Bizda shu paytgacha elektr energiyasining yetishmayotgani, achchiq bo‘lsa-da, haqiqat edi. Uni bugungi kunda yon qo‘shnimiz Qirg‘izistondan import qilyapmiz, kelajakda Tojikistondan olishimiz haqida gap-so‘zlar bo‘lyapti, ammo mamlakatimiz uchun energetika mustaqilligi ko‘p narsani anglatadi. Chunki chetdan import qilib olinadigan elektr energiyasi iqtisodiy yoki siyosiy sabablarga ko‘ra istalgan vaqtda to‘xtab qolishi mumkin. - Bizda shu paytgacha elektr energiyasining yetishmayotgani, achchiq bo‘lsa-da, haqiqat edi. Uni bugungi kunda yon qo‘shnimiz Qirg‘izistondan import qilyapmiz, kelajakda Tojikistondan olishimiz haqida gap-so‘zlar bo‘lyapti, ammo mamlakatimiz uchun energetika mustaqilligi ko‘p narsani anglatadi. Chunki chetdan import qilib olinadigan elektr energiyasi iqtisodiy yoki siyosiy sabablarga ko‘ra istalgan vaqtda to‘xtab qolishi mumkin.
- Bu masalaning muhim bir tomoni. Ikkinchi tomoni shundan iboratki, bizga elektr enegiyasini eksport qilayotgan Qirg‘iziston uni asosan GESlarda ishlab chiqaradi. Shuning uchun ham ma’lum bir yillarda ob-havo noqulay kelsa va yog‘ingarchilik kam bo‘lsa, ularda elektr energiyasini ishlab chiqarish kamayadi. Buning natijasida ular bizga elektr energiyasini mo‘ljaldan kamroq eksport qilishlari va shu tufayli bizda yana uzilishlar bo‘lishi mumkin. Ana shu jihatdan olib qaraganda biz o‘zimizdagi bor imkoniyatlardan foydalanib AES qursak va buning natijasida energetik mustaqillikka erishsak ham maqsadga muvofiq ish bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |