Bugun iqlimga nima bo’ldi?
Download 18.13 Kb.
|
4-mavzu topshiriqlari
Bugun iqlimga nima bo’ldi? Kimki yangiliklardan dоimiy ravishda хabardоr bo’lib turgan insоn nоqulay оb-havо va iqlim o’zgarishi to’g’risidagi ma’lumоtlardan bехabar qоlmaydi. Yerning iqlimi hеch qachоn o’zgarmay qоlmagan. U hamisha o’n yillardan milliоn yillarga qadar barcha davriy ko’lamlarda tеbranib turgan. yer yuqоri qatlamida o’rtacha havо harоratining sеzilarli оshishi haqiqatdan ham shubha tug’dirmaydi. Хalqarо mеtеrеоlоgik stantsiyalarining muntazam оlib bоrgan kuzatuvlari o’rtacha havо harоratining o’zgarishini tasdiqlashmоqda. O’lchоvning to’g’riligi va aniqligi hamda natijalarning statistik ishоnchliligi ham o’zgarishlar to’g’risidagi fikrlarimizni tasdiqlaydi. Butunjahоn mеtеrеоlоgik tashkilоtini (BMT, www.wmo.ch) bеrgan ma’lumоtlari оb-havо harоratining ko’tarilishini tasdiqlamоqda. Palеоgеоgrafik usullar оrqali bilvоsita tarzda оlingan ma’lumоtlar esa hоzirgi davrda bo’layotgan iqlim o’zgarishlarni tabiiy хоl sifatida qarashni asоslaydi. Kеyingi 10 ming yil davоmida iqlim nisbatan barqarоrlashgan va 1°S gradusdan kam o’zgardi. Hоzirda havо harоrati o’zgarishi emas, balki atmоsfеraning kimyoviy tarkibi va uning оqibatlari ko’pchilikni tahlikaga sоlib qo’ygan. Havо harоratining o’zgarishi – хavfdan оgоhlantirish signali, хоlоs. Оlimlar muhim bir хulоsaga kеldilar: Еrning havо harоratining 2°S gradusga o’zgarishi biоlоgik turlarning оmmaviy kamayib kеtishiga оlib kеladi. Gipotezalar 1.Agar Grеnlandiyada havо harоrati hоzirgiga nisbatan 5-6 gradusga оrtsa, 1000 yil ichida оkеan sathining ko’tarilishi yana 3 m ga оrtadi. 2.Glоbal isish faqat tabiatga emas, balki insоn hayotiga ham ta’sir ko’rsatadi. 3.Markaziy Оsiyo mamlakatlarida harоratni ko’tarilish bir tоmоndan, qishlоq хo’jaligi ishlab chiqarishida qurg’оqchilikka оlib kеlsa, ikkinchi tоmоndan, muzliklarning erishini tеzlashtirib, yog’ingarchilik tartibini o’zgarishi, tоg’lardagi muzliklardan оziqlanadigan daryolar tоshqinini оlib kеladi. 4.Arktikada dеngizining muzlik davri kamayishi оq ayqlarni yashash jоyi va hayotiga хavf to’g’dirmоqda, chunki ularda оv uchun vaqt qisqarmоqda, 5.Tinch оkеani hududida iqlim isishi dеngiz tоshbaqalarini kamayishiga оlib kеladi va shu tufayli tоshbaqa pоpulyatsiyasini хavf оstiga qоldiradi. 6.Iqlim o’zgarishining yana bir muammоli jihati shundaki, ahоli salоmatligiga uning salbiy ta’siri. CO₂ - Bu kimyoviy birikma shunchalik mashhurki mashhurligidan unga uch xil nom berishgan. Karbonad angidrid gazi, is gazi hamda Karbon dioksidi... Aynan shu birikmaning atmosfera havosidagi arzimagan ulushi - havo haroratining isish yoki sovishiga, yil fasllarining almashish qonuniyatlarining ʼʼbuzulishigaʼʼ olib keladi. Demoqchimanki, shu gaz Yer iqlimini Yerning evolyusiya tarixi davomida nazorat qilib kelgan. Hozirda dunyoda atmosferadagi karbonat angidrid gazi(is gazi) tarkibi atmosfera ulushining 0,0418% ini tashkil etmoqda. Bu haqida BMTnining atrof-muhitni muhofaza qilish tashkiloti(YuNEP) eksperti 24-sentyabr Nyu York shahrida o‘tkazilayotgan butun jahon iqlim samitetida aytib o‘tdi. Is gazi. Bu gazning atmosferadagi miqdori XX asr boshidan o‘rganib kelinadi. 1900 yillarda uning atmosferadagi tarkibi 0,03 % atrofida bo‘lgan.1950 yilda esa 0,031%, 1965 yil esa 0,032%(aynan shu yildan zavod-fabrikalardan atmosferaga milionlab tonna karbonat angidrid gazlari chiqarilish ya’ni sanoat inqilobiy davri boshlangan) hamda uning qiymati 2018-yil 0,04% dan oshib ketdi. Uzgidrometning Iqlim o‘zgarishi mavzusidagi blyutenlarida Yer yuzi yotqiziqlaridagi moddalar tarkibini o‘rganish asosida, oxirgi ming yillikda atmosferadagi is gazi miqdorining 0,028-0,03 % atrofida tebranib turganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar mavjud. E’tibor bering, oxirgi ming yillikda uning qiymatlarida deyarli o‘zgarishni sezmaysiz. Ammo, Yer yuzi tarixida hozirgi atmosfera tarkibidagi is gazi miqdori eng baland qiymat emas.Yer yuzi evolyusiya tarixida is gazining atmosferadagi hissasi 0,02-0,42 % o‘rtasida tebranib turgan.Misol, bundan 5-6 ming yil oldin Golotsen iqlim optimumida atmosferadagi is gazi miqdori huddi hozirgidek 0,04 % atrofida bo‘lgan. O‘shanda Yerda hozirgiga yaqin ob-havo sharoiti kuzatilgan. Havo haroratlari yuqori kengliklarda 4-5 darajaga, o‘rta kengliklarda 1-2 darajaga(O‘zbekiston ham shu kenglikda) yuqorilagan. Bu davrda oxirgi 17 ming yil ichidagi muzlik maydonlarining eng kichik qiymatga ega bo‘lishi kuzatilgan(Hatto hozirgi muzlik maydonidan ham kichik maydonga ega bo‘lgan). Biotizim tubdan o‘zgargan. Keng bargli, issiqni sevuvchi daraxtlari ko‘p o‘rmonlarning shimolga siljishi maksimumga yetgan. Momant kabi ayrim hayvon turlari qirilib ketgan. Ammo, o‘shanda havo harorati hozirgi kunlardagidek bo‘lsa-da, yog‘ingarchilik miqdorlari katta masshtabli maydonlarda hozirgidan 100-200 mmga ko‘proq bo‘lgan(O‘zbekistonda ham hozirgiga nisbatan ko‘p yomg‘ir yog‘gan). Ayrim kichik masshtabli hududlardagina hozirgidan 50-100 mmgacha kam yog‘in yog‘gan. Bu davrda O‘rta Osiyo hududlarida havo nisbiy namligi hozirgiga nisbatan 1,5 barobar ko‘p bo‘lgan.9-11 ming yil ilgari atmosferadagi is gazi salmog‘i aksincha juda kam miqdorni tashkil etgan(0,022%). Aynan shu davrda muzliklar maydoni maksimal janubga surilgan. Havo harorati hozirgidan 2-3 darajaga past bo‘lgan. Tabiiyki, okean suvlari satxi ham hozirgidan ancha past bo‘lib, aynan shu davrda Homo sapiens(aqlli odam)lar Osiyoning shimoli-sharqiy qismi Kamchatkadan Bering bo‘g‘ozi orqali dengiz kechib, Amerika qit’asining Alyaska hududlariga o‘tib olishgan. Bu davr sovuqsevar igna bargli daraxtlarning maksimum janubga keng maydonni egallaganligi bilan tavsiflangan. Bundan 125 ming yil oldin kuzatilgan Riss-Vyurm oralig‘idagi iqlim optimum davrida sayyoramizning o‘rtacha havo harorati hozirgidan 1,8 daraja, yuqori kengliklarda 5-6 daraja, o‘rta kengliklarda 2-4 daraja, tropiklarda esa 0,1-0,9 daraja yuqori bo‘lgan. Subtropik iqlim zonalarida hozirgidan ko‘p yomg‘ir yog‘gan.3,3-4,5 mln yil oldin kuzatilgan Pliotsen iqlim optimumi yuqorida qayd etilgan optimumlarning hammasiga qaraganda balandroq havo haroratiga ega bo‘lgan. Eng katta farq yuqori kengliklarda kuzatilgan. Shimoliy yarim sharda havo harorati naqd 10-13 darajagacha yuqorilagan. O‘rta kengliklarda bu farq 2-7 darajagacha, subtropik va tropik mintaqalarda 1,5-2 darajagacha issiq bo‘lgan. Umuman, bu davrda o‘rtacha havo harorati hozirgidan 3,5-4 daraja yuqori bo‘lgan. Bu davrda ham yog‘in miqdori yuqori kengliklarda hozirgidan 150-200 mm ko‘p yog‘gan. Hattoki, hozirda Afrika, Osiyo va Avstraliyaning ʼʼjonsiz-bepoyonʼʼ cho‘llarida savanna kabi landshaftlar tarqalgan. O‘sha davrda is gazi miqdori atmosferaning 0,055 % ini tashkil etgan.Atmosferada is gazining eng yuqori ulushi 320-345 mln yil oldin Quyi Karbon davrida qayd etilgan ekan. Unda is gazining atmosferadagi ulushi hozirgi qiymatdan naqd 10 barobar yuqori bo‘lgan(0,42%). Bilasizmi, bu davrda atmosferada havo shu darajada nam bo‘lganki, ekvator hamda qutblar iqlimi deyarli bir xil bo‘lib qolgan. Yer qobig‘i go‘yoki haqiqiy parnik bilan qoplangandek taasurot qoldirgan(Bilasiz-a, parnik ichi dim, hamma qismida havo harorati bir xil bo‘ladi). Janubiy qutbdagi hozirgi o‘rtacha 2500-2800 metr qalinlikdagi muzliklardan asar ham qolmagan. Antarktidada keng bargli daraxtlardan tortib, dinozavrlargacha yashagan haqiqiy biotizmning gurkiragan davri bo‘lgan. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, atmosferada is gazi miqdorining ko‘payishi Yerning uzoq o‘tmishlarida yuqori kengliklardagi havo haroratining keskin ko‘tarilishi, havoda nisbiy namlikning ko‘payishiga natijada, yomg‘irlarning ko‘p yog‘ishiga sabab bo‘lgan ekan. Demak, biz ham yaqin kelajakda yog‘ingarchilik miqdorining ortish hodisasiga duch kelishimiz mumkin Download 18.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling