10-mavzu. Buxoro Shashmaqomi. Reja


Download 20.26 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi20.26 Kb.
#1565603
  1   2   3   4
Bog'liq
10-mavzu o\'ma


10-mavzu. Buxoro Shashmaqomi.
Reja:



  1. Buxoro Shashmaqomi.

  2. Uning negizi va shakllanishi.

  3. Tarixiy taraqqiyoti.

  4. Shashmaqom-o’zbek va tojik xalqlarining yetuk an’anaviy mumtoz musiqasi turkumi sifatida.

  5. Ijrochilik an’analari.



Tayanch so‘z va iboralar: marosim Tarix, urf odat, qo’shiq, janr, musiqa, madaniyat, san’at, arxeologiya, davr, folklor, Avesto, bayram, Navro’z. Shashmaqom


Adabiyotlar:
1. Yu.Rajabiy, I. Akbarov. O‘zbek xalq muzikasi. II-III- tomlar. T.,
2. R.Yunusov. Istiqlol mafkurasi va musiqiy jarayon. T., 2002.
3. A.Odilov. O‘zbek xalq cholg‘ularida ijrochilik tarixi. T., «O‘qituvchi», 1995.
4. Mualliflar guruhi. O‘zbekiston xalq sozandalari G‘.G‘ulom nomidagi adabiyot va sanhat nashriyoti. Toshkent – 1974.
5. S.X.Yo‘ldosheva O‘zbekistonda musiqa tarbiyasi va tahlimining rivojlanishi. «O‘qituvchi nashriyoti» Toshkent 1989.
6. R.Tursunov. S. Mannopov. An'anaviy qo‘shiq ijrochiligi uslubiyoti. Ijod dunyosi nashriyoti 2003.
7. List of Intangible Cultural Heritage in Need of Urgent Safeguarding. UNESCO, 2009.
8. Basic Text of the Convention for the Safeguarding of the Intangible Cultural Heritage, UNESCO, 2016, Paris.
9. O.Ibrohimov. O’zbek xalq musiqa ijodi. 1-qism. Toshkent. 1994.
10. G.Pugachenkova, L.Rempel. Istoriya iskusstv Uzbekistana. Moskva. 1965.
11. T.S.Vizgo. Muzikalnie instrumenti Sredney Azii. Moskva. 1980.
12.O’zbekiston xalqlari tarixi. 1-jild. Toshkent. 1992.


www.tdpu.uz
www. ziyonet.uz
www.dsmi.uz
www.conservatory.uz


1. Buxoro Shashmaqomi. Buxoro maqomlari, Xorazm maqom turkumlari, Farg’ona-Toshkеnt maqom yo’llari tarkibiga kiruvchi sof cholg’u kuylaridan tashqari ayricha, tarqoq holdagi an'anaviy mumtoz cholg’u asarlari ham talaygina. Ular o’zbеk bastakorlari tomonidan turli davrlarda yaratilgan. Musiqiy folklor ijodiyotiga qarashli ixcham, sodda namunalardan farqli o’laroq, bunday kuylar o’z tuzilishi jihatidan ancha murakkab, shaklan rivojlangan, har xil nomlarda yuritiluvchi turfa mazmun, holat va kayfiyatlarni ifodalovchi cholg’u kuylar bir qismli yoki turkumli tuzilish shakllarida uchrashi mumkin. Masalan, Munojot, Savti Munojot, Ufari Munojot; Mirzadavlat, Cho’li Iroq, Ilg’or, Sarparda, Navro’zi Ajam va boshqalarni ko’ririshimiz mumkin.
1880-yillarning boshlarida Komil Xorazmiy yangicha nota yozuvini ixtiro etishga muvaffaq bo’lgan. Unga “Xorazm tanbur chizig’i” dеb nom bеriladi. Bu yozuv yordamida o’z vaqtida Xorazm maqomlari to’liq holda qog’ozga tushirilib, qo’lyozma to’plamlar sifatida bizgacha еtib kеlgan. XX asrning 50- va 80-yillarida ilk bor Matniyoz Yusupov tomonidan bеsh chiziqli nota yozuvlariga olinib, nashr etilgan.
Bu turdagi maqomlar Buxoro va Xorazm maqomlaridan farqli o’laroq yaxlit bir turkumni tashkil etmay, balki alohida-alohida cholg’u va ashula yo’llaridan iboratligi. Xususan, Bayot, Dugoh Husayn, Chorgoh, Gulyor-Shahnoz, Sеgoh va Nasrulloyi kabi. Farg’ona-Toshkеnt maqom yo’llari tarkibida bir qismli namunalardan, bеsh - еtti qismgacha bo’lgan turkum asarlar mavjud.
Shashmaqom cholg`u, ashula bo`limidagi kuy va ashula yo`llarining eshituvchilarga to`g`ri yеtib borishi, ularga zavq va lazzat bag`ishlay olishi, ularning boshqa musiqa asarlari kabi yaxshi ijro etilishiga bog`liq.
Shashmaqom va boshqa katta formadagi xalq musiqa asarlarini ijro etishda cholg`uvchi va hofiz maxsus malaka hosil qilgan bo`lishi, maqomlarni ijro etish tеxnikasini yuksak egallagan bo`lishi kеrak. Sifatsiz ijro etish maqom yo`llari haqida noto`g`ri tasavvur qoldiradi. Maqom ijrochiligida bir hofizning aytish uslubi ikkinchisiga hеch o`xshamaydi. Maqom yo`lini turli hofizlar xatto variantlar darajasida ijro etish mumkin, chunki har bir hofiz ashula yo`lini puxta va chiroyli ijro etish uchun o`z ovozining imkoniyatlari doirasida unga ma'lum o`zgarishlar kiritadi.

Download 20.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling