Agar dunyo bo‘ylab AESlar joylashgan hududlarni ko‘rarkanmiz, ularning aksariyati aholi zich joylashgan hududlarda qurilganiga guvoh bo‘lamiz. AQShda yoki Xitoy va Yaponiyada ham, Yevropa davlatlarida ham, Ukraina va Rossiyada ham AESlar aholi punktlari orasida qurilgan Hatto Belarusdagi yangi AES shundoqqina Belarus-Litva chegarasiga yaqin yerda qurilyapti va AES bilan Litva poytaxti Vilnyus shahrini bor-yo‘g‘i 50 km. masofa ajratib turibdi. Yoki bir paytlar Sobiq Ittifoq davrida Sharqiy Yevropadagi sobiq sotsialistik lagerga kiruvchi Vengriya, Bolgariya, sobiq Yugoslaviyadagi AESlar ham yirik shaharlar yaqinida qurilgan edi. Shunday ekan, AESlar pishiq va puxta qilib qurilsa va keyin uni boshqarishda ham kuchli nazorat olib borilib, xatoga yo‘l qo‘yilmasa, AESlarda ancha-munchada halokat sodir bo‘lmaydi. - Agar dunyo bo‘ylab AESlar joylashgan hududlarni ko‘rarkanmiz, ularning aksariyati aholi zich joylashgan hududlarda qurilganiga guvoh bo‘lamiz. AQShda yoki Xitoy va Yaponiyada ham, Yevropa davlatlarida ham, Ukraina va Rossiyada ham AESlar aholi punktlari orasida qurilgan Hatto Belarusdagi yangi AES shundoqqina Belarus-Litva chegarasiga yaqin yerda qurilyapti va AES bilan Litva poytaxti Vilnyus shahrini bor-yo‘g‘i 50 km. masofa ajratib turibdi. Yoki bir paytlar Sobiq Ittifoq davrida Sharqiy Yevropadagi sobiq sotsialistik lagerga kiruvchi Vengriya, Bolgariya, sobiq Yugoslaviyadagi AESlar ham yirik shaharlar yaqinida qurilgan edi. Shunday ekan, AESlar pishiq va puxta qilib qurilsa va keyin uni boshqarishda ham kuchli nazorat olib borilib, xatoga yo‘l qo‘yilmasa, AESlarda ancha-munchada halokat sodir bo‘lmaydi.
- Yakuniy xulosa o’rnida shuni ta`kidlashim lozimki, atom energiyasi ekologik toza va bunday stansiyalar zararli is gazini hosil qilmaydi. Natijada mamlakatimizda tabiiy gazni yoqishdan hosil bo‘ladigan va atrof-muhitga tarqaladigan is gazi hajmi yiliga 3 million tonnaga kamayadi. Atom elektr stansiyasi barpo etilishi natijasida yiliga 3,7 milliard kub metr tabiiy gaz tejaladi. Bu manba qayta ishlanib, yuqori qo‘shilgan qiymatli neft-kimyo mahsulotlari ishlab chiqariladi.
E’tiboringiz uchun raxmat!!
Do'stlaringiz bilan baham: |