Bugun, 1 dekabr kuni butun dunyoda oitsga qarshi kurash kuni keng nishonlanadi
Download 277.06 Kb.
|
1-DEKABR OITS
Bugun, 1 dekabr kuni butun dunyoda OITSga qarshi kurash kuni keng nishonlanadi. Turli ilmiy konferensiya va seminarlar, ushbu xastalikdan vafot etganlarni yod etish marosimlari, OITSga qarshi kurashga qaratilgan uchrashuvlar... Yer yuzida istiqomat qilayotgan 37 million bemorni o‘z iskanjasiga olgan, ularga har kuni o‘lim, og‘riq, uqubutlarni eslatib turgan OITS bir kunlik kurash bilan mag‘lub bo‘lib qolmaydi. Buni yaxshi tushungan tibbiyot va farmatsevtika sohasi vakillari necha yillardirki, tinimsiz izlanishda, oxiri o‘lim bilan tugaydigan kasallikka qarshi ishonchli davo topmagan bo‘lsalar-da, bemor ahvolini yengillatish, uning umrini uzaytirish bo‘yicha birmuncha yutuqlar qo‘lga kiritildi. 2015 yilning 24 noyabr kuni BMTning OITSga qarshi kurash bo‘yicha dasturining hisoboti e'lon qilindi. Unda qayd etilishicha, 2013 yil oxiriga borib dunyoda 36,9 million kishi OIVga chalingan bo‘lib, ularning 70 foizdan ziyodrog‘i Afrikada, Sahroi Kabir janubida yashamoqda. Kasallikka chalinish holati 2000 yilga kelib 35 foizga kamaygan. Antiretrovirus terapiyasini esa 2015 yilda 15,8 million kishi qabul qilmoqda. Bu 2014 yildagi ko‘rsatkichga qaraganda 2,2 million nafarga ko‘p demakdir. AQSh taqdim etgan so‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, OITSga chalinganlar orasida vafot etuvchilarning o‘rtacha yoshi 1987 yildagiga qaraganda keskin ko‘tarilgan. Erkaklar uchun u 34 foizga ortib, 37,9 (1987 yil)dan 50,8 yoshga (2013) yetgan. Ayollar o‘rtasida esa 35,2 yoshdan 49,7 yoshga qadar ko‘tarilgan. Bunday natijalarga davolanishni erta bosqichlarda boshlash, uzoq muddatli terapiya va OITSga chalinganlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat evaziga erishilmoqda. 2010 yillarda antiretrovirus terapiya samarasi ko‘zga tashlana boshladi: kuchsizlangan immun tizimiga ega bemorlarda ham hayot darajasi oshgani va boshqa insonlarga virus yuqtirish ehtimoli pasaygani kuzatildi. OITS yurtimizda ilk marotaba 1987 yili xorijdan kelib o‘qiyotgan talabalar orasida qayd etilgan edi. O‘sha yili respublika SPID diagnostika markazi tashkil qilingan. OIV infeksiyasi bilan kasallangan birinchi o‘zbekistonlik esa 1989 yili aniqlangan bo‘lsa, so‘nggi yillarda ushbu yuqumli kasallik bilan yangi kasallanganlar soni yiliga 4 mingdan kamroqni tashkil etmoqda. Respublika OITSga qarshi kurash markazining ma'lum qilishicha, 2014 yil 1 dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 27,5 mingdan ko‘proq OIV bilan kasallangan bemorlar qayd etilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda OIV (odam immunovirusi) bilan kasallangan onalardan tug‘ilgan bolalarning 99,8 foizi sog‘lom dunyoga kelmoqda. Biroq bu bilan OITS endi xavfsiz kasallikka aylandi, deya xotirjamlikka berilib bo‘lmaydi. Shifokorlarning qayd etishicha, mazkur xastalikka chalinganlar hayotiga endilikda OIV virusi emas, balki antiretrovirus terapiya jarayonida qo‘llanilgan dori vositalarining salbiy aks ta'siri va immun yetishmovchiligi oqibatlari – infarkt, saratonning muayyan turlari va asab kasalliklari asosiy xavf tug‘dirmoqda Odamlar orasida uning qanday kasallik ekanini, qay yo‘llar bilan yuqishi va qanchalar og‘ir oqibatlarga olib kelishini bilmaydiganlar qolmagan bo‘lsa kerak. Hech bo‘lmaganda uning haligacha davosi topilmagan va o‘limga olib boradigan yuqumli xastalik ekani haqida tasavvur bor. Ammo inson o‘z nomi bilan inson, ya'ni “unutuvchi”. Kasallik tomon ko‘r-ko‘rona qadam tashlaydi. Bu odimlar odatda giyohvandlik, fahsh yo‘lidan o‘tadi, borar manzil esa aniq – o‘lim. Download 277.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling