Bugʻdoydoshlar
Download 17.33 Kb.
|
Bugʻdoydoshlar
Bugʻdoydoshlar (gʻalladoshlar) (Poaceae yoki Gramineae) — bir urugʻ pallali oʻsimliklar oilasi. Bir yillik, ikki yillik yoki koʻp yillik oʻt, baʼzan buta yoki daraxtlardan tashkil topgan. Poyasi silindrsimon tik yoki yonboshlab koʻtarilib oʻsadi, boʻgʻimlarga boʻlingan, ichi gʻovak, shuning uchun u poxol yoki somon deb ham ataladi. Boʻyi 1 sm dan bir nechta oʻn m gacha; baʼzilarining poyasi yogʻochlanib baland boʻlib oʻsadi (mas, bambukning boʻyi 40 m, diametri 30 sm gacha). Barglari oddiy, ipsimon, qalami, bandsiz, navbatlashib joylashgan, qinli. Poyaning bir qismi shu barg qini ichida joylashadi. Gullari ikki jinsli, baʼzan bir jinsli, mayda, koʻrimsiz, oddiy toʻpgullarga (boshoqchalarga) yigʻilgan; bular esa murakkab toʻpgullar, shingil, roʻvak va boshqa hosil qiladi. Boshoqchalari bitta yoki bir nechta, baʼzan koʻp gulli. Mevasi don, baʼzan danaksimon, yongʻoqsimon yoki rezavor. Urugʻining koʻp qismi kraxmalli endospermdan iborat. B.ning koʻpchiligi uzun ildiz poyali va popuk ildizli. B.ning 600 turkumi, 10000 turi maʼlum. Oʻzbekistonda 91 turkumi (270 turi) usadi. Kupincha B. uchta kenja oilachaga bulinadi. B. yer sharining hamma qismida keng tarqalgan, koʻpchilik turlari tropik mamlakatlarda uchraydi. B. qalin oʻtzorlar, pichanzorlar, oʻtloqlar, savanna, preriy va boshqa hosil qiladi. B.ga muhim madaniy don oʻsimliklaridan — bugʻdoy, sholi, makka, suli, arpa, javdar, tariq, oq joʻxori va boshqa (qarang Donli ekinlar) hamda shakarqamish kiradi, shuning uchun ham kishilar hayotida ularning ahamiyati katta. Yovvoyi holda oʻsuvchi — oqsoʻxta, raygras, bugʻdoyiq va boshqa koʻpchilik turlari qishloq xoʻjaligi hayvonlari uchun yemxashak (qarang Yem-xashak ekinlari) hisoblanadi. B.ning baʼzi turlaridan texnik oʻsimlik sifatida foydalanib, ulardan kraxmal, spirt, qogʻoz, xushboʻy va yeyiladigan moy olinadi va qurilish materiallari, arqon, chutka va boshqa tayyorlashda foydalaniladi. Koʻpchilik turlari dorivor, baʼzilari manzarali. Kuchma qumlarni mustahkamlash uchun ekiladigan turlari ham bor. Baʼzilari begona oʻt. Oʻktam Pratov. Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash] OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Download 17.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling