Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tenderlarni tashkil etish
Download 31 Kb.
|
Investitsiya - tender
Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tenderlarni tashkil etish 1. Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tender savdolarini tashkil etish va o’tkazishning o’ziga xos xususiyatlari. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiya loyihalarini amalga oshirish ahamiyati benihoya katta bo’lib, u quyidagilar bilan izohlanadi: Birinchidan, xorijiy investitsiyalar ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etib, eksportga mo’ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantiradi. Ikkinchidan, import o’rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yo’naltirish va pirovardida aholining me’yordagi turmush darajasini ta’minlash imkonini yaratadi. Uchinchidan, kichik biznesni rivojlantirish va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini jadallashtirish orqali o’sib borayotgan aholini ishjoyi bilan ta’minlaydi. To’rtinchidan, korxonaning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini moddiy texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi. Beshinchidan, tabiiy resurslarni qayta ishlovchi korxonalarni barpo etishga ko’maklashadi va hokazo. Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tender savdolarini tashkil etish va o’tkazishning o’ziga xos xususiyatlari belgilab berilgan. O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar davlat byudjeti, davlat byudjetida jamlanadigan byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalar mablag’lari, hukumat kafolati ostida beriladigan xorijiy kreditlar hamda xalqaro va xorijiy moliya institutlari, shu jumladan Jahon banki guruhi, Yevropa tiklanish va tarraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va boshqalar tomonidan beriladigan xorijiy grantlar hisobiga xarid qilish yuzasidan tender savdolari (keyingi o’rinlarda “tenderlar” deb ataladi) o’tkazishni tashkil etish mexanizmi belgilab berilgan. Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tender savdolarini tashkil etish va o’tkazishda xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob uskunalar xarid qilishga yo’naltiriladigan davlat byudjetida jamlanadigan byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalar mablag’laridan, hukumat kafolati ostida beriladigan xorijiy kreditlar va xorijiy grantlardan foydalanish samaradorligini oshirish hamda xarid qilinadigan xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob uskunalar sifatini oshirish tenderlar o’tkazishning maqsadi hisoblanadi. Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tender savdolari 100 ming AQSh dollariga teng miqdorida ortiq bitta kontrakt bo’yicha tovarlar yetkazib berishni amalga oshirishda xaridlar eng yaxshi tanlov takliflarini tanlab olish asosida amalga oshiriliadi. Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tender savdolarini tashkil etish, tender bo’yicha xaridlarda qatnashuvchi mamlakatimiz tovarlar ishlab chiqaruvchilar (yetkazib beruvchilari) bilan hisob-kitoblar so’mlarda amalga oshiriladi. Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tender savollari xaridlarning faqat manbalarning mavjudligi va mablag’ bilan ta’minlash miqdorlari to’g’risida tasdiqnomalar (moliya organlari yoki byudjetdan tashqari jamg’armalarni tasrruf etuvchilarning bildirish xati, xorijiy kreditorlarbilan hukumat kafolati ostida imzolangan kredit shartnomalari, xorijiy grantlar berish to’g’risida bildirish xati va boshqalar) mavjud bo’lgan hajmi bo’yicha e’lon qilinishi mumkin. Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tenderlarni tashkil etish va o’tkazish quyidagi bosqichlardan iborat bo’ladi: tender sohasini belgilash; tender hujjatlarini (ixtisoslashgan texnik va tijoriy konsultantlarni jalb etgan holda) tayyorlash; tenderni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish va/yoki tenderda qatnashishi mumkin bo’lganlarga tenderda qatnashish uchun taklifnomalar jo’natish; tender qatnashchilaridantender bo’yicha takliflarni qabul qilish; tenderda qatnashishi mumkin bo’lganlarni aniqlash; tender bo’yicha tushgan takliflarni baholash va tender g’olibini aniqlash; tender g’olibi bilan kontraktni imzolashlarni kiritish mumkin. Milliy iqtisodiyotda investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tenderlarni muvaffaqiyatli tashkil etilish yuqori texnik saviyadagi tayyor mahsulotlar ulushi oshirilishiga imkon imkon beradi. Bu esa quyidagi jihatlarga bog’liq bo’ladi: xorijiy davlatlardagi korxonalar bilan O’zbekistondagi eksport qiluvchi korxonalar o’rtasida kooperatsiya aloqalarining shakllanishiga ko’maklashishi; yuqori texnologiya va ilm talab qiluvchi mahsulotlar ishlab chiqarilishi soha va soha ichi tizimi yaxshilanishiga xizmat qiladi; eksportning intellektual mulk ob’yektlari litsenziyalarini hamda nau-xau shaklida texnik-tijorat sirlarini sotish, injiniring va lizing sohalarida xizmatlar ko’rsatish kabi turlarini rivojlantirish yo’li bilan respublikamizda erishilgan ilmiy-texnik yutuqlarning jahon xo’jaligi aylanmasiga kirib borishini tezlashtirish; ilmiy ishlanmalarga, xususan, amaliy fan va texnologiyalar transferti sohasidagi ilmiy ishlanmalarga bozor yo’nalishini beruvchi shart-sharoit yaratuvchi innovatsiyalarni qo’llab quvvatlashning samarali tizimini ishlab chiqish; innovatsiya jarayonini davlat tomonidan va tijorat usulida qo’llab quvvatlashning eng maqbul uyg’unlashuvi asosiy yo’llarini belgilab olish hamda ilmiy-texnik ishlanmalarni tijorat ahamiyatiga molik natijalar darajasiga yetkazish; o’zbek olimlari va mutaxassislarning chet eldagi yetakchi institutlar, tashkilotlar va firmalar bilan hamkorligini kengaytirish va chuqurlashtirish; yuqori darajali marketing tadqiqotlarini o’tkazishda erishiladi. Investitsiya loyihalarini amalga amalga oshirishda tenderlarni tashkil etishdagi axborotda quyidagi ma’lumotlar bo’ladi: ishchi organning nomi; tenderning mavzusi; tovarni yetkazib berish shartlari va mo’ljallangan yetkazib berishni bajarish muddatlari; tenderda qatnashish uchun da’vogarlarni oldindan malakali tanlash muddatlari; tender hujjatlarini olish mumkin tender komissiyasi ishchi organining manzili, bog’lanish telefoni va telefaksi; tender hujjatlarining narxi; tender bo’yicha taklif berish vaqtida tender qatnashchisi uchun zakalat summasi; tender komissiyasi tomonidan takliflarni qabul qilib olishning (kun va soat ko’rsatilgan holdagi) so’nggi muddati; to’lov shartlari, zakalatni va tender hujjatlari haqini to’lash uchun bank rekvizitlari; mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilari (yetkazib beruvchilari ) ning, shu jumladan kichik biznes va korxonalarining tenderda qatnashishi mumkinligiga doir ko’rsatmalar hisoblanadi. Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tenderlarni tashkil etishdagi hujjatlar shartlariga tender qatnshchisi uchun yo’riqnoma, tenderning texnik qismi, tenderning tijorat qismi, kontraktning rasmiy shakllarini kiritish mumkin. Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tenderni tashkil etish hujjatining tijorat qismi quyidagilarni o’z ichiga oladi: tovar narxi va uni belgilash tartibi (tender savdolarida qatnashish uchun xorijiy tovar yetkazib beruvchilar jalb qilingan hollarda xarid qilinadigan tovarlarni tashib keltirishning qiymati alohida ajratib ko’rsatiladi); yetkazib berish shartlari; to’lov sharti va to’lovlar jadvali; bitishuvlarni mablag’lar bilan ta’minlash manbalari. Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tender savdolarini tashkil etish va o’tkazish takliflarini baholash tender komissiyasi tomonidan belgilangan har bir baholash mezoni bo’yicha ball qo’yish yo’li bilan amalga oshiriladi. Tender qatnashchilari yoki ularning vakillari tender takliflarini baholash chog’ida qatnashish huquqiga ega emas. Baholash chog’ida tender komissiyasi tushuntirishlar berish, qo’shimcha ma’lumotlar va tasdiqlashlar olish uchun da’vogarlarni chaqirish huquqiga ega. Tender xulosalarini chiqarishda tender qatnashchilari va ularning ishonchli vakillari ishtirok etishi mumkin. Xulosa qilib aytganda, investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tenderlarni tashkil etish va ularni o’tkazishning o’ziga xos xususiyatlari rivojlangan bozor iqtisodiyotini barpo etish bilan bo’liq ko’pgina vazifalarni hal etishga ko’maklashadi. Uning amalga oshirilishi birgina qo’shimcha faoliyat va ishlab chiqarishning yo’lga qo’yilishini ta’minlab qolmasdan, balki jamiyat hayotining haqiqiy darajasini ko’rsatib beruvchi aholi turmush farovonligining oshishiga va davlat boyligining ko’payishiga hamda uning iqtisodiy qudratini oshirishga hizmat qiladi. Download 31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling