Bugungi kunda metallurgiya sanoati jadallik bilan rivojlanib bormoqda


Download 18.05 Kb.
bet2/2
Sana23.12.2022
Hajmi18.05 Kb.
#1048615
1   2
Bog'liq
Bugungi kunda metallurgiya sanoati jadallik bilan rivojlanib bormoqda

gidrometallurgiya usuli bilan olinadi. Bu usulning kelajagi porloq, chunki
rudani yer yuzasiga chiqarmay turib metallar olishga imkon beradi.
Oltin, kumush, rux, kadmiy, molibden, uran va boshqa metallar
ham shu usul bilan olinadi. Tarkibida yombi oltin bor rudaga
maydalangandan keyin kaliy sianid eritmasi bilan ishlov beriladi.
Bunda oltinning hammasi eritmaga o ‘tadi. U eritmadan elektroliz
usulida yoki rux metali bilan siqib chiqarish orqali ajratib olinadi.
E l e k t r o m e t a l lu r g i y a g a metallarni elektroliz yordamida
olish usullari kiradi. Bu usul bilan asosan yengil metallar —
aluminiy natriy va boshqa suyuqlantirilgan
oksidlaridan yoki xloridlaridan olinadi.
Elektrolizdan ba’zi metallarni tozalash uchun ham foydalaniladi.
Tozalanadigan metalldan anod tayyorlanadi. Elektroliz
vaqtida anod eriydi, metall ionlari eritmaga o ‘tadi, katodda esa ular
ch o ‘kadi. Elektrolitik toza metallar: mis, kumush, temir, nikel,
qo‘rg‘oshin va boshqalar ana shunday olinadi.
Hozirgi yarimo‘tkazgichlar texnikasi bilan atom texnikasiga
nihoyatda toza (qo'shimchalar miqdori ko‘pi bilan 1 0 “%) metallar
zarur. Metallarni puxta tozalashning eng muhim usullari zonali
suyuqlantirish, metallarning uchuvchan birikmalarini qizdirilgan
sirtda parchalash, metallarni vakuumda qayta suyuqlantirish va b.
Shunday qilib, metallarni birikmalaridan olishning barcha
usullari oksidlanish-qaytarilish jarayonlariga asoslangan.
Download 18.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling