Bug’lanish va unga ta’sir etuvchi omillar.
Bug’lanish-suv balansi tenglamasining eng asosiy elementlaridan biri hisoblanadi.
Bug’lanishning mohiyati
To’yingan suv bug’larining elastikligi
Reja:
Bug’lanish-suv balansi tenglamasining eng asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Dunyodagi eng yirik ko’llar-Kaspiy dengizi, Orol dengizi va boshqa berk suv havzalarida ularga kelib qo’shiladigan deyarli barcha suvlar faqat bug’lanishga sarflanadi.
Bug’lanish suv omborlarida ham balansning katta qismini tashkil etadi. Masalan, O’rta Osiyoning tekislik hududidagi suv omborlarida bug’lanish qatlami 1200-1600 mm ni tashkil etadi.
Bug’lanishning mohiyati
Bug’lanishning mohiyati shundan iboratki, suyuq yoki qattiq holatdagi suv gaz (bug’) holatiga o’tadi. Bug’lanish jadalligi bug’lanuvchi yuzaning haroratiga bog’liq. Temperatura qancha katta bo’lsa, suv molekulalari shuncha tez harakat qilib, o’zaro molekulyar tortishish kuchini yengadi va atmosferaga o’tadi.
Shu tarzda bug’langan suv molekulalarining bir qismi balandlikka ko’tarilish jarayonida to’yinish nuqtasiga yetib, o’zaro birlashadi va og’irlik kuchi ta’sirida yer sirtiga tushadi. Bu jarayon kondensatsiya deyiladi. Suv molekulalari atmosferaga o’tgach, gravitatsion kuchlar ta’sirida yuqoriga ko’tarila boshlaydi. Ularning o’rnini esa suv yuzasidan yangi ajralgan molekulalar egallaydi. Bu jarayon diffuzion bug’lanish deyiladi.
Agar bug’lanuvchi yuzaga yaqin balandlikda ma’lum omillar (shamol, temperatura farqi) ta’sirida yuzaga kelgan ko’tariluvchi yoki pasayuvchi havo oqimlari mavjud bo’lsa, bug’lanish jadallashadi.
Bu jarayon konveksion bug’lanish deyiladi.
Mutlaq (absolyut) namlik deb 1 m3 havoda mavjud bo’lgan gramm hisobidagi suv bug’lariga aytiladi. Mutlaq namlikni suv bug’larining elastikligi sifatida mb da ham ifodalash mumkin. Uning qiymati meteorologik stansiyalarda qurilma balandligi, ya’ni 2 metrda o’lchanadi va shuning uchun ye 200 ko’rinishida belgilanadi. To’yingan suv bug’larining elastikligi meteorologik stansiyada qayd etilgan havo temperaturasi bo’yicha maxsus jadvaldan aniqlanadi. Qor va muzliklar yuzasidan bug’lanish jarayonida qattiq holatdagi suv molekulalari to’g’ridan-to’g’ri gaz holatiga o’tadi. Bu jarayon vozgonka deb ataladi. Suv bug’larining qor qoplami va muzliklar yuzasida kondensatsiyalanishi sublimatsiya deyiladi. 1) Tuproqdan bug’lanish; 2) O’simliklar orqali bug’lanish-transpiratsiya; 3) O’simlik qoplami tanasida ushlab qolingan yog’inlar hisobiga bug’lanish.
Yer sirti-quruqlikdan bo’ladigan yalpi bug’lanish qo’yidagilardan tashkil topadi:
1) bug’latgichlar usuli; 2) suv balansi usuli; 3) turbulent diffuziya usuli; 4) issiqlik balansi usuli. Suv yuzasidan bo’ladigan bug’lanishni B.K.Davidov, S.N.Kritskiy, M.F.Menkel, K.I.Rossinskiy, B.D. Zaykov va boshqalar o’rganganlar. Bu masala bilan O’rta Osiyoda A.M.Nikitin, N.YE.Gorelkin, V.N.Reyzvix kabi olimlar shug’ullanganlar.
Bug’lanish miqdori qo’yidagi usullar bilan aniqlanadi:
a) P.S.Kuzin usuli; b) B.V.Polyakov grafiklari; Bu usullar yordamida bug’lanishning yillik me’yoriy va oylik qiymatlarini miqdoriy baholash amaliy mashg’ulotni bajarish jarayonida batafsil bayon etiladi.
a) bug’lanish kartasidan; b) A.R.Konstantinov taklif etgan nomogramma yordamida; v) M.I.Budiko nomogrammasi bo’yicha.
Yillik me’yoriy bug’lanish qo’yidagi usullar bilan aniqlanadi:
Oylik me’yoriy bug’lanishni aniqlashning esa qo’yidagi usullari mavjud: Adabiyotlar:
Akramov Z.M., Rafikov A.A. Proshloye, nastoyasheye i budusheye Aralskogo morya.Tashkent: Mexnat, 1990.144 s.
Alekin O.A. Osnovi gidroximii.L.:Gidrometeoizdat, 1970. 444 s.
Bogoslovskiy B.B. Osnovi gidrologii sushi. Minsk: Izdvo BGU, 1974.214 s.
Vissmen U., Xarbaf T.I., Knepp D.U. Vvedeniye v gidrologiyu.L.: Gidrometeoizdat, 1979.470 s.
Vodniye resursi, problemi Arala i okrujayushaya sreda. Tashkent: Universitet, 2000.398 s.
Do'stlaringiz bilan baham: |