10-mavzu. Buxoro Shashmaqomi. Reja


Download 20.26 Kb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi20.26 Kb.
#1565603
1   2   3   4
Bog'liq
10-mavzu o\'ma

5. Ijrochilik an’analari. O‘rta asrlarda faqat mumtoz ijodkorlik qatlamida «O‘n ikki maqom»dek muhtasham tizim, uning negizida shakllanib bizgacha yetib kelgan Buxoro va Xorazm maqom turkumlari, Farg‘ona-Toshkent maqomlari, an'anaviy ijrochilik va surnay yo‘llari, xalq bastakorlik ijodkorligi, musiqiy dostonchilik san'ati musiqiy madaniyatimizning sarchashmalari sifatida bahramand qilib kelmoqda. Yuqoridagi fikrlarga suyangan holda, shunday xulosa qilish mumkinki, tarixiy sharoitda yangi ijro yo‘llari sayqallangan ko‘rinishlari bilan jilolanib kelgan. Keyinchalik xalqning etnik joylashishi, yashash sharoitlari, turmush tarziga qarab ularning turlicha madaniy rivojlanish davriga asoslanib har xil maqom yo‘llari ham o‘z o‘rnini topganligi ehtimoldan xoli emas. Natijada XVIII asrga kelib Buxoroning «Shashmaqom» (Olti maqom)i: «Buzruk», «Rost», «Navo», «Dugoh», «Segoh», «Iroq» maqomlari o‘zining nasr va mushkulot qismlari bilan rivojlangan bo‘lsa, Farg‘onaning «Chor maqom»i (To‘rt maqom), «Dugoh husayniy»ning yettita yo‘li, «Chorgoh»ning oltita ijrochilik yo‘li, «Shaxnozi Gulyor»ning oltita ijrochilik yo‘li hamda «Bayot» yo‘llarining savti va taronalari bilan jilolanib, ijro etib kelingan.
Xalq san'atining ulkan bilimdoni ustoz Yusufjon qiziq Shakarjonov: «Milliy musiqa san'atimiz bamisoli bir daraxt bo‘lib, uning tomiri Xorazm, tanasi Buxoro, shoxlari Farg‘onadir», - deb ta'riflagan ekanlar. Ustozning bu so‘zlarida katta ma'no yotadi.
XIV asr oxiri XV asrda Farg‘ona, Toshkent, Buxoro, Kesh va Xeva kabi Movarounnahrning boshqa viloyat va shaharlarida ham madaniy hayot, jumladan musiqiy madaniyat rivoj topdi. Farg‘ona hukmdori Umarshayx (Boburning otasi) o‘z poytaxti bo‘lmish Andijonga san’at ahlini yig‘ishga harakat qilgan. O‘sha davr san’at ravnaqi haqida «Boburnoma»da maplumotlar beriladi. Bobur o‘sha davr Andijon musiqiy muhitining ustozlaridan Xo‘ja Yusufni, Vosidiy esa Toshkentlik bastakor, sozanda Shoh Husaynni eslab o‘tadilar.
XVI-XII asr musiqiy san'atning taraqqiyotiga nazar solsak, o‘rtadagi bir qancha uzilishlardan so‘ng, oldinga siljishlar ro‘y berganini guvohi bo‘lamiz. XVI-asrning yirik shoiri va musiqashunos olimi Najmitdin Kavkabiy (1576 yilda vafot etgan) rahbarligida o‘n ikki maqom yanada mukammalashdi. Darvish Alining hikoya qilishicha, Hirotda tahsil ko‘rgan mavlono Najmitdin Kavkabiy Ubaydulloxon tomonidan Buxoroga oldirib kelingan va bu yerda o‘z maktabini yaratib, o‘zbek musiqasi takomili ustida ish olib borgan. U Xo‘ja Muhammad Mavlono Rizo Samarqandiy, Xo‘ja hasan Nisoriy, Mavlono hasan Kavkabiy, Boqi jarroh kabi musiqashunoslarni tayyorlagan. Kavkabiy «Risolai musiqiy» asarini yaratib musiqa nazariyasi faniga katta hissa qo‘shgan.
XVI asr oxiri XVII asrda Shayboniylar hukmdorligi davrida Buxoroga turli yerlardan san'atkorlarni olib kelib to‘plash davom ettiriladi. Ubaydulloxon (o‘zi shoir sifatida devon qoldirgan) hirotni bosib olganda mashhur Hofiz Axiy Garaviyni Buxoroga oldirib keladi va Garaviy Buxoroda maqom ijrochilari maktabini tashkil qiladi. Darvish Alining sho­hid­lik berishicha Axiy Garaviy maktabida Xo‘ja Hamza Toshkandiy, Xo‘ja Bobo changiy, Darvish Mahmudiy Andijoniy, Hofizi Ushshoqiy kabi Movarounnahrning turli joylaridan kelgan hofizlar tarbiyalanganlar.
XVII-asrning ikkinchi yarmiga kelib musiqa san'ati yana tushkunlikka tushadi. Movarounnahrning uch xonlik va amirlikka bo‘linib ketilishi sezilarli tahsirini ko‘rsatadi. Buning natijasida madaniy-musiqiy hayotda ajralishlar ro‘y beradi. Shunga qaramasdan XIVa xonligida, Buxoro amirligida, Qo‘qon xonligidagi musiqiy san'at muhiti o‘z holicha davom etdi va birmuncha muvaffaqiyatlarga ham erishildi.
Download 20.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling