Bugungi kunda mamlakatimizda bir qancha iqtisodiy muammolar yuzaga kelib chiqmoqda. Bulardan eng asosiylari ishsizlik muammosi, inflyatsiya va shu kabilardir


Download 12.95 Kb.
Sana25.10.2020
Hajmi12.95 Kb.
#136865
Bog'liq
makroiqtisodiyot xudoynazarov m


Bugungi kunda mamlakatimizda bir qancha iqtisodiy muammolar yuzaga kelib chiqmoqda. Bulardan eng asosiylari ishsizlik muammosi, inflyatsiya va shu kabilardir.

Ishsizlik muammosi bu barcha davlatlarda va har doim kuzatiluvchi jarayon hisoblanadi. Bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida esa bu eng oddiy hol hisoblanadi. Sababi bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir narsa u Tovar, hizmat yoki ish bo’lsin barchasi uchun kurash kechadi. Mehnat bozorida ham huddi shu jarayon kuzatiladi. Ish beruvchilar doimo yaxshiroq ishlovchi, arzonroq ish haqqi talab qiluvchi ishchilarga extiyoj sezadilar bundan tashqari ishchilar ham yuqorieroq maosh to’ lovchi korxonalarga intiladilar .Shu sabab mehnat bozorida doimiy ravishda ishsiz yurgan yoki vaqtincha ishsiz bo’lgan ishchi kuchi topiladi. Ammo so’ngi vaqtlarda mamlakatimizda bu ko’rsatgich nisbatan ortib bormoqda. Sababi ko’pchilik yirik zavodlar tugatilib, ularning o’rnida kichik korxonalar bunyod etilmoqda. Shu sababli bir qancha insonlar vaqtincha yoki to’liq ishsiz bo’lib qolmoqdalar. Buning oldini olish maqsadida bugungi kunda mamlakatimizda kichik biznesga alohida etibor qaratilmoqda kichik biznes subyektlari uchun imtiyozli kreditlar, lizing va subsidiyalar ajratilmoqda. Bu jarayon garchand ishsizlik darajasini pasaytirsada xozircha unchalik yaxshi natija bermayapti. Ayniqsa bugungi pandemiya va iqtisodiy tushkunlik sharoitida bu narsa yaqqol ko’zga tashlanmoqda. Chunki xozirgi kunda xususiy korxonalar ishchilarga o’z xisoblaridan mexnat tatili berishgan. Bu esa yashirin ishsizlikni keltirib chiqarmoqda.



Infliyatsiya darajasi ham asosiy makro iqtisodiy ko’rsatkichlardan biri xisoblanib bu ko’rsarkich pulning qadrsizlanish darajasini ko’rsatib beradi. Buning asosiy sababi mamalakatda pulga nisbatan tovarlar yoki tovarlarga nisban pul massasini ko’payib ketishi xisoblanadi. So’ngi paytlarda mamlakatimizdagi inflyatsiya darajasi ham keskin ortib bormoqda bu narsani valyuta konvertatsiyalarida yaqqol ko’rishimiz mumkin. Garchand asosiy makro iqjtisodiy ko’rsatkichlarda mamlakatimizdagi inflyatsiya darajasini 8-10% yani sudraluvchi deb mamlulot berishayotgan bo’lsada dollar yoki boshqa chet el valyutalariga nibatan so’mning qiymati jadallik bilan tushib bormoqda. Bu ayniqsa banklar tomonidan valyutani erkin ayirboshlash boshlangan davirda yaqqol ko’zga tashlandi. Bu davirda o’zbek so’mi dollarga nisbatan ikki-uch barobar qadirsizlandi .
Download 12.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling