Bugungi kunda mashinasozlik sanoatiga Prezidentimiz tomonidan katta e’tibor qaratilmoqda. Buning yaqqol misoli tariqasida


Download 74.4 Kb.
bet1/4
Sana23.02.2023
Hajmi74.4 Kb.
#1224207
  1   2   3   4
Bog'liq
kurs ishi bosim


1.Kirish
Bugungi kunda mashinasozlik sanoatiga Prezidentimiz tomonidan katta e’tibor qaratilmoqda.Buning yaqqol misoli tariqasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 27.05.2021 yildagi PQ-5128-son qarorini keltirishimiz mumkin.Ushbu qaror mashinasozlik va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, mahalliy xomashyo resurslarini qayta ishlash, import o‘rnini bosuvchi, eksport bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonini to‘liq yo‘lga qo‘yish, qulay investitsiya muhitini yaratish hamda yuqori texnologiyali va zamonaviy investitsiya loyihalarini amalga oshirishga, yangi ish o‘rinlari yaratishga va hudud aholisi farovonligini oshirishga hissa qo‘shish maqsadida imzolangan.Bundan tashqari

2022-yilning 22-dekabridagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023 yil uchun Murojaatnomasida belgilab bergan oltita yo’nalishning oltinchi yo’nalishida kimyo, avtomobilsozlik va qishloq xo‘jaligi mashinasozligida ham katta-katta loyihalar ishga tushirilishini ta’kidlab o’tdi.

Mening kurs ishi mavzuyim ham aynan mashinasozlikning asosiy qismlaridan biri hisoblangan payvandlashga oid bo’lib ,bunda men g’ilofni yig’ish va choklarni kontaktli payvandlash texnologik jarayoni haqida ma’lumot bermoqchiman. Barcha bosim bilan payvandlash jarayonlari ichida kontaktli payvandlash usuli eng ko‘p qo‘llaniladi, ya’ni payvandlashda foydalaniladigan uskunalarning deyarli 97 foizi ana shu usulning hissasiga to‘g‘ri keladi. Bosim bilan kontaktli uchma-uch payvandlashni London qirollik jamiyatining a’zosi, Peterburg Fanlar akademiyasining faxriy a’zosi ingliz fizigi E. Tompson birinchi bo‘lib 1877-yilda amalda qo‘lladi. 1887-yilda rus ixtirochisi N.N. Bernardes oddiy ombir yordamida ko‘mir elektrodlar orasida nuqtali payvandlashni ixtiro qilib, patent oldi. Birmuncha keyinroq, N.N. Bernardes tomonidan hozirgi vaqtda qo‘llanilayotgan mis elektrodlar bilan nuqtali va rolikli kontaktli payvandlash usuli ishlab chiqildi. Kontaktli payvandlash yigirmanchi asrning birinchi choragidayoq keng ko‘lamda qo‘llanila boshladi (ayniqsa AQSHda). Dastlabki kontaktli payvandlash mashinalari 1920-yilning oxirida „Elektrik“ zavodida ishlab chiqarilgan edi. Keyinchalik elektr payvandlash mashinasozligining bu turi anchagina rivojlandi, bu esa sanoatning birqator tarmoqlarida, ayniqsa, mashinasozlik, avtomobilsozlik, asbobsozlik va boshqa sohalarda kontaktli payvandlash keng qo‘llanila boshlashiga yordam berdi. A.A. Alekseyev, A.S. Gelman, K.A. Kochergin, E.D. Orlov, V.P.Nikitin va boshqa ko‘pgina ixtirochi konstruktorlarning ilmiy ishlari tufayli MDH mamlakatlarida kontaktli payvandlash mashinalarining barcha asosiy turlari ishlab chiqarilardi. O‘zbekistonda kontaktli payvandlash Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi va „UzDEUavto“ avtomobilsozlik zavodida keng qo‘llanilmoqda.


Download 74.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling