Maqom atamasi qaysi tildan olingan va qanday ma`nolarni anglatadi? Javob


Download 17.92 Kb.
Sana22.02.2023
Hajmi17.92 Kb.
#1222405
Bog'liq
Takrorlash savollar


O`tilgan mavzularni takrorlash uchun
SAVOLLAR

  1. Maqom atamasi qaysi tildan olingan va qanday ma`nolarni anglatadi?

Javob: Maqom atamasi Arab tilidan olingan bo`lib “joy”, “o`rin”, “makon” degan ma`nolarini bildiradi.



  1. Shashmaqomdan oldin Sharqda qaysi maqom bo`lgan?

Javob: Shashmaqomdan oldin Sharqda O`n ikki maqom bo`lgan.



  1. Shashmaqom asosan qayerda shakllangan?

Javob: Shashmaqom asosan Saroyda shakllangan.



  1. Shashmaqom nechta maqomdan iborat va ular qaysilar.

Javob: Shashmaqom jami 6 maqomdandan iborat. Bular: Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh va Iroq.



  1. O`zbek milliy maqom san`ati qaysi maqom yo`llarini o`z ichiga oladi?

Javob: O`zbek milliy maqom san`ati Buxoro Shashmaqomi, Xoraxm maqomlari, Farg`ona-Toshkent maqom yo`llarini o`z ichiga oladi.



  1. Shashmaqomni birinchi bo`lib kim zamonaviy nota yozuviga tushirgan?

Javob: Shashmaqomni birinchi bo`lib Viktor Uspenskiy notaga tushirgan.



  1. Shashmaqomni zamonaviy nota yozuviga tushurish ishlari nechan yildan boshlangan?

Javob: Shashmaqomni zamonaviy nota yozuviga tushurish ishlari 1921- yildan boshlangan.

  1. Shashmaqom kimning tashabbusi ostida birinchi marta nota yozuviga tushurildi?

Javob: Shashmaqom ma`rifatparvar olim, yirik davlat va jamoat arbobi Abdurauf Fitrat tashabbusi ostida birinchi marta zamonaviy nota yozuviga tushurildi.



  1. Uspenskiy Shashmaqomni kimlarning ijrosidan yozib oldi?

Javob: Uspenskiy Shashmaqomni Amir saroyida xizmat qilgan Buxoro maqom bilimdonlari - hofiz Ota Jaloliddin Nosirov va mashhur tanburchi Ota G`iyos Abdug`anilar ijrosida yozib oldi.



  1. Birinchi Shashmaqom nota yozuvi qaysi sarlavha ostida nashrdan chiqarilgan?

Javob: Birinchi Shashmaqom nota yozuvi “Шестъ музыкалъных поем” sarlavhasi ostida 1924- yilda nashrdan chiqarilgan.



  1. Uspenskiydan tashqari yana kimlar Shashmaqomni zamonaviy nota yozuviga tushirgan?

Javob: Uspenskiydan tashqari Yunus Rajabiy va Tosjikistonlik mashhur musiqashunos olimlar Shashmaqomni zamonaviy nota yozuviga tushirgan.



  1. Akademik Yunus Rajabiy ilk marotaba o`zinining qaysi kitobida Shashmaqom nota yozuvini nashr ettirdi?

Javob: Yunus Rajabiy ilk marotaba o`zinining “O`zbek xalq muzikasi” nomli kitobining 5- tomida Shashmaqom nota yozuvini nashr ettirdi.



  1. Shashmaqom jami nechta kuy va ashulalardan iborat?

Javob: Shashmaqom jami 250 dan ortiq kuy va ashula yo`llarini o`z ichiga oladi.



  1. Shashmaqom nechta bo`limga bo`linadi va ular qaysilar?

Javob: Shashmaqom ikki bo`limga bo`linadi. Ular: Mushkilot va Nasr bo`limlaridir.
Download 17.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling