Bugungi kunda ko‘plab ma’lumotlarni kompyuter, noutbuk, smartfon yoki planshet xotirasida saqlashga odatlanganmiz
II. BOB MA’LUMOT SAQLOVCHILARDAN O’CHIB KETGAN MA’LUMOTLARNI TIKLASHGA XIZMAT QILUVCHI MAXSUS DASTURLAR TAVSIFI
Download 378 Kb.
|
IL Nuraddin
II. BOB MA’LUMOT SAQLOVCHILARDAN O’CHIB KETGAN MA’LUMOTLARNI TIKLASHGA XIZMAT QILUVCHI MAXSUS DASTURLAR TAVSIFI
2.1 Ma’lumot saqlovchilardan o’chib ketgan ma’lumotlarni qayta tiklashga xizmat qiluvchi dasturlar tavsifi. Hozirgi texnika taraqqiyoti davrida inson ko`plab ma`lumotlarni olishga va uni boshqalar bilan baham ko`rishga intiladi. Biz olgan ma`lumotlar (rasm, video, hujjatlar pdf, doc va boshq.) qachondir bizga yana qayta kerak bo`lishi mumkin. Bu jarayonni amalga oshirishda maxsus dasturlar asosiy xizmat ko’rsatuvchi omil bo’ladi. Ma’lumotlarni qayta tiklashga xizmatq iluvchi dasturlar bir nechta turlarga ajratilib, ularni turkumlashtirish ma’lumot saqlovchining turidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Masalan: - Mobil qurilmalar - Flesh xotira - Kompyuter xotirasi Avvalo telefonda o’chgan (udalit) qilingan narsalar bilan nima bo’lishini tushunib olish kerak. Android telefondan fayl o’chirilsa, fayl hali ham xuddi o’sha joyida o’zgarmagancha qoladi, faqat u egallab turgan joy endida «foydalanilmayotgan» degan maqom oladi, ya’ni yangi ma’lumotlar saqlash uchun bo’sh joy hosil bo’ldi. Ana shu o’chirilgan ma’lumotning o’rniga yangi ma’lumotlar yozilgandan so’ng, telefonda o’chgan fayllar egallab turgan xotiraga boshqa ma’lumot yoziladi va ular endida doimiy, abadiy ravishda o’chib ketadi. Telefonni xotirasidan o’chirilgan fayllarni tiklash mumkinligi ehtimolini oshirish uchun ikkita narsaga amal qilish kerak: Yangi ma’lumotlar yaratishni to’xtatish — telefon xotirasiga boshqa narsa yozmaslik, fayllar tashlamaslik (agar sd-karta bo’lsa, unga ham);O’chirilgan fayllarni imkon qadar tezroq tiklash. Telefonda bajariladigan ko’p narsalar yangi ma’lumotlarni yaratishi mumkin: ilovalarni o’rnatish yoki yangilash, musiqa yuklab olish, fotosuratlar olish… Shuning uchun telefoningizni internet tarmog’idan uzib qo’ying va imkon qadar telefondan kamroq foydalanishga harakat qiling. So’ng Android telefondagi oʻchib ketgan fayllarni tiklash uchun maxsus dasturlardan foydalanishga kirishing. Shuningdek Androiddagi o’chib ketgan fayllarni kompyuter orqali tiklash ham mumkin, chunki Androidda bunday dastur o’rnatilish vaqtida o’sha «yozilmagan» joyga yangi ma’lumot yozib yuborilishi mumkin. So’nggi vaqtlarda telefonlar operatsion tizimlari jadal o’zgarib borayotganligi tufayli, kompyuter orqali tiklash mashhurligini tobora yo’qolib bormoqda, garchi u ishonchliroq bo’lsada. Android’dan o’chirilgan fayllarni qayta tiklashBuning uchun ko’p ham mo’jiza kerak emas: telefonning o’zi va o’chirilgan fayllarni tiklash uchun dastur yetarli bo’ladi. Ammo dasturlarning aksariyati uchun root huquq (рут права, root permission) kerak bo’ladi, uni o’rnatishda esa telefonning kafolati (гарантия) buziladi. Agar qurilmangizning kafolat muddati tugagan bo’lsa, unda ishonch bilan superfoydalanuvchi huquqlarini o’rnatish mumkin. Lekin telefonni yaqinda olgan bo’lsangiz, qay biri — fayllar yoki kafolat muddati muhim ekanligi o’rtasida tanlash kerak bo’ladi. Ma’lumot saqlovchidan o’chib ketgan ma’lumotlarni qayta tiklashga xizmat qiluvchi maxsus dasturlarga Dumpster — Recycle Bin, GT Recovery, Undelete, EASEUS Mobisaver for Android Free. Android’dan o’chirilgan fayllarni qayta tiklash Buning uchun ko’p ham mo’jiza kerak emas: telefonning o’zi va o’chirilgan fayllarni tiklash uchun dastur yetarli bo’ladi. Ammo dasturlarning aksariyati uchun root huquq (рут права, root permission) kerak bo’ladi, uni o’rnatishda esa telefonning kafolati (гарантия) buziladi. Agar qurilmangizning kafolat muddati tugagan bo’lsa, unda ishonch bilan superfoydalanuvchi huquqlarini o’rnatish mumkin. Lekin telefonni yaqinda olgan bo’lsangiz, qay biri fayllar yoki kafolat muddati muhim ekanligi o’rtasida tanlash kerak bo’ladi. O’chib ketgan ma’lumotlarni qayta tiklash uchun dasturlar. Dumpster — Recycle Bin Bu apk`ning ishlash tamoyili kompyuterdagi korzinaga o’xshash. Dasturga root-huquq kerak emas, ammo bu dasturning kamchiligi — faqat ushbu dastur o’rnatilgandan so’ng o’chib ketgan fayllarni qayta tiklash mumkin, ya’ni siz oldin ushbu ilovani o’rnatmagan bo’lsangiz, unda fayllarni tiklash uchun keyingi punktga o’tavering. Ushbu ilova yordamida adashib o’chirib yuborilgan fayllar osonlikcha tiklanadi: ilova ochiladi va o’chirilgan fayllar orasidan qay birini tiklash kerakligi tanlanadi. Recovery ushbu dastur telefonda root-huquq bo’lishini talab qiladi. Test o’tkazilayotgan telefonda root-huqular olib bo’lingan, shuning uchun quyida fayllarni tiklash jarayoni rutlangan telefonda o’tkazilishini inobatga oling. Ushbu ilovaning root talab qilmaydigan versiyasi ham mavjud, ammo uning imkoniyatlari cheklangan. Google Play`dan ilovani yuklab olasiz va o’rnatasiz.Uni ishga tushirasiz va o’chib ketgan fayllar bo’limini tanlaysiz. P.S. hozirda ushbu dastur google play`dan olib tashlangan ko’rinadi. Ma’lumotlarni rasmiy sayti — http://www.gtrecovery.net/ orqali olish mumkin. Undelete Android telefondagi narsalarni tiklash uchun yana bir dastur, bunga ham root kerak. Bajarish kerak bo’lgan amallar ketma-ketligi: https://play.google.com/store/apps/details?id=fahrbot.apps.undelete manzili bo’yicha ilovani yuklab oling. Dastur o’rnatilib bo’lingach, unga kirib, tiklash kerak bo’lgan ma’lumot turini tanlang. Masalan fayllar yoki SMS.Keyingi bosqichda qaysi xotirani skan qilish kerakligi so’raladi. Bunda telefonning ichki xotirasi yoki SD karta tanlanadi. qilish chuqurligi darajasini tanlash kerak, mazkur holatda глубокое сканирование tanlangan. Keyin skan. Keyingi bosqichda qaysi formatdagi fayllar bo’yicha izlash kerakligi so’raladi, masalan o’chib ketgan rasmlarni tiklash uchun .jpg, .png, .gif, videolar uchun .mp4 va boshqa formatlar bo’lishi mumkin. Сканировать tugmasi bosilgach, skan qilish jarayoni boshlanadi. Ma’lum muddat o’tgach, ekranga topilgan natijalar chiqarib beriladi. Bundan tashqari, testdan o’tmagan, lekin yaxshi tavsiyalarga ega bo’lgan boshqa dasturlar to’plami ham mavjud. Yuqoridagi ilovalar ish bermagan bo’lsa, ularni qo’llab ko’rish mumkin: EASEUS Mobisaver for Android Free bu android smartfon va planshetlardan o’chib ketgan rasmlarni va boshqa fayllarni qaytarish uchun bepul dastur hisoblanadi. Dastur ishlashi uchun telefonda root-huquqlar olingan bo’lishi kerak. Yuklab olish uchun manzil https://www.easeus.com/android-data-recovery-software/free-android-data-recovery-b.html. Ushbu dastur foydalanuvchilar tomonidan tekshirib ko’rilgan va u fayllarni muvaffaqqiyatli tiklashi isbotlangan, u Windows OS da ishlaydi. Rasmiy saytida yuqorida keltirilgan havola bo’yicha dasturdan qanday foydalanish kerakligi haqida ingliz tilida ma’lumot keltirilgan. Matn sodda va rasmlari bilan bo’lganligi sababli, uni tushunib olish qiyin bo’lmaydi, boshqa hollarda google tarjimonidan foydalanish yordam beradi. SD kartadan o’chib ketgan fayllarni tiklash agar telefondan o’chib ketgan ma’lumotlar SD karta yoki boshqacha qilib aytganda «fleshkada» saqlangan bo’lsa, bu holda ularni tiklash ancha osonroq bo’ladi. Agar kompyuteringiz bo’lmasa, yuqoridagi ilovalar ham buni eplay oladi. SD-kartani kompyuterga oddiy fleshka kabi ulang, so’ng o’rnatilgan utilita bilan uni skan qiling. Tiklangan ma’lumotlarni saqlang va endida bekap qilib turishni unutmang. Androida o’chirilgan fayllarni Root`siz qayta tiklash ba’zi foydalanuvchilar ma’lumotlarni root’siz tiklash mumkinmi degan savol berishadi, ammo afsuski, bunday huquqsiz muvaffaqqiyat ehtimoli juda past bo’ladi. O’chirilgan fayllar fayl tizimining faqat root huquqiga ega bo’lgan holda kirish mumkin bo’lgan qismida saqlanadi. Shunday qilib, agar sizga o’chirilgan fayllarni qayta tiklash o’ta zarur bo’lsa, telefoningizga root huquq bering. O’chirilgan ma’lumotlarni qayta tiklash yakunlangandan so’ng, xavfsizlik chorasi sifatida uni istalgan vaqtda o’chirib tashlashingiz mumkin bo’ladi. Restore Image (super easy) Bu dastur sizga sevimli bo`lgan rasmlaringizni o`chirib yuborilgan taqdirda ham xech qanday muammosiz oldingidek yorqin va sifatli xolatida qayta tiklash imkoniyatini beradi. Bu dasturni bepul yuklab olish uchun quyidagi link http://download.cnet.com/Restore-Image-Super-easy/3000-2094_4-76457641.html ga tashrif buyuring hamda download tugmasini bosing. Dasturing umumiy hajmi 3,5 MB ni tashkil etadi. Dasturdan foydalanish juda oson va qulay. Yuklab olish jarayonida muammolar yuzaga kelishini mumkin. Dumpster 2.0.222-korzina Dumpster dasturi Isroil davlatining dasturchilari tomonidan 1-martdan yangi 2.0.222 versiyasini foydalanishga topshirildi. Bu dasturda siz turli fotosuratlar, video, audio, pdf, zip, mp3, mp4, ppt, doc, avi, mpg, jpg, rar va boshqa qator o`chirib yuborilgan fayllarni tiklash imkoniyatiga ega bo`lasiz.linkga http://trashbox.mobi/files30/565019/dumpster_image_video_restore_v2.0.222.391f6_.apk/ tashrif buyurib yuklab olish (skachat) tugmasini bosing. Qarabsizki, yangi dastur sizning mobil telefoningizda. Bu dastur Android qurilmalar uchun 2013-yilning eng zo`r 50 dasturi“ nominatsiyasi bo`yicha kuchli elliktalik dasturlar safidan o`rin egallagan. Undelete Undelete dasturi yuqoridagi dasturlarga juda o`xshash. Lekin bu dasturni boshqa shu kabi dasturlardan farqi shundaki, siz endi nafaqat turli fotosuratlar, video, audio, pdf, zip, mp3, mp4, ppt, doc, avi, mpg, jpg, rar va boshqa qator o`chirib yuborilgan fayllarni tiklash imkoniyatiga ega bo`libgina qolmasdan siz o`z qurilmangizdagi SMS, Kontakt, Qo`ng`iroqlar jadvali, Telegram, Viber, Whatsapp hamda Bluetooth kabi dasturlardagi o`chirib yuborilgan fayllar hamda yozishmalarni xech qanday muammosiz qayta tiklash imkoniyatiga ega bo`lasiz. Bundan tashqari SD kartangizdagi ma`lumotlarni ham kompyuterlarsiz xech qanday qiyinchiliklarsiz tiklab bera oladi. Xozirda ushbu dasturni turli versiyalari mavjud. Eng so`nggi versiyasi undelete 3.4.2 deb nomalanadi. Bepul yuklab olish uchun quyidagi linkga http://undelete-file.ru/undelete-for-android.html kiring. Eslatma: Agar dasturni yuklab olgandan so`ng qurilmangizga o`rnatishda (ustanovka) muammolar vujudga kelib, kalit (klyuch) so`raydigan bo`lsa, quyidagi link https://yadi.sk/d/ah8oP-wbiua46 dan kalit (klyuch) ni bepul yuklab olishingiz mumkin. Undelete dasturining to`liq hajmi: 7,9 MB. GT Recovery Mazkur dastur o`chirib yuborilgan o`lik faylga aylangan (ya`ni umidsizlikka uchragan) xujjatlar, SMS, Kontakt, arxiv, musiqa, video, qayta ishlangan video va audio fayllar hamda xujjatlaeni osonlikda qayta tiklaydi. Tiklangan ma`lumotlar SD kartangiz yoki qurilmangiz xotirasiga kelib tushadi. Agar siz SD kartangizni to`la o`chirib yuborgan (formatirovat kartu pamyati) bo`lsangiz, bu vaziyatda ushbu dastur sizga 95% aniqlikda, o`chirib yuborilgan ma`lumotlaringizni qaytadan tiklay oladi. GT Recovery dasturi boshqa dasturlardan nimasi bilan ajralib turadi? Katta hajmdagi FAT, EXT3, EXT4 formatli habarlarni osonlik bilan qayta tiklay oladi. - Qayta tiklanayotgan musiqa, rasm va videolarni bemalol oldingidek xolatida ko`rish va eshitish mumkinligi - O`chirib yuborilgan fayllarni qidirish tezligi - To`la tushunarli, oddiy va xech qanday qo`shimcha muammolarsiz ishlashi. Bu dasturning Windows operasion sistemadagi kompyuter va Notebooklar uchun ham mavjud. Ushbu dasturni mobil qurilmalardan tashqari kompyuteringizda ham bemalol foydalanishingiz mumkin. Recover Pictures Lab bu dastur faqat o`chirib yuborilgan barcha JPEG, PNG, TIFF, GIF, BMP, JPG, TIF formatdagi fotosuratlarni qiyinchiliksiz qayta tiklaydi. Mazkur dastur ko`plab uyali aloqa vositalariga mos keladi. Ushbu dasturni Samsung, Sony, Google, Nokia, Motorola, ZTE, LG, Lenovo, HTC va Huawei rusmdagi uyali aloqa telefonlariga mos keladi. Dasturning hajmi: 1.8MB ni tashkil etadi. Recover Pictures Lab v43 versiyasini bepul yuklab olish uchun link: http://download.cnet.com/android/recover-pictures-lab/3260-20_4-10427950-1.html. Fridaysoft Mazkur dastur barcha Android tizimidagi uyali aloqa vositalariga hamda planshetlarga mos keladi. Bu dastur nafaqat uyali aloqa vositalari balki SD kartalar, telefonning o`zini xotirasidagi o`chirib yuborilgan kerakli rasm va boshqa fayllarni qayta tiklaydi. Agar siz 1 oy oldin yoki undan ham avvalroq o`z SD kartangizni to`la o`chirib tashlagan (formatirovat kartu pamyati) bo`lsangiz ham bu dastur uniqancha muddat bo`lishidan qat`iy nazar 80-85% qayta tiklay oladi. Ko`p xollarda SD kartasini bilmagan holatda to`la o`chirib tashlaganlar, SD kartalarini turli kompyuter dasturlarida o`chirilgan fayllarni qayta tiklashga urinib ko`rishadi. Endi siz bu kabi vaziyatlarda o`z mobil qurilmangizga 100% ishonishingiz mumkin. Dasturdan foydalanib mavjud muammolaringizni bartaraf qiling. Dasturning umumiy hajmi juda kichik ya`ni: 2.4MB. ClasssyHai bu dastur uyali aloqa vositangizdan o`chib ketgan barcha ma`lumotlarni tiklaydi. Masalan: MMS, SMS, qo`ng`iroqlar tarixi, kalendardagi o`chib ketgan muxim sana va ma`lumotlar, yon daftarchadagi yorliqlar, lug`atlardan qidirligan avvalgi so`z va iboralar, telefon raqamlari, kontaktlar ro`yxati va SD kartadagi barcha ma`lumotlar. Yuqoridagilardan ko`rinib turibdiki, bu dastur ham juda ham foydali va qulay dasturlardan biridir. Yuklab olish ham unchalik qiyin emas. Yuklab olish hajmi: 3.5 MB. Bu kabi dasturlarning barchasi unumli foydalanish, mexnat sarfini kamaytirish uchun yaratilmoqda. O`ylaymanki, siz yuqoridagi maqoladan anchada buyon qiynayotgan savollaringizga javob topdingiz. Har bir kishi savob ishni har kuni qilishi kerak. Shunday ekan siz ham bu kerakli ma`lumotlarni do`stlaringiz va tengdoshlaringizga tavsiya etasiz degan umiddamiz. Siz qachonki, ushbu sahifadan o`zingizga kerakli biror bir ma`lumot ola olsangiz demakki, biz behudaga harakat qilmabmiz. Download 378 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling