10-mavzu. Buxoro Shashmaqomi. Reja
Download 20.26 Kb.
|
10-mavzu o\'ma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.Shashmaqom-o’zbek va tojik xalqlarining yetuk an’anaviy mumtoz musiqasi turkumi sifatida.
3. Tarixiy taraqqiyoti. Somoniylar davlati shaharlari orasida Buxoro katta shuhrat qozondi. Buxoro ekonomika va madaniyat markaziga aylandi, adabiyot va musiqa rivojlandi. Saroy shoirlari va musiqachilarning ijodida asosiy janr xukmron shaxslarni maqtaydigan va sharaflaydigan qasida edi. Uning muqaddima qismi (nasib)ga cholg’u asbobi jo`r bo`lar edi. Cholg`u asbobi ba’zan biron-bir intim kechalarda qasidadan alohida holda ham ijro etilishi mumkin edi. Nasibdan musiqali-poetik san’atning, ya’ni musiqachi, qo`shiqchi, mutrib tomonidan ijro etiladigan mustaqil formasi g’azal tug`ildi. Madhiya xarakteridagi musiqali she’riy asarlar bilan bir qatorda ilg`or ijtimoiy qarashlar va kayfiyatlarni ifodalovchi qo`shiqlar ham ijod qilinar edi. Ba’zan hajbiy qo`shiqlarda shoir-musiqachilar podsho va amaldorlarning xasis hamda pastkashligi, ruhoniylarning qizg`anchiq, ikkiyuzlamachi va mutaassibligi ustidan kulardilar. Ko`pincha erkinlikka chaqiruvchi dadil ro`zlar kinoya va qochiriqlar ortiga yashiringan bo`lardi. Bunday qo`shiqlar omma o`rtasida juda tez tarqalar, X asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan buyuk she’r ustazi va ajoyib musiqachi so`qir (ribo’yatatga ko`ra) Rudakiy kabi avtorlar esa shuhrat qozongan edi. Bu davrga kelib faqat xalq og`zaki ijodida rasm bo’`lgan qadimgi epik afsona va ribo’yatatlarga qiziqish kuchaydi. Asosida ykki misrasi o`zaro qofiyalanadigan o`n bir bo’`g`inli mutaqarib vazn yotgan professional qahramonlik eposlari vujudga keldi.
4.Shashmaqom-o’zbek va tojik xalqlarining yetuk an’anaviy mumtoz musiqasi turkumi sifatida. Abu Ali ibn Sino musiqa ilmini yoshligidanoq puxta egallagan. Ibi Sino tarjimai xolida yozilishicha, yoshligida riyoziyot (matematika) ilmlarini puxta o`rgangan. Ma’lumki, musiqa ilmi matematikaning tarkibiy qismi bo’`lgan. Ibn Sino buyuk matematik va musiqashunoslar Ptolemey va Evklid asarlari bilan tanish bo’`lgan. Ibn Sinoning navqiron davri ona shaxri Buxoroda o`tgan. Bu davrda Buxoro rivojlangan shaxarlardan edi. Somoniylar poytaxti madaniy xayotining diqqatga loyiq tomonlaridan biri shuki, unda xalifalik xukmronligidan chiqish va maxaliy an’analarga qiziqish kuchaygan edi. Ana shu umumiy yo`nalish ostida O`rta Osiyo va Eron xalqlarida keng tarqalgan, Ibn Sino yashagan davrda, yangi talablarga buysundirilgan xolda qayta o`zlashtirilgan. Rost, Zangula, Zirafkand, Raxobiy, Navro`z va shunga o`xshagan qadimiy yo`llar O`rta va Yaqin Sharq professional musiqasining yangi tuzimi - maqomlar tarkibiga singa boshlagan. Bu davrda Buxoroda va keyinchalik Ibn Sino yashab ijod etgan Urganch, Ray, Hamadon kabi markaziy shaharlarda bastakorlar, ustoz xonanda va sozandalar ijodining barq, urishi, musiqa tafakkurining yuksak namunalaridan bo’`lgan maqomlarning joriy qilinishi musiqa ilmiga ham katta extiyoj tug`dirdi. Ibn Sino asarlari esa bu borada vebaho ahamiyat kasb etadi. Musiqa ilmiga oid masalalar Ibn Sinoning ko`plab asarlarida o`z ifodasini topadi. Afsuski, ularning hammasi ham bizgacha yetib kelmagan. Masalan, Ibn Usayva tilga olgan «Madhal san’ati al musiqa» («Musiqa san’atiga kirish»), Ibn Sinoning o`zi «Shifo» kitobida qayd qilgan «Kitob al labohiq («qo`shimchalar kitobi») kabi musiqaga oid asarlar hanuzgacha fanga ma’lum emas. Ibn Sinoning musiqa merosi asosiy yirik qomusiy asarlari orqali bizgacha yetib kelgan: «Shifo.» kitobining «Jabo’mi ilmal-musiqa» («Musiqa ilmi yig`indisi») deb nomlanuvchi bo’`lagi; «Najot» kitobining Muxtasar ilm-al musiqa («Musiqa ilmi haqida qisqacha ma’lumot»); «Donishnoma»ning musiqaga oid qismlari. Bundan tashqari, Ibn Sinoning boshqa fanlarga vag`ishlangan «Tib konunlar» va «Ishq, risolasi» kitoblarida ham musiqaga tegishli ma’lumotlar berilgan. Ibn Sinoning musiqaga oid qarashlari «Jabo’mi ilm-al musiqa»da to`laroq; aks ettirilgan. «Muxtasar ilm-al musiqa» va «Donishnoma»ning musiqa qismlari esa o`sha asar asosida tuzilgandir. Ibn Sino musiqa borasidagi qarashlarining asosiy xususiyati, hamda Forobiy ta’limotidan farqli tomonlaridan biri shundaki, Ibn Sino o`z musiqa nazariyasini (asosan ilmu ta’lifni) ko`proq tovushning fizik xususiyatlariga qarata tuzishga intiladi. Forobiy esa nazariyani ko`proq tajriba va idroklash qonuniyatlari bilan bog`laydi. Bunda Ibn Sino ta’limotining kuchli va zaif tomonlari namoyon bo`ladi. Zaif tomoni shundan iboratki, Ibn Sino musiqaning ichki tuzilish va idroklash konuniyatlarini absolyutlashtirmoqchi bo`ladi. Kuchli tomoni shundaki, musiqani faqat tajribaning o`ziga bog`lab qo`ymasdan, uni fan va ilmiy tafakkur yordamida rivojlantirishga da’vat etadi. Ibn Sino zamonida maqom iborasi hali keng joriy qilinmasdan professional musiqa namunalari yuqorida zikr etilgan roq, nabo’, parda nomlari bilan yuritilgan. Bular maqomlarning prototiplari edi. Ibn Sinoning musiqaviy ta’limotida estetika, nazariya va amaliyotga oid qator dolzarv masalalar o`z aksini topgan. Download 20.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling