sinaldi.
20 asrning 60 yyda, BGQlardan foydalanish dunyo miqyosida keskin ko'tarilish fasliga yuz burdi (AQSh – General Electric, Westinghaus; Shveysariya-Shvesiya – ABB; Germaniya – Siemens; Buyuk Britaniya – Alstom va boshq.). kondensasion rejimda elektr energiyasi ishlab chiqarishda fik i 50-60 % bo'lgan BGQ 5 dan 700 MVt gacha quvvat ko'rsatkichiga erishadi.
BGQlarda ish jismiga (gazga) issiqlik organik yoqilg'ilarning yuqori haroratli yonish mahsulotlaridan beriladi, uning issiqligi suv bug'larining kondensasiyalanish jarayonida chiqarib yuboriladi. Karno ideal qaytar sikliga asoslangan BGQ larda gaz qismidan issiqlik chiqazilishining izobarik jarayoni bug' qismiga issiqlik berilishining izobarik jarayoniga juda yaqin keladi. Ish jismi miqdorining aniq tanlanganligi, o'ta kritik parametrli bug'dan foydalanilganligi gaz va bug'li ish jismlarining Karno qaytar sikliga mos ideal siklga erishish imkonini beradi (1-rasm).

1-rasm. Ikkita ish jismidan foydalanilganda Karno qaytar siklining T-s, d koordinatalarida tasvirlanishi.
Download 14.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling