Bugungi kunda dunyoni «Qizil kitob»siz tasavvur etish qiyin. Yuzlab turlar yo‘qolib ketayotgan bir vaqtda «Qizil kitob»ning qadri juda bilinishi muqarrar


Download 169.89 Kb.
Sana24.04.2023
Hajmi169.89 Kb.
#1394495
Bog'liq
Bugungi kunda dunyoni


Bugungi kunda dunyoni «Qizil kitob»siz tasavvur etish qiyin. Yuzlab turlar yo‘qolib ketayotgan bir vaqtda «Qizil kitob»ning qadri juda bilinishi muqarrar.
Garchi inson faktorining tabiatga ta’siri tobora ortib borayotgan bo‘lsa-da, «Qizil kitob» hayvonot va nabotot turlarini saqlashda katta o‘rin tutishini ham inkor etmaslik lozim. Xo‘sh, bu kitob qanday dunyo yuzini ko‘rgan edi?

1948 yilda uncha katta bo‘lmagan Fontenblo shahrida (Parij yaqinida) o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada tabiatni va tabiiy resurslarni asrash xalqaro ittifoqi (TRAI) tashkil etildi.


TRAI oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalardan biri yo‘qolib ketish arafasida bo‘lgan, inson yordamiga muhtoj va qutqarib qolish choralarini ko‘rish shart bo‘lgan o‘simlik va hayvonot turini aniqlash bo‘lgan.

Shu maqsadda 1949 yilda doimiy qutqarish qo‘mitasi xizmati tashkil etildi. Unga turli mamlakatlarning taniqli zoologlari kiritildi. Bu qo‘mitaga tabiatni asrash bo‘yicha eng obro‘li mutaxassislardan biri - angliyalik Piter Skott rahbarlik qildi.


Qo‘mita ulkan ishlarni amalga oshirdi. Uning maqsadi dunyodagi noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan hayvonot turlari ro‘yxatini tuzish ( bilan) va nima sababdan bunday holat yuzaga kelganini tushuntirish edi. Qizil rang – xavf belgisi. Shu sababli Piter Skottning taklifi bilan ro‘yxat muvaffaqiyatli tarzda Qizil kitob, deb nomlandi.

Qizil kitobning ilk ko‘rinishini tayyorlash uchun 14 yillik og‘ir mehnat talab qilindi. U 1963 yilda ikki tomlik kitob ko‘rinishida dunyo yuzini ko‘rdi.


Har bir hayvonot turi uchun alohida sahifa ajratildi va unda qisqa shaklda ayni vaqtdagi va o‘tmishdagi yashash tarzi, holati, umumiy soni, himoya qilish bo‘yicha qabul qilingan va qilinishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar, tutqinda bo‘lgan hayvonlar sanog‘i va ko‘payishi bilan bog‘liq ma’lumotlar kiritildi. Yo‘qolib borayotgan eng noyob hayvon turlari esa qizil sahifada chop etildi.

Qizil kitobning ikkinchi nashri uch tomdan iborat bo‘lib, 1966-1971 yillarda nashrdan chiqarildi.


Mamalakatimiz tabiati biologik xilma-xillikka boy bo'lib, hozirgi kunda umumiy holda 12772 turdagi o'simlik dunyosi ob'ektlari bor.

SHundan 4374 dan ortiq yuksak o'simliklar, 2102 dan ziyod zamburug' turlari va 2548 turdan ortiq suv o'tlari, 500 lishayniklar, 2000 turdagi bakteriyalar, 822 tsianobakteriyalar va 300 viruslar mavjud.


Respublikamiz hayvonot dunyosining taxminiy soni 16000 ga yaqin turni tashkil etadi. Jumladan, sut emizuvchilar - 97, yirtqichlar - 37, tuyoqlilar - 24, qushlar - 424, reptiliyalar - 59, ilonlar - 18 (shundan, zaxarlilar - 5), baliqlar - 83, umurtqasizlar - 12670 turni tashkil etadi. SHundan, O'zbekiston Qizil kitobiga kirgan turlar 184 turni tashkil etadi.
Xalqaro SITES Konventsiyasi ro'yxatiga sut emizuvchilarning 11, qushlarning 59, reptiliya va baliqlarning 8, umurtqasizlarning bitta turi kiritilgan.

O‘zbekiston Respublikasida Qizil kitob ilk bor 1979 yilda taʼsis etilgan. Mazkur Qizil kitobga nabotot olamining kamyob, yo‘qolib ketishi xavfi ostidagi turlari haqidagi maʼlumotlar kiritilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad, jamoatchilik va davlat idoralari eʼtiborini tabiat muhofazasi masalalariga jalb etishdan va turlar genoofondini saqlab qolishga ko‘maklashishdan iborat edi.
Qizil kitobning 1984 yilgi nashriga O‘zbekiston florasining yo‘qolib ketish xavfi ostida qolgan 163 ta turi kiritilgan. Bu turlarning taqdiri respublika mutaxassislari, olimlari mutassil shug‘ullanib kelmoqda. O‘tgan yillar mobaynida olib borilgan kuzatishlar ayrim o‘simlik turlarining soni va maydoni ancha kengayganligini ko‘rsatmoqda. Masalan, anzur va Suvorov piyozlari oldingi holatiga kelmagan bo‘lsa-da, maʼlum darajada ko‘paydi. Eng kamyob o‘simliklardan sanalgan Minkvis teziumi turlarining soni 7 tadan 17 tagacha ortdi. Qurama tizmasida kamyob o‘simliklardan hisoblangan Korovin shirachi o‘simligining mavjudligi aniqlandi. Ayni vaqda ayrim o‘simlik turlarining soni keskin qisqarib ketdi. Omonqara o‘simligi, Pskom piyozi, Margarita marmaragi kabilar shular jumlasidandir. Keyingi yillarda olib borilgan izlanishlar o‘lkamiz florasiga mansub yana 138 turdagi o‘simlikni Qizil kitobga kiritish lozimligini ko‘satmoqda. 1998 yil maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan o‘simlik turlarining soni 301 tani tashkil etgan bo‘lsa, yangi nashrdan 48 oilaga mansub 313 tur o‘simlik o‘rin oladi.
Download 169.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling