Bugungi kun ayolining jamiyatdagi õrni
Download 15.94 Kb. Pdf ko'rish
|
maqola diyora
Bugungi kun ayolining jamiyatdagi õrni Ayolni e'zozlash ,unga ehtirom kõrsatish õzbek xalqiga xos oliyjanob xususiyatlardan biridir . Shu ma'noda Õzbekistonda xotin-qizlarning jamiyatdagi õrni va mavqeini mustahkamlash borasida juda kõp ishlar amalga oshirilmoqda . Mamlakatimiz Prezidenti ayollarning jamiyatdagi õrni va rõliga yuqori baho berib, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish , xotin-qizlarimizning bilimdon, zamonaviy mutaxasis, malakali kasb egalari bo'lishlari hamda sog'lom va mustahkam oila qurishlari uchun zarur shart - sharoitlar yaratish , birinchi navbatda sog'lom bola tug'ilishi va uni tarbiyalash , onalar va bolalar sog'ligini muhofaza qilish davlatimiz va jamiyatimizning doimiy e'tiboridagi eng ustuvor vazifa ekanligiga alohida e'tibor qaratmoqda. Oilada hamda bugungi taraqqiy etayotgan jamiyatimizda ayolning o'rni benihoya kattadir. Farzandlar tarbiyasi, ularni kamol toptirish va har bir o'g'il qizning kelajakda o'z yõlini topishi uchun hamda Vatanimiz ravnaqi uchun hissa qo'shadigan yoshlarni tarbiyalash ham asli biz ayollarning qo'lida emasmi? Darhaqiqat hozirgi kunda jamiyatimizda ayollarning salohiyatini yuzaga chiqarish , ularning barkamol avlodni tarbiyalashdagi ro'lini kuchaytirish va amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohatlarimizda yanada faol ishtirokini ta'minlash davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylandi. Hayotimiz asosi , kõrki va millatimiz kelajagi ayol bo'lib qoladi. Bugungi kunda o'z aqli, bilimi va iste'dodi , mehnatsevarligi va shijoati bilan hayotning hal qiluvchi sohalarini tebratib -bu oila bekaligi bõladimi, davlat va jamiyat boshqaruvi , tibbiyot, ta'lim-tarbiya , madaniyat ilm -fan taroqqiyoti bo'ladimi , fermerlik harakati va kichik biznes tadbirkorlik bo'ladimi , mana shunday murakkab vazifalarni ayollar samarali ado etib kelmoqdalar. Bugungi kun ayolining ilmi, iqtidori , zakovati, ijodkorligi, yaratuvchanligi dunyoni yana bir karra lol qoldirib kelmoqda. Sirdaryo viloyati Boyovut tumani 13-umumiy o'rta ta'lim maktabining Ijodiy Madaniy Masalalar bõyicha targ'ibotchisi Abdujabborova Diyora Obloqulovna. Download 15.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling