Bugungi kunda mashinasozlik sanoatiga Prezidentimiz tomonidan katta e’tibor qaratilmoqda. Buning yaqqol misoli tariqasida


Konstruksiyani payvandlash usulini tanlash va ta’rif berish


Download 74.4 Kb.
bet3/4
Sana23.02.2023
Hajmi74.4 Kb.
#1224207
1   2   3   4
Bog'liq
kurs ishi bosim

4.Konstruksiyani payvandlash usulini tanlash va ta’rif berish.
Men kurs ishini bajarishda chokli kontaktli payvandlash usulini tanladim. Chokli payvandlash bir-birini berkitib turuvchi nuqtalar qatorini hosil qilish yo’li bilan zich birikma (chok) hosil qilish usulidir. Bunda aylanuvchi disksimon elektrodlar - roliklar yordamida tok keltiriladi va detallar siljitiladi. Nuqtali payvandlash kabi detallar ustma-ust yig’iladi va payvandlash tokining qisqa muddatli impulslari bilan qizdiriladi. Nuqtalarning bir-birini berkitib turishiga tok impulslari o’rtasidagi to’xtam (pauza)ni va roliklarning aylanish tezligini tegishlicha tanlash orqali erishiladi. Choklarni payvandlash jarayoni birlashtiriladigan qismlarni mahkam siqib chiqaradigan, rulonli va payvandlaydigan ikkita (yoki bitta) aylanadigan diskli roliklar-elektrodli maxsus payvandlash mashinalarida amalga oshiriladi. Payvandlangan qatlamlarning qalinligi 0,2-3 mm gacha. U muhrlangan tikuvlar talab qilinadigan turli xil idishlarni ishlab chiqarishda qo'llaniladi - gaz tanklari, quvurlar, bochkalar, ko'rfazlar va boshqal
Yuqoridagi rasm kontaktli chokli payvandlash sxemasi bo’lib,u payvandalanayotgan detallardan, roliklardan, transformatordan va o’zakdan tashkil topgan..
Chokli payvandlashning uzlukli, uzluksiz va qadamli turlari bo’ladi. Roliklar yordamida uzluksiz payvandlashda payvandlanayotgan detallar o’zgarmas tezlikda uzluksiz harakatlanadi. Bunda payvandlash toki uzluksiz ulangan bo’ladi. Roliklar yordamida uzlukli payvandlashda qisqa muddatli tok impulslari (ti) to’xtamlar (tT) navbatlashib keladi va detallar uzluksiz harakatlanadi. Roliklar yordamida qadamli payvandlashda payvandlash toki ulangan paytda roliklar vaqtincha to’xtaydi - detallar harakatlanmaydi, bu esa roliklarning yeyilishini, qoldiq, zo’riqishlarni va darzlar hamda kavakarlar paydo bo’lishiga moyillikni kamaytirish imkonini yaratadi. Chokli payvandlashda detallar ko’pincha ustma-ust yig’iladi va payvandlanadi. Ammo ayrim hollarda chokli uchma-uch payvandlashdan ham foydalaniladi, bu hol birikmalarning siklik mustahamligi yuqoriroq bo’lishini ta‘minlaydi. Bunda payvalanayotgan detallar to’laroq, erishi uchun folgadan yasalgan ustqo’ymalardan foydalaniladi.



Download 74.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling