Bug'doydoshlar (boshoqdoshlar) (roaseaye) (gramineae) oilasi
Bug`doydoshlar oilasi 3 ta oilachaga bo`linadi
Download 190.5 Kb.
|
Bug\'doydoshlar (boshoqdoshlar) (roaseaye) (gramineae) oilasi
Bug`doydoshlar oilasi 3 ta oilachaga bo`linadi:
1. Bambukdoshchalar-Bambusoideae 2. Tariqdoshchalar-Panicoideae 3. Qo`ng`irboshdoshchalar-Poaideae 1. Bambukdoshchalar oilachasining vakillari yirik, ko`p yillik poyasi yog`ochlangan daraxtsimon yoki butasimon o`simliklar. Ular tropik va subtropik mintaqalarda tarqalgan. 2. Tariqdoshchalar oilachasining vakillari bir yillik va ko`p yillik o`t o`simliklardir. Oddiy boshoqchalari bir gulli, ba`zan ikki gulli, bittasi bir jinsli erkak gul, ikkinchisi ikki jinsli gul. Gul fomulasi: Makkajuxori ♂ P0 A3 G0; ♀ P0 A0 G(2) Oilachaning vakillaridan O`rta Osiyoda bir nechta madaniy va yovvoyi turlari uchraydi. Madaniy turlari: Makkajo`xori (Zea mays) Jo`xori (Sorghum vulgare), Sholi (Oryza sativa), Suli (Avena sativa), Tariq (Panicum miliaceum). YOvvoyi turlaridan: Ajriq (Cynodon dactylon), Oq so`xta (Dactylis glomerata), Chalov (Stipa capillata) va boshqalar. 4. Qo`ng`irboshdoshchalar oilachasi vakillarining boshoqcha tangachabargi 2 ta. Boshoqchasi bir yoki ko`p gulli bo`ladi. 5. Gul formulasi: Bug`doy
Oilacha vakillari: Bahorgi bug`doy (Triticum durum), Kuzgi bug`doy (T. aestivum), Arpa (Hordeum vulgare). YOvvoyi turlaridan Piyozli qo`ng`irbosh (Poa bulbosa), maysazor betagasi (Festuca pratensis)Yaltirbosh (Bromus tectorum), Ko`p yillik mastak (Lolium perenne), TSlindrsimon asmaldoq (Aegilops cylindrica) va boshqalar. Ahamiyati: Bu oila o`simliklari insonlar hayotida muhim ahamiyatga egaligi bilan boshqa oilalardan alohida ajralib turadi. Chunki, bu o`simliklarning urug`ini tarkibida 50-75% kraxmal, 20% oqsil, yog`, mineral moddalar va vitaminlar bor. Oila vakillari nafaqat oziq-ovqat, balki chorvachilikda muhim ahamiyatga ega bo`lgan em-xashak o`simliklari va hiyobonlarda manzara beruvchi o`simliklar ham hisoblanadi.
Oila vakillari: Kokos palmasi (Cocos nucifera). Poyasi silliq, bo`yi 30 metrga etib boradi. Barglari patsimon, yovvoyi holda Tinch va Xind okeanlarinning qirg`oqlarida va orollarda o`sadi. Xurmo yoki finik palmasi (Phoenix dactylifera). Bu o`simlik Arabistonda, eronda, kichik Osiyoda, Shimoliy Amerikaning janubiy qirg`oqlarida ko`plab ekiladi. Finik palmasining 1000 dan ortiq navlari ma`lum. Yog` palmasi (Elaeis gulineensis). Bu o`simlik ko`plab Afrikada ekib o`stiriladi. Bu erdan tashg`qari Indoneziya va Gvenyada keng tarqalgan. Ahamiyati: Palmalar keltiradigan foydasi jixatidan tropik mamlakatlarning eng qimmatbaxo o`simliklaridan hisoblanadi. Kokos palmasining mevasidan ovqatga ishlatiladigan yog` olinadi. Danagining po`chog`idan har hil tugmachalar tayyorlanadi. Poyasi bargi qurilish materiali sifatida ishlatiladi. Finik palmasi mevasi tarkibida 70% qand va oqsil bo`lib, ovqat sifatida iste`mol qilinadi. YOg` palmasi mevasidan «Palma yog`i»deb ataluvchi yog` olinadi. U ovqatga va texnikada ishlatiladi. Palmalarning ko`p turlari manzarali o`simlik sifatida ekib o`stiriladi. 1. Kuchalanamolar qabilasi –Arales. Bu qabila 2 ta oiladan tashkil topgan. Shulardan kuchaladoshlar oilasiga to`xtalib o`tamiz. 2. Kuchaladoshlar oilasi –Araceae. Bu oilaga 110 ta turkum va 1800 ta tur kiradi. Ular har ikkala yarim sharning tropik va suptropik mintaqalarida tarqalgan. Hayotiy shakli ildizpoyali va tugunakli, yirik bargli o`t, buta, ba`zan epifit yoki ishlab o`suvchi o`simliklardir. Barglari ildiz bo`g`izidan chiqadi. Bandi tarnovsimon yaprog`i butun yoki qirqilgan, poyalari bandsiz va lentasimon. Gullari ikki yoki birjinsli bo`lib, so`tasimon to`pgul hosil qiladi. So`tasi yirik ko`pincha qoplovchi barg bilan o`ralgan. Gulqo`rg`oni, ko`pincha 6 ta bargchali yoki ular reduktsiyalangan. Changchilari ikki jinsli gullarida 6 ta, bir jinslarida esa 2-4 ta, ba`zan qo`shilib o`sgan. Urug`chisi 1-3 ta mevabargchadan tashkil topgan, ustki tugunchali. Mevasi quruq yoki rezavor meva. Bu oilaga mansub o`simliklarning gul tuzilishi va gul formulasi ham har-xil bo`lib, ular bir-biridan farq qiladi. Masalan: Xushbo`y igir o`simligida:
Korolkov kuchalasida esa: ♂ P0 A3,4 G0; ♀ P0 A0 G1 Oila vakillaridan O`zbekiston sharoitida xushbo`y igir (Acorus calamus). Ko`p yillik o`simlik. Korolkov kuchalasi (Arum korolkovili). Ko`p yillik sharsimon tuganakli o`simlik. Tog` etaklarida, qoyalarda, nam, soya-salqin erlarda o`sadi. Regel itkuchalasi (Eminium regelii). Ko`p yillik o`t. Adir va pastki tog` etaklarida, soz tuproqli joylarda o`sadi. Ahamiyati: Xushbo`y igir ildizpoyasidan olingan efir moyi meditsinada va parfyumeriya sanoatida ishlatiladi. Kuchala tuganagidan meditsinada xronik revmatizmga qarshi ishlatiladi. Boshqa turlaridan monstera xonadonlarda bezak o`simlik sifatida o`stiriladi. Download 190.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling